Soha iqtisodiyoti va menejmenti


Download 1.49 Mb.
bet30/109
Sana18.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1594372
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   109
Bog'liq
Ma\'ruza matni

3.1 - jadval
Ishlab chiqarish turlarining solishtirma jadvali



T/r

Ko‘rsatkichlar

Ommaviy ishlab chiqarish

Seriyali ishlab chiqarish

YAkka tartibli ishlab chiqarish

1

Maxsulot turi

Juda kichik

CHeklangan

Keng

2

Ishlab chiqarish sexlari tuzilmasi.

Buyumli - yakunlangan yoki buyumli texnologik

Buyumli texnologik yoki texnologik

Texnologik

3

Ishlab chiqarishni tashkil etish usuli

Potoklardan keng foydala-nish

Potoklardan foydalangan xolda partiyali

Ayrim uchastkalarda partiyali

4

Jixozning ixtisoslashuv darajasi

Maxsulot

Maxsulot universal

Universal

5

Jixozning joylashuvi

Ishlab chika-rish jarayoni yo‘nalishida

Aralash





Bir turdagi jixozlar turi bo‘yicha

6

Maxsus asbob va moslamalarni ko‘llash

Keng

CHeklangan

Kam

7

Kadrlarning ixtisoslashuvi

YUqori malakali, tor

Nisbatan keng

Universal ishlardan keng foydalanish

Ishlab chiqarishning xarakteri va tuzilmasi chiqarilayotgan mahsulotning o‘ziga xosliklaridan, ishlab chiqarishning qo‘llanillayotgan mehnat vositalaridek mehnat predmetlari va texnologik jarayonlariga bog‘liqdir. To‘g‘ri tashkil qilingan ishlab chiqarish ixtisoslashtirish, proporsionallik, paralellik, uzluksizlik, to‘g‘ri oqimlilik va ritmlilik kabi asosiy tamoyillariga amal qilib quriladi.


Ishlab chiqarishning ixtisoslashtirilishi – bu konstruktiv va texnik jihatdan o‘xshash mahsulotlarini chiqarishni jamlashdir. Konstruktiv va texnologik o‘xshashlik keng miqyosda unifikasiyalashtirish yo‘li bilan yaratiladi. Eng umumiy ko‘rinishda unifikasiya - ko‘p xillikni unifikasiyalashtirilayotgan ob’ektni ayrish tomonidan yaxshilash bilan oqilona bir xillikka keltirishdir.
Proporsionallik – bu ishlab chiqarishning hamma bo‘linmalarining ishlab chiqarish quvvatlarini qo‘shishdir. U mahsulotni kerakli miqdorda, nomenklatura (ro‘yhat) da, assortimentda va butlikda, tadbirkor belgilangan muddatlarda chiqarish imkonini beradi.
Parallelik – ishlab chiqarish jarayonining amallari va bosqichlarini bir vaqtda bajarishdir. Bu tamoyil pirovard mahsulot tayyorlash bo‘yicha keng ish fraktini yaratish imkonini beradi.
Uzluksizlik – ishlab chiqarishni shunday tashkil qilishni, bunda bir amal boshqasidan so‘ng bir smenda, smenalar o‘rtasida, amal ichida va amallar orasidagi tanaffuslarsiz keladi.
To‘g‘ri oqimlilik – mahsulotning ishlab chiqarish jarayonida harakatlanishini oqilona tashkil qilish bo‘lib, u mahsulotning tayyorlashning bir bosqichdan (amaldan) navbatdagisiga eng qisqa yo‘l bilan harakatlanishini ta’minlaydi.
Ritmililik – mahsulotlarni vaqtning teng buloqlari ichida bir xil yoki takrorlanuvchi mahsulotlarni o‘sib boruvchi miqdorda chiqarishdir.
YUqorida aytib o‘tilgan tamoyillarga rioya qilishga asoslangan ishlab chiqarish jarayoni rasional (oqilona tashkil qilingan) hisoblanadi.
Ishlab chiqarishni takomillashtirish uning ixtisoslashtirilishi (ishlab chiqarishning har bir uchastkasida bajariladigan turli xildagi ishlarning hajmini borgan sari cheklashni qattiq mustahkamlash) konsentrasiyalashni davom ettirish (ishlab chiqarishni optimal miqyoslarga etkazish), ishlab chiqarish jarayonlarini va ularni boshqarishni kompleks mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilishi kerak.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling