Soha iqtisodiyoti va menejmenti


-mavzu. Ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoni (2 soat)


Download 1.5 Mb.
bet28/109
Sana15.03.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1269362
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   109
Bog'liq
Ma\'ruza matni

3-mavzu. Ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoni (2 soat)

3.1.Korxonaning ishlab chiqarish tizimi va uning asosiy elementlari


3.2. Korxonada ishlab chiqarishni tashkil etish prinsiplari, turlari,
shakllari va usullari
3.3. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati va uni hisoblash usuli
3.4. Optimal ishlab chiqarish hajmi va sotish
3.5.Mahsulot sifati


1.Korxonaning ishlab chiqarish tizimi va uning asosiy elementlari
Ishlab chiqarish jarayonida uning muhim elementlari - ishlab chiqarish vositalari va ish kuchi o‘rtasida o‘zaro aloqalar sodir bo‘ladi. Ishlab chiqarish vositalari o‘zining ish jarayonida bajaradigan roliga qarab, mehnat vositalari va mehnat buyumlariga bo‘linadi.
Mehnat vositalari - inson mehnat buyumlariga ta’sir qiladigan va ularni o‘zgartiradigan moddiy vositalar majmui. Ishlab chiqarish jarayonida inson moddiy boylik yaratish maqsadida ta’sir qiladigan barcha narsalar mehnat buyumlaridir.
Mehnat vositalari - asosiy fondlarni, mehnat buyumlari esa aylanma fondlarni tashkil etadi.
Ishlab chiqarish — bu, jamiyat a’zolarining yashashi, mamlakatning rivoji, taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratish jarayonidir. Kishilik jamiyati taraqqiyotining hamma bosqichlarida ishlab chiqarish bo‘lgan va kelgusida ham bo‘ladi. Jamiyat iste’mol qilmasdan tura olmaganidek, ishlab chiqarmasdan ham tura olmaydi. Ishlab chiqarish jamiyat miqyosida ro‘y boradi. Ishlab chiqarish jamiyat miqyosida ro‘y bergani tufayli uni ijtimoiy ishlab chiqarish deb ataydilar. Ijtimoiy ishlab chiqarshi o‘zining bir-birini taqozo qiluvchi ikki tomoni - ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari bilan ifodalanadi. Ularning birligi ishlab chiqarish usulini tashkil etadi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish jarayon sifatida rivojlanadi va takomillashib boradi. Ishlab chiqarish jamiyatning taraqqiyotini, ijtimoiy tuzilishini, g‘oyaviy qarashlarini, siyosiy tashkilotlarini belgilab beradi. Ijtimoiy ishlab chiqarishning xarakteri, tavsifi asosida jamiyat ustqurmasi tashkil topadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishning xarakteri ish kuchi bilan ishlab chiqarish vositalarining qo‘shilish xarakteriga qarab belgilanadi. Ishlab chiqarishning ijtimoiy shakllari qanday bo‘lsa ham, xodimlar va ishlab chiqarish vositalari hamisha shu ishlab chiqarishning omillari bo‘lib qolaveradi. Umuman, ishlab chiqarish uchun ular qo‘shilishi kerak. Ijtimoiy tuzumning ayrim iqtisodiy davrlari ana shu qo‘shilishning alohida xususiyatiga va qanday usul bilan amalga oshirilishiga qarab bir-biridan farq qiladi.
Ishlab chiqarish muayyan ishlab chiqarish usuliga xos ob’ektiv iqtisodiy qonunlarga muvofiq taraqqiy etadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi, avvalo, mehnat qurollarining o‘zgarishi va mukamallashishi bilan kishilarning ishlab chiqarish munosabatlarida ham o‘zgarish sodir bo‘ladi. Bu jarayonda insonlar o‘rtasidagi munosabatlar kengayadi va chuqurlashadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishini ta’minlash uchun uni tashkil etish va boshqarish, kelajagini bashorat qilish, hozirgi ahvolini tahlil etish va natijalarini hisob-kitob qilish kerak bo‘ladi.



Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling