Lange sinamasida 10 ml filtrlangan peshobga 0.5 ml 10% li natriy nitroprussid va 0.5 ml konsentrlangan uksus kislota qo’shiladi. Hosil bo’lgan eritma ustiga bir necha ml 25% ammiak devor bo’ylab yuboriladi. Keton tanalari bo’lganda binafsha rang xalqa hosil bo’ladi. Keton tanachalarini peshob orqali ortiqcha miqdorda ajralishinig sababi xarorat ko’tarilishi,
sovuq qotish, jismoniy zo’riqish bo’lishi mumkin. Ketonuriya qandli diabetning dekompensatsiya bosqichida, og’ir toksikozlarda,
dizenteriyada kuzatiladi, uzoq vaqt och qolganda, yog’ maxsulotlarini
normal miqdorda qabul qilib, uglevodlarni chegaralanganda, og’ir tireotoksikozda.
Bilirubinuriya.
Normada peshobda aniqlanmaydi. Bilirubinning peshobda paydo bo’lishi patologik xolatdir.
Peshobda bilirubin
indikator test-tilimchalar, Garrison yoki Rozin sinamalari bilan aniqlanadi.
-
Manfiy
+ yoki sust musbat
++ yoki o’rta musbat
+++ yoki kuchli musbat
|
13-rasm. Peshobda bilirubinni aniqlash
|
Garrison sinamasida Fushe reaktivi (trixloruksus kislota va temir xlorid) ta‘sirida bilirubin biliverdinga aylanadi. Bunda peshobga bariy xlorid qo’shiladi, filtrlanadi va bir necha tomchi Fushe reaktivi qo’shiladi. Peshobda bilirubin bo’lsa ko’k yoki yashil rangga kiradi.
Rozin sinamasi. Probirkaga 3 – 4 ml peshob olinadi va unga 1 – 2ml 1% li yodning spirtli eritmasi yoki Lyugol eritmasi probirka devori bo’ylab quyiladi. Agar, bilirubin bo’lsa ikki eritma chegarasida yashil xalqa hosil bo’ladi.
Bilirubinni peshob orqali ajralishi virusli gepatit,
mexanik sariqlik, jigar sirrozi, xolestazda kuzatiladi. Gemolitik sariqlikda odatda peshobda bilirubin aniqlanmaydi.