Soha iqtisodiyoti va menejmenti
Download 1.5 Mb.
|
Ma\'ruza matni
4.1- jadval
Asosiy va aylanma fondlarning sifat ta’rifi
Sanoatning asosiy fondlari mehnat vositalari bo‘lib, ular ishlab chiqarish jarayonida ko‘p marta qatnashadi va sekin-asta emirilgan sayin o‘z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga o‘tkazib boradi hamda o‘z natural shaklini saqlab qoladi. Xizmat muddati bir yildan kam bo‘lgan mehnat vositalari asosiy fondlarga kiritilmaydi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari bir ishlab chiqarish jarayonida o‘z qiymatini tayyor mahsulotga to‘la-to‘kis o‘tkazadi hamda o‘zining moddiy shaklini batamom o‘zgartiradi. Asosiy fondlar korxona ishlab chiqarish vositalarining bir qismi bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishtirok etadi va o‘zining natural moddiy xolatini yo‘kotmaydi xamda o‘z qiymatini tayyorlanayotgan maxsulotlarga qismlab o‘tqazib boradi. Asosiy fondlar qiymatini tayyorlanayotgan maxsulotga o‘tkazish jarayoni amortizatsiya deb, ushbu jarayonda to‘plangan mablag‘lar amortizatsiya ajratmalari deb ataladi. Iqtisodiy maqsadlariga ko‘ra, asosiy fondlar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlariga taqsimlanadi. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling