Sogʼliqni sаqlаsh vаzirligi


Yurak to‘xtab qolganda birinchi yordam


Download 0.78 Mb.
bet56/126
Sana17.01.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1096713
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   126
Bog'liq
o`zbek majmua tkk oxirgisi (3) (2)

Yurak to‘xtab qolganda birinchi yordam.
Yurak to‘xtab kolganda asosan yurakni bilvosita massaj kilinadi.Bilvosita masaj qilishni asosiy moxiyati yurakni to‘sh va umurtka pog‘onasi orasida ritmik sikishdan iborat bo‘lib,bunda qon chap qorinchadan aortaga xaydab beriladi. Natijada bu qon bosh miyaga boradi, o‘ng qorinchadagi qon esa o‘pkaga tushib kislorodga to‘yinadi.To‘shga bosim berish to‘xtatilsa, yurak bo‘shliklari yana qonga to‘ladi. Yurak to‘xtab kolishni asosiy belgilari quyidagilar: katta arteriyalarda pulsni, yurak tonusini pasayishi va yo‘kolishi, qon bosimining pasayishi, xushdan ketish va ko‘z korachigining kattalashuvi. Shuni zsda tutish kerakki yurak to‘xtagandan so‘ng miya xujayralari xayot faoliyatini 3-5 dakika o‘tguncha davom ettiradi.Shuning uchun bolalarni juda qisqa vaqt ichida davolashga erishishga umid kilib , shifokor kelgunga kadar yurakni yopik massaj qilish kerak. Yopik massaj qilish uchun bemorni qattiq joyga chalkancha xolida yotqizib qo‘llarini bikiniga ko‘yish kerak. Hamshira bemorni chap tomonida turib o‘ng qo‘lini kaftini to‘sh suyagini pastki uchdan bir qismiga ko‘yib, chap qo‘lini uni ustiga ko‘yishi kerak va to‘shni umurtka pog‘onasi tomon bosish kerak. Katta yoshdagi bolalarga massaj bot-bot xar dakikada 70-80 martaga etkazib o‘rtacha kuchli xarakat bilan bosiladi (bolalarda yoshiga karab). Qo‘llar to‘shing uchdan bir pastki qismida yaʼni xanjarsimon o‘simtadan 2 barmoq yuqorida turishi kerak. Bunda to‘sh suyagi bilan umurtka pog‘onasi o‘rtasidagi masofa 3-4 sm qisqarish kerak, to‘sh suyagi umurtka pog‘onasiga yakinlashishi kerak. Bola kancha yosh bo‘lsa ko‘krak qafasi xam shuncha sekin bosiladi. Kichik yoshdagi bolalar 2 ta barmoq bilan massaj kilinadi, bunda ko‘krak qafasi ikki qo‘l bilan ushlanadi, katta barmoqni ko‘krak qafasiga tekazib 100-110 martaga etkazib massaj kilinadi. Umurtka pog‘onasi bilan to‘sh suyagi o‘rtasidagi masofa 1-1,5 sm qisqarishi kerak.
Bir vaqtni o‘zida massaj bilan birga «og‘izdan-og‘izga” sunʼiy nafas oldirish o‘tkaziladi. Bunda ikki marta nafas berilganda ko‘krak qafasini 15 marta bosish lozim, agar massajni bir kishi kilayotgan bo‘lsa xar 5 marta massajdan keyin 1 marta og‘izdan-og‘izga yoki og‘izdan-burunga nafas beriladi. Bu muolajalar natijasida katta qon tomirlarda puls xosil bo‘ladi, arterial bosim ko‘tariladi, yurak tonusi oshadi. Teri rangi o‘zgarib sianozlar yo‘koladi, ko‘z korachig‘i torayib va ularning yorug‘likka javob bera boshlashi, bemorda mustaqil nafas tiklanishi kuzatiladi.
TESTLAR
1. Kichik yoshdagi bolalarni yuragi to‘xtab kolganda 1 dakikada necha marta massaj kilinadi?
A. 70-80 marta
B. 60-65 marta V. 140-150 marta G. 100-110 marta D. 90-95 marta
2. Katta yoshdagi bolalarni yuragi to‘xtab kolganda 1 dakikada necha marta kilinadi?
A. 70-80 marta
B. 60-65 marta V. 140-150 marta G. 100-110 marta D. 90-95 marta
3. Shifokor Hamshiraga bola pulsini aniqlashni buyurdi. Hamshira pulsni qaysi soxada aniqlashi mumkin?
A. bilak soxasida
B. yensada V.elkada G. qorinda
D. dumbada
4. Yurak- qon tomir kasalliklarini asosiy simptomlari?
A. Teri rangini o‘zgarish, puls, arterial bosimni o‘zgarish, yurak urishini to‘xtashi, obmorok, kollaps
B. Kuchli bosh og‘rik, ko‘ngil aynish, kusish, yo‘tal V. Diareya, yo‘tal, xansirash, tumov
G. Ko‘ngil aynish, kusish, yo‘tal, ichi ketishi D. Kornida og‘rik, siydikni rangini o‘zgarishi
5. Shifokor bemorni ko‘rib kollaps ekanligini aniqladi .Qanday belgilarga asoslanib kollaps deb atadi.
A. Xushdan ketish, sovuq ter chiqishi, ko‘ngil aynish, kusish, arterial bosimning tushishi, puls kamayishi
B. Ko‘p vaqtga xushdan ketish, terini okarish, oyoq-qo‘llarni muzlash V. Diareya, yo‘tal, xansirash, tumov
G. Ko‘ngil aynish, yo‘tal, kusish, ichi ketish D. Kornida og‘rik, siydik rangini o‘zgarish

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling