Sog`lom turmush tarzi -salomatlik garovi
Immunitet haqida umumiy ma'lumotlar
Download 81.8 Kb.
|
761 Sog-lom Turmush
- Bu sahifa navigatsiya:
- Immunitet turlari va formalari
Immunitet haqida umumiy ma'lumotlar
Immunitet-lotin tilida-immunitas-halos bo'lish degan ma'-noni bildirib, kimyoviy yot jismlari bo'lgan bakteriyalar, viruslar va ularning toksinlari, bir hujayrali eng sodda hay-vonlar, tekinho'r chuvalchanglar, gijjalar, organizmning aynib o'zgargan hujayralari, ya'ni rak hujayralar va organizmning o'lib borayotgan hujayralaridan himoyalanish demakdir. Immu-nitetning buzilishi autoimmun kasalliklar, allergiya, yangi tug'ilganlarning qator kasalliklarini rivojlanishi, rak paydo bo'lishi, ertaroq qarish, mikroorganizmlarga sezuvchanlikni oshishi, antibiotiklar ta'sir etaolmaydigan surunkali yuqumli jarayonlarni rivojlanishiga olib keladi. Immunitet turlari va formalari Organizm himoya omillarining turli-tumanligi va immuni-tet mehanizmi, uning forma va turlarini turli-tuman tasnifi mavjudligidan dalolat beradi. Unga ko'ra immunitetning quyi-dagi turlari tafovut qilinadi: 1. Tabiiy immunitet: o'z navbatida tug'ma, orttirilgan va chaqaloqlar passiv immunitetiga bo'linadi. 2. Sun'iy immunitet: o'z navbatida vaksinasiyadan keyin paydo bo'ladigan faol hamda organizmga davo zardobi yoki gamma-globulin yuborilgandan keyin paydo bo'ladigan passif immunitetga bo'linadi. Tabiiy tug'ma immunitet-kasallikka chalinmaslikning eng mustahkam formasi bo'lib, ushbu turning biologik, hamda tug'ma hossalari bilan bog'liq. Masalan: odamlar hayvonlar o'lati, tovuqlar vabosi, cho'chqalar terisining saramasi kasalligi bilan og'rimaydi. Hayvonlar esa odamlardagi gonoreya, zaxm, bo'g'ma, vaboga chalinmaydi. U yoki bu kasalliklarga chalinmaslikni bu xususiyati nasldan-naslga o'tadi. Orttirilgan tug'ma immunitet odam yuqumli kasallikni boshidan kechirgandan so'ng paydo bo'ladi. U individual bo'lib nasldan-nalsga o'tmaydi. U o'ziga xos bo'lib, organizmni faqat o'tkazilgan kasallikdan himoya qiladi. Chaqaloqlarning tug'ma passiv immuniteti ham tabiiy immu-nitet qatoriga kiradi. U ona organizmidan homilaga antitana o'tishi bilan bog'liqdir. Uning davomiyligi uzoq emas, ya'ni bir necha oydir. Sun'iy immunitet. Uni organizmda sun'iy ravishda kasal-liklarni oldini olish, shuningdek yuqumli kasalliklarini davo-lash uchun hosil qilinadi. Sun'iy immunitetning faol va passiv turlari ajratiladi. Passiv sun'iy immunitet odam organizmiga maxsus himoya moddasini, ya'ni immun antitana yuborilganda paydo bo'ladi. Ular kasallanib bo'lgan kishilar immun zardobi tarkibida bo'ladi. Immunitetni bu turi uzoq muddat saqlanmaydi (bir oyga qadar) Faol sun'iy immunitet organizmga vaksina yuborilgandan so'ng paydo bo'ladi. Uning muddati 3-5 yil, shuningdek o'ldirilgan mikroblardan tayyorlangan vaksina ishlatilganda 1 yilgacha bo'ladi. Immunitetni har xil tur va formalarga bo'linishi shartli hisoblanadi. Tug'ma yoki ortirilgan immunitetda ham organizm himoyasining bir hil a'zolar va to'qimalar tizimi amalga oshi-radi. Ularning asosiy vazifasi organizm ichki muhitini, ya'ni gomeostazni bir ma'romda saqlab turishga yo'nalgan. Download 81.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling