Sog`lom turmush tarzi -salomatlik garovi


Download 81.8 Kb.
bet3/4
Sana25.03.2023
Hajmi81.8 Kb.
#1295139
1   2   3   4
Bog'liq
761 Sog-lom Turmush

Giyoxvandlik muammolari
Giyoxvandlik ijtimoiy illat, ma'naviy va jismoniy kasalikdan boshqa narsa emas. Biroq, uning shavqatsiz fojea ekanligini teran anglamay, unga chalinib qolayotganlar oz emas. Psioaktiv moddalar (PAM) -alkogol', giyoxvand va taksik moddalarga ruju qo`yish, surunkali ravishda ularga o`rganib qolish qator mamlakatlar aholisi, ayniqsa yoshlar salomatligiga putur yetkazayotgan eng daxshatli muammolardan bo`lib qolmoqda. So`ngi yillarda tibbiy ko`rsatmalardan tashqari narkotik va taksik kayf qildiruvchi turli moddalarni qabul qilish ko`rsatgichlari shiddat bilan o`sib bormoqda. Eng xatarli tomoni shundaki, yoshlar orasida kuchli va og`ir sintetik giyoxvand moddalar kokain va geroin kabilarga extiyoj kuchayib borayotgani kuzatilmoqda, orasid Giyoxvandlik qator tizimli bo`lishlari bilan tavsiflanadi. Eng avvalo modda almashinuvi jarayonida qo`pol o`zgarishlar ro`y beradi. Giyoxvand moddalar inson bosh miyayasiga maxsus ta'sir etib unga o`rganib qilishga olib keladi. Shu bilan birga, ular bosh miyaning muhim ichki a'zolarini chuqur zararlanishiga hamda imunitetning paysayib ketishiga olib keladi. Shaxsning salbiy tomonga o`zgarishi, xarakterning zaiflashishi, xulq-atvor buzilishi, jinoyatga qo`l urish, o`g`rilik sodir etish kabilari giyoxvandlik uchun xos bo`lgan holatlardir.Undan tashqari, maktab yoki o`quv yurtidagi umumiy intizomning buzilishi o`quvchi yoki talabalar o`zlashtirishining pasayishi, giyoxvandlikka xos muhit g`oyasining tarqalishi kabilar ham giyoxvandlik illatining yoshlar muhitiga kirib kelganligini anglatadi. Tibbiy tomondan, giyoxvandlik oqibatida gipotitlar, VIChlar, OITSlar jinsiy yo`l bilan yuqadigan kasalliklarning ko`payishi tendensiyasini kuzatish mumkin. Giyoxvand modda qabul qilayotgan bola qanchalik yosh bo`lsa, uning shunchalik tez va og`ir nogironlikka chalinishi, yoki erta o`lib ketish ehtimoli shu qadar ko`p bo`ladi. Shuning o`zi esa davlatning saloxiyatini pasaytiradigan omil hisoblanadi. Giyoxvandlikning maxsus belgisi sog`ayish imkoniyatining mavjud emasligidir. Ushbu kasallik surunkali bo`lib, kutilmagan har qanday vaqtda u qaytalanishi mumkin. Giyoxvandlik "Oq ajal" domiga ko`plab o`smirlarni kirib qolayotganligi qayg`uli xoldir. Barchaga ma'lum bo`lgan giyoxvand moddalardan tashqari so`ngi o`n yil ichida psixotrop narkotiklar qabul qilayotgan giyoxvandlar soni ko`payib bormoqda.
"Narkotik "(giyoxvand modda) nima degani?
Umumjaxon sog`liqni saqlash tashkilotining ta'rifiga ko`ra tibbiyotda qo`llanilishidan qat'iy nazar, kayf xissiyotini tug`diradigan va unga ruju qo`yishga olib keladigan xar qanday modda narkotik deb ataladi. "Narkomaniya" atamasi Narkomaniya (yunoncha narxe-karaxtlik va mania-telbalik, jaxl, shod-xurramlik), bangilik, giyoxvandlik-narkotik ta'sirga ega bo`lgan moddalarni surinkasiga iste'mol qilish, unga moyil bo`lib qolish, narkotik modda bo`lmaganda esa bemorda xumor belgilarining paydo bo`lishi, oqibatda og`ir ruxiy, jismoniy, ma'naviy o`zgarishlar, ijtimoiy tushkinlik bilan kuzatiladigan kasallikdir.
Narkomaniya sotsial muammodir. Sobiq ittifoq davriga qadar Rossiyada, shuningdek, O`rta Osiyoda narkotiklarni turmishda qabul qilish, xususan opium chekish tufayli narkomaniya juda xam keng tarqalgan, katta shaxarlarda esa kokain va narkotiklarning boshqa xillarini qabul qilish keng tus olgan edi.
Lekin sobiq ittifoq davrida, barcha ma'lumotlar xalq ommasidan yashirilishi tufayli narkomaniyaga barxam berilgandek bo`lgan. Sobiq ittifoq parchalanib ketgach, barcha ma'lumotlar to`qri ko`rsatilishi tufayli birdaniga narkoman va toksikomanlar soni ko`payib ketgandek bo`ldi. Shuningdek XX asrning oxiriga kelib butun jaxon miqyosida xam narkomanlarning soni kundan-kun ortib borayotgan edi va ortib bormoqda. Shuning uchun xam narkomaniya kasalligini xuddi OITS kabi "XXI asr vabosi" deb atasak mubolag`a bo`lmaydi. Kasallanish darajasi Yevropa, Osiyo, Amerika va Afrika mamlakatlarini qamrab olib, butun bir epidemiyaga aylanib qolmoqda.
Bu kasallik tufayli xar yili dunyo bo`yicha millionlab kishilarning yostig`i qurimoqda. Narkomanlarning o`rtacha yashash umrlari statistika ma'lumotlariga ko`ra 35-40 yoshni tashkil etadi.
Respublikamizda 1995 yilda giyoxvandlarning umumiy soni 6578 kishini 1996 yilda esa 7612 kishini tashkil etdi, ya'ni bir yilda 1000 nafar bemorlar ko`paygan. 2003 yilning birinchi yanvar xolatiga 12082 kishini tashkil etdi. Viloyatimizda 1993 yilda xammasi bo`lib narkomanlar soni 328 kishini tashkil etgan bo`lsa, 1998 yilga kelib 972 kishini, 2003 yilning birinchi yanvar xolatiga esa 1127 kishini tashkil etdi. Giyoxvandlik asosan o`smirlar orasida ko`payib bormoqda.
Bu ko`rsatkichlar Respublikamizda ham narkomanlarning soni yildan-yilga ortib borayotganligidan dalolat berib turibdi. Shuning uchun ham Respublikamizda xurmatli prezidentimiz I.A.Karimov boshchiligida narkomaniyaga, narkotik vositalarni oldi-sotti qilishlarga qarshi nafaqat milliy miqyosda, qolaversa xalqaro miqyosda ham faol kurash olib borilmoqda va olib boriladi ham. Respublikamiz rahbariyati tomonidan narkotik vositalar ustidan nazorat qilish bo`yicha xalqaro shartnomalarning barcha moddalari aniq-ravshan bajarib kelinmoqda.
Respublikamizda yaxshi tashkil etilgan chegara va bojxona xizmati narkotiklarni chet eldan kontrabanda yo`li bilan Respublikamizga olib o`tishga deyarli imkon bermaydi. Lekin xali ham bunday xollar uchrab turibdi. Bu esa Respublikada narkomaniyani ko`payishiga turtki bo`lmoqda.
Respublikamizdagi qonunchilik aktlarida narkotik moddalarni saqlash, tayyorlash va ishlatish qoidalarini buzish qat'iy jinoiy javobgarlikka tortilishi ko`zda tutilgan. Qonunda narkotik moddalarni qabul qilishga undaganligi uchun ham jinoiy javogarlikka tortilishi ko`zda tutilgan. Ayniqsa balog`atga yetmagan bolalarni shu ishga undash, unga jalb etish og`ir jinoyat xisoblanadi.
Narkotik dori vositalarini O`zbekison Respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan, faqat vrachning aloxida №4-sonli formasi, ya'ni dorinoma asosida davolash maqsadlarida berilgan va berilmoqda. Dorinoma blankalarining seriya nomerlari maxsus xisobga olib boriladi. Davolash-profilaktika muassasalari narkotik dorilarga berilgan dorinomalar soni bo`yicha muntazam ravishda xisobot berib turadilar. Narkotik dori vositalari dorixonalarda va davolash-profilaktika muassasalarida ham mavjud tasdiqlangan qo`llanmalarga asosan maxsus seyflarda saqlanadi. Xozirda narkotik vositalarni ichki ishlar tomonidan butunlay davlat nazoratiga olingan bo`lib, faqat davolash hamda ilmiy tekshirish maqsadlarida foydalanish uchun beriladi.

Download 81.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling