Sogʼliqni sаqlаsh vаzirligi
Download 0.78 Mb.
|
o`zbek majmua tkk oxirgisi (3) (2)
Gipertonik xuqna- ichak xarakatini kuchaytirish uchun ishlatiladi.Uni pastki Oshqozon ichak traktini to‘lik tozalash uchun qo‘llaniladi. 10% li osh tuzi eritmasi tayyorlanadi.( 1 osh koshik 1 stakan suvga). Eritmani bolaning yoshiga karab rezinali noksimon ballon orqali 25-100 ml yuboriladi.
Oziqlantiruvchi xuqnalar - suniy ovqatlantirishning bir usuli hisoblanadi. Bu xuknani bemorni og‘iz orqali ovqatlantirish mumkin bo‘lmaganda ishlatiladi. Oziklantiruvchi xuknani qo‘llash cheklangan va faqatgina ko‘shimcha usul bo‘la oladi. Bu xuknada eritma miqdori 1 stakandan oshmasligi lozim. Xuknani ichakni to‘lik tozalagandan so‘ng bir soatdan keyin ko‘yiladi. Suyuklik xarorati 38-40 S bo‘lishi kerak. Oziklantiruvchi vositalar sifatida glyukoza, natriy xloridning izotonik eritmasi, spirt, bulon, oqsil moddalar va aminokislotalar ishlatiladi. Oziklantiruvchi klizmani to‘gri ichakni ko‘zgaluvchanligi oshmasligi sababli kuniga 1-2 marta ko‘yish tavsiya etiladi. Shuni eslatib o‘tish kerakki,barcha xuknalar rezinali qo‘lkop yordamida amalga oshiriladi. Oshqozon ichak kasalliklarining eng yomon asorati qon va kusiklarni «kofe kuykasi” rangida paydo bo‘lishidir. Axlatni rangini o‘zgarishi Oshqozon ichak traktini kayeridan qon ketayotganligiga bog‘lik. Oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichakdan qon ketganda axlat kora rangda, ichakdan qon ketganida axlat kizil ko‘ng‘ir rangda, gemorroidal venalardan qon ketganida axlat kip-kizil bo‘ladi. Bemordan ko‘p qon ketsa uning arterial bosimi pasayadi, u okaradi, teri sovuq ter bilan koplanadi, puls ipsimon bo‘ladi. Bunday xollarda shifokorni chakirish va shifokor kelgunga kadar yordam ko‘rsatish lozim. Bemorni darrov yotqizib qorin soxasiga sovuq ( muzli grelka) ko‘yish kerak.Bemorni tinchlantirish lozim. Bemorni ovqatlantirish, suv ichirish va dori berish man etiladi. Oshqozon ichak traktidan qon ketganda bemorlarga xususiy parvarish kerak. Ko‘p qon ketganda 1- 2 kun och ko‘yish, keyin esa ovqatni suyuk xolatda, sovutib berish kerak ( sut, kisel, tuxum) qon to‘xtagandan 4-7 kun o‘tgandan so‘ng ovqat tarkibi biroz o‘zgartiriladi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling