Soha iqtisodiyoti va menejmenti
Davlatning narx siyosati –
Download 1.49 Mb.
|
Ma\'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalitli so‘zlar
Davlatning narx siyosati – bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida narxlarni erkinlashtirish va milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga yaqinlashtirishga qaratiladi.
Narxlarni erkinlashtirishdan quydagi maqsadlar ko‘zlanadi: xom ashyo bilan mahsulot ayrim turlari narxlari o‘rtasidagi nomutanosiblikni yumshatish; narx bilan aholi daromadlari va korxonalar foydasi o‘rtasidagi mutanosiblikka erishish; investitsion tovarlar, iste’mol tovarlari va xizmatlar narxlarining oqilona nisbatini ta’minlash; ishlab chiqarish vositalari, xalq iste’mol tovarlari, bajarilgan ishlar va xizmatlarning erkin narxlari hamda tariflariga o‘tish; milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga yaqinlashtirish. Narxlarni erkinlashtirish-iqtisodiy islohotlarning eng asosiy yo‘nalish-laridan biri bo‘lib, islohotlarning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari ko‘p jihatdan shu muammoning hal etilishiga bog‘liq bo‘ladi. Narxlarni erkinlashtirish xom ashyo bilan mahsulot ayrim turlarining narxlari, narx bilan aholi va korxonalar daromadlari o‘rtasida mutanosiblikka erishishga qanday yondashilishi bilan farqlanadi. SHu yondashuvlarga asoslanib, narxlar quyidagi yo‘llar bilan erkinlashtiriladi: a) narxlarni birdaniga yoki «esankiratadigan» tarzda qo‘yib yuborish; b) narxlar o‘sishini sun’iy ravishda to‘xtatib qo‘yish; v) narxni davlat tomonidan boshqarish va nazorat qilishni ma’lum darajada saqlab qolish. Kalitli so‘zlar Narx, narx siyosati, monopol narxlar, bozor narxi, talab, taklif, narx siyosati, ulgurji narxlar, chakana narxlar. O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar Narxning iqtisodiy mazmunini uning vazifalari orqali tushuntirib bering. Narx asosiy turlarining qisqacha tavsifini bering. Narxning tashkil topishi borasida qanday nazariyalar mavjud? Ularning afzallik va kamchilik tomonlarini ko‘rsatib bering. Narx siyosati nima? O‘zbekistonda narx siyosati amalga oshirilishining qanday xususiyatlari mavjud? Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling