Sohibqiron armiyasining tarkibi qo`shinda amirlarning o`rni


Download 100.17 Kb.
bet16/17
Sana15.01.2023
Hajmi100.17 Kb.
#1093624
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Sohibqiron armiyasining tarkibi qo`shinda amirlarning o`rni

IZOHLAR
«Tuzuk» – ushbu so'z ko'p ma'noli bo'lib, qaysi o'rinda kyelishiga qarab har xil ma'noni anglatadi. Davlatshunoslikda esa tarixiy-huquqiy atama sifatida tuzish, tartib byerish, yaratishga oid qonun-qoidalar – tuzuk tuzushni anglatib, ma'nosi fors tilidagi «oyin» so'ziga aynan to'g'ri kyeladi. Ikki jildli o`zbek tilining izohli lug'atida ham tuzuk – qonun- qoidalar to'plami, nizom ma'nolarini anglatishi ko'rsatilgan (O`zbek tilining izohli lug'ati. 2 jild. Ma'rufov Z.M. tahriri ostida. 2-jild. – M.: Rus tili, 1981. – 220 b.). Bunday qonun-qoidalar to'plamini yozish faqatgina Temur faoliyatidagina bo'lmasdan, boshqa mashhur davlat arboblari davrida ham bo'lgan. Ushbu atama hozirda ham usmonli turklarda saqlanib qolgan bo'lib, qonunlarning amal qilishini, ularda amr etilganlarni yuzaga chiqarish, huquqiy ko'rsatmalarga aniqlik kiritish uchun (ochiqlash) Boqonlar (Vazirlar) Quruli (Kengashi) tomonidan chiqarilgan hujjatni anglatadi. Tuzuklar Turkiya Konstituцiya-sining 115-moddasiga binoan kuchga kiritilgan yozma huquq qoidalari hisoblanadi.
Xiva xonligi Rossiya mustamlakachilari tomonidan bosib olingach, xon xazinasidagi barcha qimmatbaho buyumlar, jumladan, «…uch yuz mujallad yozma muzayyan kitoblar Pityerburg'g'a yuborilgan» (Muhammad Yusuf Bayoniy. «Shajarai Xorazmshohiy», Myeros to'plami. – T.: Kamalak, 1991. – 221 byet). Ushbu kitoblar bir muncha vaqt o'tgandan kyeyin, Xiva xonligining davlat hujjatlari bilan birgalikda Pyetyerburgdagi Saltikov-Shchyedrin nomidagi Rossiya milliy kutubxonasidan topilgan. Hozirda ham ushbu manbalar o'sha yerda saqlanmoqda.
Tug'luq Temurxon – chig'atoy ulusi parchalanishi natijasida uning sharqiy qismida Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Tyanь Shanь etaklari, Balxash ko'li, Irtish va Emilь daryolari atrofidagi yerlarni o'z ichiga olgan Mo'g'uliston xoni (1348-1362).
Rashiduddin Fazlulloh ibn Imom uddavla Abulxayr Hamadoniy at tabib (1247-1318 yy.) – mashhur tarixchi olim, «Jomye ut tavorix» ko'p jildli tarixiy asarning muallifi.
Ushbu satrlar muallifi ham 1968 yilning dyekabrь oyida Toshkyent davlat univyersityetining partiya tashkiloti huquqini, rayon partiya Komityeti huquqiga tyenglashtirilishi munosabati bilan, Toshkyent shahar, Oktyabrь rayon partiya Komityetining binosida o'tkazilgan, ToshDU 1-partiya konfyeryenцiyasida «Yuridik fakulьtyeti partiya tashkiloti» talabalaridan dyelyegat bo'lib qatnashib (Mandat №210, 1968, 9 dyekabrь) ushbu arbobni ko'rib, ana shu ruhdagi so'zlarini o'z qulog'i bilan eshitgan edi.
Mazkur satrlar muallifi ushbu nashrni o'rganib, qoniqish bilan qabul qilib o'z fikrini byergan. Ushbu fikr ham jurnal sahifalarida bosilib chiqdi (Qarang: Aks sado. Temur Tuzuklarining nashr etilishi haqida. //Sharq Yulduzi, 1990. №2. – B.63.)

Download 100.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling