Sodiqova Zarina Zavqiddin qizining
Download 9.76 Kb.
|
Taqriz 1ta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rasmiy opponent: Istamova Sh.M. f.f.b.f.d.(PhD), dotsent
Talaba Sodiqova Zarina Zavqiddin qizining “Boshlang‘ich ta’limda PIRLS dasturi asosida darslarni tashkil qilish (“ona tili va o‘qish savodxonligi” darsligi asosida) ” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga rasmiy opponent TAQRIZI Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo‘lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo‘lgan yoshlarni ijodiy g’oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini davlat ta’lim standartlari asosida shakllantirish hamda ilg’or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish muhim ahamiyatga egadir. Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘lida xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘rganish, xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi muhim ahamiyatga ega. Bu borada O‘zbekiston Respublikasida qo‘yilayotgan amaliy qadamlarga xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarning tashkil etilishi to‘g‘risida hukumat qarorining qabul qilinishi ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasidek (IEA) nufuzli tashkilot bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. PIRLS, yosh o‘quvchilar tomonidan maktabda va maktabdan tashqarida ta’lim olishning katta qismini tashkil etuvchi, ya’ni badiiy tajriba orttirish, ma’lumot olish va undan foydalanish ko‘nik malarini baholash kabi ikkita keng qamrovli maqsadlarni ifodalaydi. Talaba o’z bitiruv malakaviy ishida ushbu dastur mohiyati haqida yetarlicha o’rganib, o’zining mulohazalari, o’z oldiga qo’ygan maqsadlari, ilk qadamlari haqida batafsil yoritgan. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, har bir bob o’ziga xos tarzda yoritilgan. Fikrlar sodda va ravon bayon etilgan. Ish yuzasidan tajriba-sinov o’tkazilgan. Xulosa qilib aytganda, talaba Sodiqova Zarinaning “Boshlang‘ich ta’limda PIRLS dasturi asosida darslarni tashkil qilish (“ona tili va o‘qish savodxonligi” darsligi asosida) ” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi Nizom talablariga muvofiq yozilgan. Uni rasmiy himoyaga tavsiya etish mumkin. Rasmiy opponent: Istamova Sh.M. f.f.b.f.d.(PhD), dotsent Download 9.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling