Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi o‘rta professional ta’limning


Download 0.81 Mb.
bet2/131
Sana07.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1340818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131
Bog'liq
4.71.02.01 - Stomatologiya ishi

Takrizchi:


Sh.Mahmadiyev Samarqand davlat universiteti
filologiya fakulteti o‘zbek
tilshunosligi kafedrasi dosenti

1. O‘quv dasturi umumiy talablari



Dastur nomi

O‘zbek tili

Ajratilgan soat

40

Mavzular soni

20

Dasturning maqsadi

Ixtisoslik ta’lim yo‘nalishidagi bilim va ko‘nikmalardan tashqari kundalik muloqot bilan bog‘liq hamda ma’naviy-ma’rifiy bilimlarni o‘z ichiga oladigan mavzularga ham e’tibor qaratish. Amaliy mashg‘ulotlarda leksik mavzular,jonli muloqotlar o‘z fikrini mustaqil yozma va og‘zaki nutq orqali ifodalay olish,so‘z va iboralarning tarjimasi,talaffuzi va ixtisosligiga oid so‘z boyligi hamda zarur til ko‘nikmalarini egallashga o‘rgatish.



O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari

Akademik yozuv va lug‘at bilan ishlash, o‘zbek tilidagi inson organizmini ifodalovchi so‘zlar va tibbiy atamalardan unumli foydalana oladilar;
tibbiy matn mazmunini ochib berish, unda ishlatilgan tibbiy terminlarni izohlay oladilar;
odam anatomiyasini o‘zbek tilida tasvirlash, o‘zbek tilida tibbiy mavzularda erkin muloqotga kirisha oladilar.

Bilimlar

O‘qish sohasida: turli uslubiy ko‘rinishdagi matnlarni o‘qib, mazmunini tushinish, kerakli ma’lumotlarni olish, o‘qib chiqilgan manba asosida reja, tezis, annotasiya tuzish.
Tinglash sohasida: nutqni eshitish va dialogda qatnashib, unga munosib javob qaytarish, eshitish davomida berilgan ma’lumotni reja, chizma, rasm sifatida ajrata olish.
So‘zlash sohasida: o‘zlashtirilgan mavzuning mazmun mohiyatini og‘zaki nutqda yetkaza olish, o‘z fikrlarini mustaqil bayon eta olish, tibbiy adabiyotlarga annotasiya, rezyume, referat tuzish.
Yozma nutq sohasida: tibbiy matnlarni rus tilidan o‘zbek tiliga tarjima qila olish.

Ko‘nikmalar

O‘zbek tilida ravon so‘zlay olish, mustaqil fikrini og‘zaki va yozma nutq orqali erkin ifodalay olish;
so‘z va iboralarni tarjima qilish, tibbiy atamalar va ixtisoslikka oid so‘z boyligini oshirish;
zarur til ko‘nikmalarini egallash, o‘zbek tili grammatikasidan unumli va to‘g‘ri foydalanish;
imlo qoidalaridan amaliyotda to‘g‘ri foydalanish.

O‘quv rejasnga muvofik o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fanning nomi

Kasbiy faoliyatda rus tili, kasbiy faoliyatda xorijiy til, anatomiya,fiziologiya va patalogiya, hamshiralik ishi.

O‘qitishning tashkiliy shakli

N -nazariy ta’lim;
A -amaliy ta’lim;
NA -birgalikda tashkil etilgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar;
MX -maxsus xonalarda mashg‘ulot.

Dasturga qo‘yilgan talab

Majburiy



O‘qitish tili

O‘zbek tili

Baholash tartibi

Joriy baholash tartibiga asoslanib

O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash

Yozma,og‘zaki, savol-javob, munozara, test, amaliy topshiriq



2. O‘quv dasturi mazmuni





Mavzuning nomi

Mavzuning kiskacha mazmuni

jami



O‘qitishii tashkiliy shakli

Mustakil ta’lim

1

O‘zbekiston-yagona vatan.

Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni tez va ravon o‘qish,mazmunini to‘liq tinglab,tushunish.”Ona yurt ravnaqi-sizning nigohingizda, uning bugungi kuni” mavzusida suhbatlashish
Yozma nutq:O‘zbekistonda yashovchi millatlar haqidagi matnni kengaytirib yozish.
Grammatika:Davlat tili va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini o‘rganishning ahamiyati.O‘zbek tilining tovush tuzilishi.Unli va undosh tovushlar.

2

N

1

2

Oilam-tayanchim va faxrim

Og‘zaki nutq: Oilaviy munosabatlar,qarindosh-urug‘chilikka oid so‘z va iboralar ishtirokida matn tuzish.
Yozma nutq: ”Oila-muqaddas dargoh”, ”Qarindoshlar davrasida” mavzusida hikoya tuzish.
Grammatika:Urg‘u va bo‘g‘in ko‘chirish qoidalari.

2

N

1

3

O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzlari

Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish. Matndagi termin va iboralarning ma’nosini izohlash. Davlat ramzlarining o‘rni va ahamiyati haqida so‘zlash.
Yozma nutq: Mavzuga oid mashq va topshiriqlar ustida ishlash. ”Men nechun sevaman Vatanimni” mavzusida insho yozish.
Grammatika: Leksikologiya. So‘zlarning to‘g‘ri va ko‘chma ma’nosi (omonim,antonim,sinonim,paronim so‘zlar).

2

N

1

4

Ona tili-millat ko‘zgusi

Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish. Matndagi atamalarning ma’nosini izohlash. Til va muloqot madaniyati haqidagi maqollardan yod olish.
Yozma nutq: “ Tilga e’tibor-elga e’tibor” mavzusida esse yozish.
Grammatika: So‘z va atama.Til va terminologiya.

2

N

1

5

Odam anatomiyasi

Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish, matndagi termin va iboralarning ma’nosini izohlash. Anatomiya atamalarini yod olish.
Yozma nutq : Mavzuga oid mashq va topshiriqlar ustida ishlash.” Shifokor huzurida” mavzusida dialog tuzish.
Grammatika: Morfologiya. So‘z turkumlari. Ot haqida umumiy tushuncha. Otlarda son, egalik va kelishik kategoriyalari.Otlarning yasalishi.

2

A

1

6

Yil fasllari.

Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish. Matnni ijodiy so‘zlab berish, narsa va hodisalarning sifat xususiyatlari haqida suhbat.Tabiatga munosabat haqida so‘zlab berish.
Yozma nutq: Bo‘sh vaqtni qanday o‘tkazish haqida hikoya tuzish. Tabiatni asrash haqida reja tuzish va ularni izohlash.
Grammatika: O‘zbek tilida sifatlarning o‘ziga xos xususiyatlari. Sifatning ma’no va tuzilishiga ko‘ra turlari. Sifat darajalari. Sifatlarning yasalishi.

2

A

1

7

Abu Ali ibn Sino

Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish.Matndagi atamalarning ma’nosini izohlash. Matnni so‘zlab berish. Ibn Sino xikmatli so‘zlari.
Yozma nutq: Matnni dialog asosida tuzish.” Ibn Sino hayoti va ijodi “, ”Ibn Sino asarlarida sog‘lom turmush tarzi” mavzularida kichik ma’ruzalar tayyorlash.
Grammatika: Son haqida ma’lumot.Sonning ma’no va tuzilish jihatdan turlari.O‘zbek tilida vaqt hisobi.

2

A

1

8

Men shifokor bo‘lmoqchiman

Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish.Matndagi atamalarning ma’nosini izohlash.Matnni so‘zlab berish. Orzu qilgan mutaxassislik haqida so‘zlashish.
Yozma nutq: ”Sohamiz ravnaqi“ matn tuzish. Hunar va bilimga oid xikmatli so‘zlarni yozish. Kasb-hunar tasviri asosida bayon yozish.
Grammatika: Olmosh va uning turlari. Gapda qo‘llanilishi va vazifalari.

2

A

1

9

Yurak kasalliklari

Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish. Matndagi atamalarning ma’nosini izohlash. Matnni so‘zlab berish. Mavzuga oid bahs-munozarada ishtirok etish.
Yozma nutq: Mavzuga oid mashq va topshiriqlar ustida ishlash. Yurak kasalliklaridan biri bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlash.
Grammatika: Ravish haqida ma’lumot. Ravishning ma’no va tuzilish jihatdan turlari,yasalishi.

2

A

1

10

Tez yordam chaqirish

Og‘zaki nutq: Telefonda gaplashish odob-axloq qoidalari bilan tanishish va mavzu bo‘yicha baxs munozarada ishtirok etish. “Tez yordam chaqirish” mavzusida rolli dialogda ishtirok etish.
Yozma nutq: Mavzuga oid mashq va topshiriqlar ustida ishlash. Hayot haqidagi o‘z fikrini tezis tarzida yozish.
Grammatika: Fe’l. Bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar. Fe’llarda zamon kategoriyasi, Hozirgi zamon fe’li, O‘tgan zamon fe’li, kelasi zamon fe’li.

2

A

1

11

Kasbiy deontologiya

Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish. Matndagi atamalarning ma’nosini izohlash. Hamshira vazifalari haqida so‘zlash. “Katta hamshira va hamshira”, “Hamshira va bemor” muloqotlarida ishtirok etish.
Yozma nutq: mavzuga oid mashq va topshiriqlar ustida ishtirok etish. Hamshira deontologiyasi haqida matn tuzish.
Grammatika: Ko‘maqchi, bog‘lovchi va yuklamalar haqida ma’lumot.

2

A

1

12

Tozalik va orastalik-sog‘liq garovidir.

Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish.Matndagi atamalarning ma’nosini izohlash. Matnni so‘zlab berish. Matnga munosabat bildirib so‘zlash. Mavzuga oid bahs munozarada ishtirok etish.
Yozma nutq: “Salomatligimiz o‘z qo‘limizda” mavzusida esse yozish. Salomatlik haqidagi o‘zbek maqollaridan namunalar yozish.
Grammatika: Modal so‘z. Undov so‘z. Taqlid so‘z.

2

A

1

13

Alisher Navoiy tabiblar to‘g‘risida

Og‘zaki nutq: “Dor ush-shifo” matnni o‘qib tushunish. Matndagi termin va iboralarning manosini izohlash. Mavzu bo‘yicha suhbatda ishtirok etish. “Yaxshi so‘z yarim davo” iborasining ma’nosini izohlash.
Yozma nutq: Salomatlik va shifokorlik kasbi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zbek halq maqollaridan namunalar yozish. Alisher Navoiy ijodi bo‘yicha taqdimot tayyorlash.
Grammatika: O‘zbek tili sintaksisi. Gap. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari. Gap bo‘laklari.

2

A

1

14

Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarida dorivor o‘simliklar

Og‘zaki nutq: mavzuga oid matnni o‘qib tushunish. Matndagi termin va iboralarning manosini izohlash. Mavzu bo‘yicha suhbatda ishtirok etish.
Yozma nutq: “Boburnoma” asaridagi keltirilgan dorivor o‘simliklarni topish va uning inson salomatligini tiklashdagi, o‘rnini aniqlash va ularning ro‘yxatini tuzish.
Grammatika: Qo‘shma gap va uning turlari. Bog‘langan qo‘shma gap. Ergashgan qo‘shma gap va ularning turlari

2

A

1

15

Hamkasblar muloqati: Ixtisoslik bo‘yicha muloqatga o‘rgatish.

Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish. Matndagi termin va iboralarning manosini izohlash. Matnga munosabat bildirib so‘zlash. Kasbiy faoliyatda nutq madaniyatining ahamiyati haqida gapirib berish.
Yozma nutq: “Mutaxassisning nutq madaniyati” mavzusida matn tuzish. Ish jarayonidagi muomala madaniyati haqida kasbiy o‘yin ssenariysini tuzish va uni sahnalashtirish.
Grammatika: Nutq madaniyati. Nutq uslublari. So‘zlashish uslubi. Publisistik uslub va uning hususiyatlari.

2

A

1

16

Men sevgan asar

Og‘zaki nutq: Sevimli asar haqida so‘zlab berish. Zamonaviy o‘zbek adabiyoti haqidagi ma’lumotlarni gapirib berish. Mashhur o‘zbek shoirlari ijodidan namunalar yod olish.
Yozma nutq: “Adabiyot-ma’naviyatni yuksaltiruvchi manba” mavzusida esse yozish. Yangi kitoblar polilog matnini tuzish va uni sahnalashtirish.
Grammatika: Badiiy uslub va uning hususiyatlari.

2

A

1

17

Sog‘lom turmush tarzi.

Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish. Matndagi termin va iboralarning ma’nosini izohlash. “Salomatligizni mustahkamlash uchun nimalar qilasiz ?”, “Zararli odatlarning inson hayotiga ta’siri ” mavzularida gapirib berish. O‘zi bilgan mashhur sportchining hayotidan biron lavha so‘zlab berish.
Yozma nutq: Salomatlik haqida o‘zbek halq maqollaridan namunalar yozish. “Salomatliging o‘z qo‘lingda” mavzusida insho yozish.
Grammatika: Rasmiy-idoraviy uslub va uning xususiyatlari. Ariza, tushuntirish xati , tarjimai hol va tavsifnoma.

2

A

1

18

Xalq tabobati xazinasidan

Og‘zaki nutq: Donishmandlarning pand nasihatlari, o‘gitlari hikmatlarini o‘qib tushunish.
Yozma nutq: Halq tabobati rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan donishmandlar refarat tayyorlash.
Grammatika: Ilmiy uslub va uning xususiyatlari. Tezis annotasiya va maqola yozish.

2

N

1

19

Sharqning buyuk allomalari

Og‘zaki nutq: Sharqning buyuk allomalari haqida ma’lumot.
Yozma nutq: Buyuk allomalardan biri haqida referat tayyorlash.
Grammatika: Publisistik uslub. Xalq og‘zaki ijodi.

2

N

1

20

Milliy qadriyatlar

Og‘zaki nutq: Milliy qadriyatlarimiz haqida ma’lumot berish.
Yozma nutq: Mavzuga doir refarat tayyorlash
Grammatika: Takrorlash





2



N



1




Jami






40






20


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling