▲ 3-topshiriq.Hikmatlarni qunt bilan o‘qing. Nutqning qanday xususiyarlari qo‘llanilganligini aniqlashga harakat qiling. HIKMAT — AQL CHIROG‘I Sabr suhbati zeriktirarli o‘rtoqdir, ammo maqsadga olib boradi. U sekin yuradigan ulovdir, biroq manzilga eltadi. Sabr achitib gapiradigan nasihatgo‘y, kishi tabiati undan ozor chekadi, lekin unga amal qilgan oxirda so‘zsiz murodiga yetadi. U bamisoli tabib, badxo‘r dori, bemor undan azob tortadi, ammo so‘ngida sog‘likka erishadi. Ishqqa mubtalo oshiqlar sabr so‘zini eshitganda cho‘chiydilar, biroq uning sharofati bilan yor vasliga yetishadilar. Hajr azobidagi kishilar sabr so‘zini eslashni ham istamaydilar, ammo oxirida sabr tufayli diydor ko‘rishadilar. - («Hikmatlar xazinasi»dan)
- 1-mashq.Gaplarni o‘qing. Xato qo‘llangan nutqqa aniqlik kiritib to‘g‘rilang va ko‘chiring.
- 1. Botir beliga qator beshta bomba qistirib, qo‘lida bomba ushlagan holda ko‘chaga yugurdi.
- 2. Ahmad osmonga qaradi. Haqiqatan ko‘kni bulut bosgan. Bironta ham yulduz yo‘q edi.
- 3. Ahmad osmonga nazar tashladi. Haqiqatan uzoq o‘qdan chiqib kelayotgan bulutlarning ko‘rinishi xunuk edi.
- Matn tahriri -matn mazmuni asosida xat boshi (abzas) jumlalarini belgilash, ortiqcha va takror so‘zlarni chiqarish, uslubiy jihatdan ta’sirchan vositalarini kiritish, gaplarni o‘zgartirish, fikrning aniqligi va to’g’riligini aniqlash.
-
- Matn tahlili - matnni mohiyat va qonuniyat jihatlardan tekshirish, o‘rganish ishi. Ma’lumotlarni ma’lum nuqtayi nazardan o‘rganish. Matn tarkibini belgilash va uning mohiyatini tadqiq etish.
- Matnni qisqartirish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
- matnning asosiy fikrini ifodalovchi gaplarni ajrata olish;
- gaplardagi uyushiq va ajratilgan bo‘laklarni, kiritma va ilova qurilmalarni qisqartirish;
- birikmalarni ma’nodosh so‘zlarga, sodda yoyiq gaplarni yig‘iq gaplarga, qo‘shma gaplarni sodda gaplarga, ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gaplarga aylantirish;
- matnning qo‘shimcha fikr ifodalovchi gaplarini, sintaktik parallellar va takrorlarni qisqartirish;
- matnni qisqa mazmunli tarkibiy qismlarga ajratish;
- birikmali sifatdosh, o‘xshatish va boshqa tasviriy ifodalarni sodda va ixcham shaklga keltirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |