SOG‘LOM ODAMNING RATSIONAL OVQATLANISH TAMOYILLARI
MUNDARIJA:
KIRISH……………………………………………………………………….3
I BOB KUN TARTIBI………………………………………………………5
1.1 Ertalabki gigiyenik gimnastika……………………………………………5
1.2 Shaxsiy gigiyena…………………………………………………………..7
II BOB RATSIONAL OVQATLANISH.....................................................15
2.1 Ratsional ovqatlanishning ahamiyati va qoidalari……………………….15
2.2 Yog`lar…………………………………………………………………...21
XULOSA……………………………………………………………………31
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………32
KIRISH
«Ijtimoiy davlat bu, eng avvalo,
inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish
uchun teng imkoniyatlar, odamlar munosib
hayot kechirishiga zarur sharoitlar
yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, demakdir».
Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan “Ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag’batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish” hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan ta’lim tizimida innovatsiyalarni ishlab chiqishni ta’minlash3 kabi ustuvor vazifalari ta’lim muassasalarida o‘qituvchilar innovatsion faoliyatini tashkil etish zarurligini ko‘rsatmoqda. Chunki kasbiy ta’limning xalqaro andozalarga to‘liq mosligini ta’minlash va ijtimoiy buyurtma asosida malakali kadrlarni tayyorlashda yangi pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va innovatsion faoliyatga tayyorlash amaliyotiga joriy qilish ta’lim jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi yaxlit va doimiy bo‘lib, quyidagilardan iborat:
-davlat ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiradigan davlat va nodavlat ta’lim muassasalari;
-ta’lim tizimining ishlashi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradigan ilmiy-pedagogik muassasalar;
-ta’lim sohasidagi davlat organlari, shuningdek ularga bo‘ysunadigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |