Sogʼliqni sаqlаsh vаzirligi


Download 0.78 Mb.
bet58/126
Sana17.01.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1096713
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   126
Bog'liq
o`zbek majmua tkk oxirgisi (3) (2)

Mashg‘ulot maqsadi:
1.Talabalarni bolalarda ko‘prok uchraydigan nafas olish aʼzolari kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni parvarish qilish xususiyatlariga o‘rgatish. Mashg‘ulotni vazifalari:
2. Bolalarda ko‘p uchraydigan nafas aʼzolari kasalliklarining asosiy belgilari.
3. Tumov, yo‘tal va bo‘g‘ilishda parvarish qilish qoidalari.
4. Nafas yo‘llariga yot narsalar tushib kolganda va laringitda birinchi yordam ko‘rsatish muolajalari.
5. Nafas to‘xtaganda birinchi yordam ko‘rsatish
Talaba bilishi kerak:
1. Nafas olish organlari jaroxatlanishining asosiy belgilari.
2. Nafas olish organlari jaroxatlangan bolalarni parvarish qilishda o‘rta tibbiyot xodimlarining majburiyatlari va vazifalari.
3.Sunʼiy nafas oldirish texnikasi. 4.Oksigenoterapiya usullari.
6. Nafas olish organlari kasalligi bilan og‘rigan bolalarni ovqatlantirish va suv ichirish rejimi.
Talaba bajarishi kerak:
1. Bolalarning nafas olish aʼzolarida uchraydigan kasalliklarda parvarish qilish .
2. Yo‘tal, tumov, kuchli nafas yetishmasligida shifokorgacha bo‘lgan birinchi yordamni ko‘rsatish.
3. Nafas to‘xtaganda birinchi yordam ko‘rsatish. Ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan savollar:
Asosiy bilimlari bo‘yicha:
Nafas olish aʼzolarining tuzilishi va vazifasi.
Nafas olish aʼzolarining kasalliklaridagi asosiy shikoyatlar. Mashg‘ulot mavzusi bo‘yicha:
1. Bolalarda ko‘p uchraydigan nafas aʼzolari kasalliklarining asosiy belgilari.
2. Tumov, yo‘tal va bo‘g‘ilishda parvarish qilish qoidalari.
3. Nafas yo‘llariga yot narsalar tushib kolganda va laringitda birinchi yordam ko‘rsatish muolajalari.
4. Nafas to‘xtaganda birinchi yordam ko‘rsatish.


Mavzuning mazmuni.
Bolalarda nafas olish organlari kasalliklari birinchi o‘rinda turadi. Nafas olish organlari kasalligini davolashda bola parvarishini tashkil qilish juda muxim o‘rin tutadi. Kasalxonaga bemorlarni qabul kilganda palatalarni bir vaqtda to‘latish prinsipiga amal qilish kerak. Chakaloklarni va ko‘krak yoshidagi bolalarni iloji boricha boks yoki yarim bokslarga yotqizish kerak. Palatada doim toza xavo bo‘lishi va xarorat 18-20 S bo‘lishi lozim. Bolalarda zotiljam kasalligi ko‘prok uchraydi. Bu kasallikda bolani boshini balandrok kilib yoki yarim o‘tirgan xolatda yotqizish kerak. Xolatni tez- tez o‘zgartirib turish, chakoloklarni tez- tez qo‘lga olish kerak.
Bolaning o‘rni kulay, toza issiq bo‘lishi kerak, tanani sikuvchi kiyimlarni echish, og‘ir adyolni olib tashlash kerak.Palatalarni xar kuni xo‘llab artib turilishi kerak. Karavot kulay, bosh tomoni baland kilib ko‘tarilgan bo‘lishi kerak.
Nafas olish organlari kasalliklarining asosiy belgilari.
Tumov- nafas olish organlari kasalliklarining asosiy belgisidir. Nafas olishga va bolani ko‘krak suti bilan oziklantirishga xalakit beradi. Burunni tozalash quyidagicha amalga oshiriladi: Hamshira qattiq shimarilgan paxtani vazelin moyiga yoki glitserin va boshqa moyli eritmaga botiradi, so‘ng burun yo‘liga tiqiladi. Burun yo‘llarini tozalab bo‘lib, bola boshini orkaga kilib yotqiziladi va chap qo‘li bilan burun kanotlarini ushlab turib xar bir burun yo‘liga dori tomiziladi. Yo‘tal.
Nafas olish aʼzolarinig kasalliklarida ko‘prok uchraydigan simptom yo‘taldir. U quruq va xo‘l bo‘lishi mumkin. Quruq yo‘talda xolatga karab tinchlantiruvchi vositalar qo‘llaniladi. Bemorni tinchlantirish lozim.Unga kulay sharoit yaratish kerak. Bemorni o‘tirgan yoki yarim o‘tirgan xolda joylashtirilsa u tinchlanishi osonrok kechadi. Quruq yo‘talda bolani axvolini chalg‘ituvchi vositalar: gorchichniklar, bankalar, oyoqka issiq xantalli vannalar ko‘yish qo‘llaniladi. Yo‘talni pasaytirish uchun bemorni adyol yordamida o‘rash, borjom suvi, sutga asal ko‘shib berish, malinali choy berish kerak. Balg‘am
Xo‘l yo‘talda balg‘am ajraladi. Hamshira balg‘amni rangini, miqdorini, xidini, tarkibini kuzatishi kerak. Agar balg‘am ajralishi kiyin bo‘lsa balg‘am yumshatuvchi vositalar berish kerak. Balg‘amni oson ajralishi uchun bemorga kulay sharoit yaratish zarur - bu drenaj xolat deb ataladi. O‘pkaning bir tomoni shamollasa boshqa taraf bilan yonboshlab yotqiziladi. Drenaj bir kunda 30 dakikadan 2-3 marta o‘tkaziladi. Bemor balg‘amni og‘zi yopiladigan maxsus idishlarga tuflashi kerak. O‘tkir nafas yetishmasligi
Asosiy belgilari bo‘g‘ilish, burun kanotlarini kengayishi, taxikardiya, burun-lab uchburchaginig sianozi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling