Sogʼliqni sаqlаsh vаzirligi


Download 0.78 Mb.
bet52/126
Sana17.01.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1096713
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   126
Bog'liq
o`zbek majmua tkk oxirgisi (3) (2)

DIUREZ VARAKASI №
Kasalning F.I.SH
Yoshi
Bo‘lim Palata №
Vaqt
Sana Istemol qilingan
suyuklik miqdori
Ajralgan siydikning miqdori Buyrakdan tashqari
ajralgan suyuklik (kusish, nafas olish tezlanishi, xarorat ko‘tarilishi, ichning ketishi) shifokor tomonidan to‘ldiriladi

Ko‘p xollarda tekshirish uchun siydik ertalab, uykudan so‘ng darxol olinadi.Siydikni analizga olishdan oldin kiz va o‘g‘il bolalarni tashqi jinsiy aʼzolari yaxshilab yuviladi. Quruq va toza idish tayyorlab ko‘yiladi, shuni taokidlash kerakki kichik yoshli bolalarda siydik yig‘ish kiyinchilik tug‘diradi, bu jinsiy aʼzolarning anatomik tuzilishiga bog‘lik. O‘g‘il bolalarda siydik probirkaga yig‘iladi, oralikka yopishuvchi plastir yordamida yopishtiriladi. Kizlarda jinsiy lablarni orasiga ko‘yilgan steril paxta yordamida. Ayrim xollarda siydikni kateter yordamida qovuqdan olinadi. Shuni zsda tutish kerakki kizlarda siydikni xayzdan 3 kun oldin va 3 kun keyin olib bo‘lmaydi. Analiz yig‘ilagn bankaga bo‘limni, bemorni ismi sharifi, qanday analiz uchun olinganligi yozib ko‘yiladi.


Peshob yig‘ishni bir necha usullari bor.
Nechiporenko usulida 1 ml yangi olingan siydikda kancha leykotsit va eritrotsit borligi aniqlanadi.Normada leykotsitlar 4000, yeritrotsitlar 1000ta bo‘ladi. Amburje va Addis Kakovskiy usullarida xam siydikdagi qon elementlari yaoni leykotsit va eritrotsitlarni miqdori aniqlanadi. Amburje usulida siydik yig‘ish 3 soat ichida o‘tkaziladi, Addis-Kakovskiy usulida esa bir kun ichida peshob yig‘iladi. Bunda siydik alohida toza idishga olinadi.Siydikda qon zarralarini erib ketmasligi uchun idishga 3-5 tomchi formaldegid eritmasi kuyiladi, yoki peshob sovuqligi 3-6oC bo‘lgan joyda saklanishi lozim. Shuni taokidlash kerakki, kichik yoshli bolalarda Amburje usuli Addis- Kakovskiy va Nechiporenkoga karaganda aniqrok .
Bakteriuriya uchun analiz peshob jinsiy aʼzolar dezinfeksiyalovchi eritma ( furatsilin bilan)yuvilgandan so‘ng olinadi. Shundan so‘ng siydikning o‘rta porsiyasi tozalangan idishga olinadi, usti yopiladi. Shubxali natijalarda esa siydik kateterda olinadi.
Siydikdagi kandni miqdorini tekshirish uchun siydik bir sutka davomida bir idishga yig‘iladi. Labaratoriyaga yuborishdan oldin shisha tayokchada yaxshilab aralashtirib, 200 ml boshqa idishga ko‘yib beriladi.
Buyrak funksiyasini Zimnitskiy usulida tekshirilganda, bir kun davomida 8 marta alohida bankalarga xar 3 soatda yig‘iladi. Bunda bemor shifoxona sharoitiga o‘rganib bo‘lgandan keyin tekshiriladi va xar doimgidek ovqatlanish sharoitida amalga oshiriladi. Bemordan ertalab 6:00 da siydik olinadi va umumiy analiz uchun yuboriladi, soat 9.00 dan boshlab 3 soat ichida olingan siydiklar alohida idishlarga yig‘iladi. Kechasi bemorni uyg‘otiladi, ertasi kuni ertalab soat 6.00 da oxirgi siydik olinadi, hamma porsiyalar labaratoriyaga yuboriladi, bu erda xar bir porsiyaning miqdori va zichligi aniqlanadi.
Darmonsiz va og‘ir bemorlarga rezinali tuvak yoki siydikdon( shishali, zmalli) beriladi. Tuvak va siydikdonlar issiq suvda yuvilib, xloramin bilan chayilib, maxsus xonalarda javonlarda saklanadi.Siydikdonlar devorida kuykalar paydo bo‘lmasligi uchun ularni sirka kislotasida yuvib suvda chayiladi.Maxsus yumshoq siydikdonlar bo‘lib, ular tasmalar yordamida songa bog‘lanadi.Bu siydikdonlarni xar kuni sovun bilan yuvib, siydik xidi kelmasligi uchun kaliy permanganat eritmasi bilan chayish lozim.
Buyrak kasalliklari paytida siydik ajralishini buzilishi mumkin. Yoki siydik ajralishi to‘xtashi mumkin. Bunday paytda issiq grelkani korni ostiga ko‘yib, tashqi jinsiy aʼzolarni yuvish kerak. Ayrim xollarda kuyilayotgan suv ovozi xam yaxshi natija beradi, natijaga erishilmasa sunʼiy chikarish usuli kateterlardan foydalaniladi.
Kateterlar yumshoq( rezinali) va qattiq ( metalli) bo‘ladi. Yumshoq kateter 25-30 sm bo‘ladi. Kateterni ichki uchi dumalok shaklda. Oxirgi uchida bir yoki ikkita yumalok teshigi bor. Kateter diametrlari turli xilda.( 1/3 mm dan 1 sm gacha). 30 nomerli, diametri 1/3 li kateter ajratiladi.
Siydik chikaruv kanaliga infeksiya tushmasligi uchun kateterni 10-15 dakika qaynatiladi. Kateter ko‘yishdan avval Hamshira qo‘lini sovun bilan yuvib, keyin barmoqlarini spirt yoki yod bilan artadi va qo‘liga qo‘lkop kiyadi. Kateter ko‘yish paytida bemor chalkancha yotadi, oyoqlari bukilgan,orasi ochik.Chap qo‘lnning 1 va 2 barmoqlari bilan katta va kichik jinsiy lablarni ochib,siydik chikarish kanalining tashqi teshigi ochiladi.Antiseptik eritmada xo‘llangan paxtali tampon bilan siydik chikarish kanalining tashqi teshigini tozalash kerak.Uchi glitserin bilan moylangan kateterni kiskich bilan yon teshikdan 5 6 sm masofada ushlab.kateterning ikkinchi uchini shu kulning 4 va 5 barmoqlari bilan ushlanadi.Kateterni extiyotlik bilan siydik chikarish kanaliga 5 7 sm chuqurlikka kiritiladi.Kateterni 2 uchini siydik yig‘gichga ko‘yiladi.Siydik chikarilgandan so‘ng kateter olib tashlanadi va sterilizatsiya kilinadi.
O‘g‘il bolalarga kateterni faqat shifokor ko‘yadi.Chap qo‘lning 3 va 4 barmoqlari bilan jinsiy olatning boshchasini ochib,1 va 2 barmoqlar bilan siydik chikarish kanalining tashqi teshigi ochiladi.Antiseptik eritmada xo‘llangan paxtali tampon bilan siydik chikarish kanali atrofi tozalanadi.Uchi glitserin bilan artilgan kateterni yon teshikdan 5- 6 sm masofada kiskich billan maxkam ushlab,kateterning ikkinchi uchini shu qo‘lning 4 va 5 barmoqlari bilan ushlanadi.Kateterni siydik chikarish kanaliga extiyotltk bilan kiritiladi.Agar kateter kirgan paytida bemor noxushlik sezsa bemorga tichlanishni va bo‘sh yotishni so‘raladi.Siydik paydo bo‘lgandan keyin kateterni tashqi uchini lotokka tushirish kerak.Siydik chikarilgandan keyin kateterni kanaldan chikarib olish kerak.
Siydik yig‘iladigan idish oldindan tayyorlangan bo‘lishi kerak. Agar siydik chiqishi to‘xtasa qorin devorini asta bosiladi va qovuqda kolgan siydik chikarib olinadi.. Bolalarga kateter yoshiga karab tanlanadi.
Siydik chikaruv kanali jaroxatlanganda kateter ko‘yish man etiladi. Kateter ko‘yilgandan so‘ng uni sovun bilan yaxshilab yuvib, yumshoq sochik bilan artiladi. Kateterlarni usti yopik, ichiga 2% li bor yoki karbol kislota solingan, zmalli yoki shishali idishlarda saklanadi. Elastik kateterlarni saqlash va tozalash uchun maxsus sterilizatorlar chikariladi. Ular turli kattalikda va shaklda bo‘lib, ustida yopib ko‘yuvchi kopkog‘i bor.
Ichida kateter joylashtiriladigan tayokchalar bor. Uning tubiga formalin tabletkalari solib ko‘yiladi,ularning bug‘lari kateter saklanishini va steril turishini taominlaydi. Buyrak kasalliklarida bemorlarni parvarishi.
Anuriya bilan kasallangan bola kimirlamasligi kerak. Bu paytda uning terisiga va shillik qavatlariga alohida parvarish kerak . Tez tez og‘zini natriy gidrokarbonatning 2%li eritmasi bilan chayishi, xaftada 2-3 marta gigiyenik vanna yoki dushda terisini yuvib turishi kerak. Bemorlarni parvarish qilishda uni sovuq kotishiga yo‘l ko‘ymaslik muximdir.Ularni issiqrok xonalarga joylashtirib, elvizakdan va sovuq kotishdan saqlash lozim. Issiq muolajalar buyrak qon aylanishini yaxshilab, diurez kuchayishiga olib keladi.
Davolashda parxez katta axamiyat kasb etadi, oqsilni kamaytirib energetik kuvvatni oshirish kerak. Parxezdan mosh, yongok, fasol olib tashlanadi, lekin qaymok , smetana, kartoshka, bodring, olma, nok, pomidor isteomol kilinadi. Ishtaxa birdan yo‘kolganda yoki bir necha marta qayd kilsa bolani ovqatlantirish Oshqozon zondi yoki oziklantiruvchi klizma orqali beriladi.
Anuriya bilan og‘rigan bolalarni infeksiyadan saqlash, ichaklarni xolatini kuzatish, meteorizmga qarshi kurashish, tez-tez Oshqozonni 2%li gidrokarbonat bilan yuvish yoki sifonli klizmalar qilish kerak. Shu bilan birga shifokor ko‘rsatmasiga binoan intensiv davo choralarini qo‘llash kerak.
Hamshira buyrak kasalliklarining og‘ir asoratlarini bilishi, shifokor bergan ko‘rsatmalarini uzluksiz bajarishi, hamma aʼzo va sistemalarning vazifalaridan xabardor bo‘lishi kerak. Bemorda bosh og‘rigi paydo bo‘lganida, ko‘rishi yomonlashganda, kuchsizlanganda, atrofga befarq bo‘lganida Hamshira o‘z vaqtida shifokorga xabar berishi kerak.
Qovuqning sfinkteri bo‘shashsa siydik tuta olmaslik paydo bo‘ladi. Siydik qovuqdan doimo tomchilab turadi. Bemor ixtiyorsiz oz -ozdan siyib turadi, okibatda kiyimlari , o‘rinlari ifloslanadi va shiptir xidi kelib turadi. Hamshira bunday xollarda parvarishda bemorning o‘rin choyshablarida klenka borligiga ztibor berishi kerak. Bemor ostiga aylana doira ko‘yiladi yoki siydikdon beriladi. Bunday bemorlarni tez -tez yuvib turish, Yotoq yara va bichilish bo‘lishini oldini olish darkor. Kechki soat 18 dan so‘ng ovqat isteomol qilish taqiqlanadi. Kerak bo‘lganda kiyim va choyshablarni almashtiriladi. O‘zi yura oladigan bemorlar uchun soniga osib ko‘yiladigan yumshoq siydikdonlar bor. Rentgenga tayyorlash.
Siydik xosil kiluvchi va siydik chikaruv aʼzolarini tekshiruvchi asosiy rentgenologik tekshiruvlardan eksretor( ajratuvchi) urografiya va sistografiya hisoblanadi.Tekshiruv o‘tkazishdan avval bolani unga tayyorlashga eʼtibor berish muxim o‘rin tutadi. Birinchi o‘rinda ichakni axlatdan tozalash va gazdan bo‘shatish kerak. Shu maksadda tekshiruvga 2 kun kolganda non, kartoshka, sut, karam isteomol qilish taqiqlanadi. Tekshiruvdan bir kun oldin yoki 2 soat avval bemorga tozalovchi klizma kilinadi. Tekshiruvdan avval bemor albatta siyib olishi kerak. Tekshiruvga bir kun kolganda uning organizmini qontrast( yod tutuvchi) moddalarga taʼsirini tekshirish lozim.
Kichik yoshdagi bolalarni tayyorlash kiyinrok. Parxez, tozalovchi klizma va x.k lar bolada yig‘i , bakirik keltirib chikaradi, okibatda u ko‘p tug‘ilgan yutadi. Shuni hisobga olish kerakki meteorizm xolsizlangan va bezovta bolalarda uchraydi. Juda xam bezovtalangan bolalarni tekshirish uchun narkoz bilan kilinadi, ertalab bola ovqatlanmaydi, tekshiruvga 45 dakika kolganida «antigistaminli tayyorlov” o‘tkaziladi, ( vena ichiga suprastin yoki pipolfen yuboriladi.). Bu vena ichiga qontrast moddalar yuborganda paydo bo‘ladigan asoratlarni oldini oladi.
TESTLAR
1.1 oylik bola.Oyoqlarini tirab ko‘p yig‘layapdi.Shifokor ko‘rigida korni qattiq, palpatsiya qilishga bermaydi. Bolaga yordam berishda Hamshira nima qilishi kerak.
A. oziklantiruvchi klizma
B. tozalovchi klizma
V. venaga analgin va dimedrol yuborish
G. Oshqozonni yuvish
D. gaz chikaruv trubkasini qo‘llash
2. Gijjaga tekshirish uchun axlatni qaysi vaqt oralig‘ida laborotoriyaga yuborish lozim.
A. 3 soat
B. 2 soat
V. 1,5 soat
G. 5 dakika
D. ko‘pi bilan 30 min
3. Ona suti bilan bokilayotgan bolani axlatining xususiyati.
A. ko‘g‘ir tusli, sassik xidli
B. och sarik, nordon xidli.
V. och yashil, suyuk, sassik xidli G. sarik rangli, kuyuk ,nordon xidli. D. to‘k jigarrang, suyuk, sassik xidli
4. Sunʼiy sutli aralashma bilan bokilayotgan bolaning axlatining xususiyati.
A. ko‘g‘ir tusli, sassik xidli
B. och sarik, nordon xidli.
V. och yashil, suyuk, sassik xidli G. sarik rangli, kuyuk ,nordon xidli. D. to‘k jigarrang, suyuk, sassik xidli
5. Oshqozon-ichak trakt kasalliklarni asosiy simptomlari?
A. Kornida og‘rik, ishtaxani pasayishi, ko‘ngil aynish, kusish, ichi ketishi, ichi kotishi
B. Xushdan ketish, terini okarishi, oyeyo-qo‘llarni muzlashi V. Diareya, yo‘tal, xansirash, ichi ketishi
G. Ko‘ngil aynish, kusish, yo‘tal, ich ketishi D. Kornida og‘rik, siydik rangini o‘zgarishi
1. Polliuriya bu?
A. kunlik siydik miqdorini 1,5-2 marta kamayishi
B. maʼlum vaqtda ajralgan siydik miqdori V. 3 soat davomida ajralgan siydik miqdori G. kechasi ajralgan siydik miqdori
D. kunlik siydik miqdorini 1,5-2 marta ko‘payishi.
2. Oligouriya bu?
A. kunlik siydik miqdorini 1,5-2 marta kamayishi
B. maʼlum vaqtda ajralgan siydik miqdori V. 3 soat davomida ajralgan siydik miqdori G. kechasi ajralgan siydik miqdori
D. kunlik siydik miqdorini 1,5-2 marta ko‘payishi.
3. Bola 10 soat davomida peshob ajratmadi.Bolada qanday o‘zgarish bo‘ldi.
A. polliuriya
B. anuriya V. oligouriya G. dizuriya D. pollakiuriya
4. Buyrak va siydik kasalliklarning asosiy belgilari?
A. Shishlar, og‘rik bel soxasida, dizuriya, arterial bosimni ko‘tarilishi.
B. Xushdan ketish, terini okarishi, oyoq-qo‘llarni muzlashi V. Diareya, yo‘tal, xansirash, ichi ketishi
G. Ko‘ngil aynish, kusish, yo‘tal, ichi ketishi D. Kornida og‘rik, siydik rangini o‘zgarishi
5. Buyrak shishlarini xususiyatlari?
A. Tepadan pastga tarkaladi
B. Pastdan tepaga tarkaladi V. Qo‘llarda
G. Oyoqlarda D. Belda
Nazorat savollari:
1. Oshqozon ichak kasalliklarining asosiy belgilari.
2. Oshqozon yallig‘langanda, Oshqozon va 12 barmoqli ichak yaralarida bemor parvarishining xususiyatlari.
3. Oshqozon ichak kasalliklarida ovqatlantirish prinsiplari.
4. Og‘izni ko‘rish va parvarish qilish texnikasi.
5. Bemorni korni og‘riganda, kusganda, korni dam bo‘lganda parvarish qilish.
6. Oshqozonni yuvish texnikasi?
7. Oshqozon ichakdan qon ketganida birinchi yordam ko‘rsatish.
8. Labaratoriya tekshiruvlari uchun najas olish va uni qayd qilish texnikasi.
9. Bemorni rentgenologik tekshiruvga tayyorlash .

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling