Soibjon begmatov bastakorlar


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/43
Sana08.05.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1446912
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43
Bog'liq
bastakorlar ijodi

Surxondaryo-Qashqadaryo vohalarining mahalliy musiqiy 
an’analarida doston va termalar ijrochilik an’analari alohida o‘rin 
egallagan. 
Farg‘ona-Toshkent vohasining musiqiy an’analari ham boy va 
keng qamrovlidir. Ushbu vohaga maqomlarga xos bo‘lgan turkum-
lardan ashula va cholg‘u turkumlari xosdir. «Toshkent-Farg‘ona 
maqom shakllariga Bayot, dugoh husayniy, Chorgoh va Shahnozi-
1
I. Rajabov. Maqomlar. – T., 2006. 150-b.


30
gulyor kiradi»
1
– deb bayon etgan I.Rajabov. Shu bilan birga 
I.Rajabov, «Shashmaqom» tarkibidagi maqomlar asosida yaratil-
gan «Nasrulloiy», «Ajam», «Miskin» kabi Farg‘ona-Toshkent ijro 
an’analarida mavjud ko‘plab turkumli asarlar maqomlarga xosligini 
e’tirof etib o‘tgan.
Farg‘ona-Toshkent maqomlari bilan bir qatorda, katta ashula 
hamda maqom yo‘llariga xos cholg‘u musiqasi rang-baranglikda 
shakllangan. Farg‘ona vodiysi Marg‘ilon, Qo‘qon, Andijon, Na-
mangan maktablari, maqom va katta ashula uslublariga xos lokal 
zonalarga boyligi bilan ajralib turadi. 
O‘zbek bastakorlik ijodi, albatta, vohalarning o‘ziga xos lokal 
xususiyatlari asosida shakllanib rivojlanganligi doimo e’tirof etiladi. 
Buni faqat bitta doira usulining o‘zida ham ko‘rish, anglash va idrok 
qilish mumkin. O‘zbek ijro amaliyotida musiqaning o‘lchov-ritmik 
jihatini ta’minlab turadigan usullar turli va rang-barangdir. Faqat-
gina, Usto Olim Komilov zikr etgan «Katta o‘yin» usullar turkumi-
ning o‘zida 49 ta xilma-xil usul mavjud. Xalq ijrochilik amaliyotida, 
faqat «Ufor» usulining 30 ga yaqin turlari qo‘llanilib kelinadi. Le-
kin, har bir mahalliy uslubning ufor usulidagi ritmik shakli va talqin 
uslubi mavjud.
Xorazm ufori
Buxorocha ufori
Farg‘onacha ufori
1
I. Rajabov. Maqomlar masalasiga doir. – T., 1963. 255-b.


31
Vohaviy jarayonning o‘zida bir qator makon bilan bog‘liq 
uslublar paydo bo‘pganki, ular muayyan viloyatlar kesimida 
o‘zining xususiyatlari doirasida yuzaga bo‘lganligini namoyon etib 
turadi. Amaliyotda musiqiy an’analar negizida shakllangan ushbu 
jarayonga ijodiy maktablar kesimida baho berib kelinadi. Jumladan, 
Samarqand, Andijon, Marg‘ilon, Qo‘qon, Buxoro, Toshkent 
bastakorlik maktablari. 
XX asrga kelib o‘zbek bastakorlik ijodiyotida an’anaviy 
maqom ijodiyoti emas, balki shunga yaqin, lekin o‘zgacha yangi 
yo‘nalishdagi shakllarga asoslangan ijodiy uslublar yuzaga keldi. 
Lekin, an’anaviy uslubga ham umuman chek qo‘yilgani yo‘q. Ayrim 
bastakorlar ijodiyotida yetuk, maqom yo‘llariga xos ijod namunalari 
oz bo‘lsa-da yaratilib turilganligini e’tirof etish lozimdir. O‘zlarining 
bastakorlik ijodini olib borgan aksariyat namoyandalar, bu sohaning 
an’analarini zamon ruhi bilan uyg‘unlikda talqin etib betakror asarlar 
yaratishga muyassar bo‘ldilar. Samarqand bastakorlik maktabining 
namoyandalari Hoji Abdulaziz Abdurasulov, Doni Zokirov, Nabijon 
Hasanovlarning bastakorlik ijodlari bunga yorqin misoldir. Xususan, 
Hoji Abdulaziz Abdurasulov (1852–1936) o‘zining bastakorlik ijodi 
bilan yangi sahifa ochdi. Maqom an’analariga tayangan holda xalq, 
musiqa namunalari asosida bir qator mumtoz xarakterli asarlar 
yaratishga muyassar bo‘ldi (bastakorlikda maktab yaratgan va 
samarali ijod qilgan bastakorlar ijodiga alohida e’tibor qaratamiz).
O‘zbek bastakorlik ijodiyotining rivojiga katta hissa qo‘shgan 
maktablardan biri Andijon bastakorlik maktabidir. O‘ziga xos 
yangicha yondashishlarga asoslangan zamon bastakorlik ijodiyotida 
To‘xtasin Jalilov, Komiljon Jabborov, G‘anijon Toshmatov, Muxtorjon 
Murtazoyev kabi Andijon bastakorlik maktabi namoyandalarining 
ijodiy faoliyati o‘z samarasini namoyon etdi. 
XX asr o‘zbek musiqashunosligida bastakorlik ijodiyotini 
o‘rganish va shu san’atga oid risolalarning yozilishiga ham alohida 
e’tibor qaratildi. Bu mavzuga alohida yondashib, ilmiy tadqiqotlar 


32
olib borgan I. Akbarov, F. Karomatov, M. Ahmedov, K. Olimboyeva, 
A. Jabborov, T.B. G‘ofurbekov, O. Matyoqubov, R. Abdullayev, 
R. Yunusov, O. Ibrohimov, S. Begmatovlarning ijodini alohida 
ko‘rsatish mumkin. 
XX asrning so‘nggi 20 yilligiga bastakorlik masalalari 
borasida qator maxsus tadqiqot ishlari olib borilgan. Xususan, 
Ilyos Akbarovning «To‘xtasin Jalilov», M.Ahmedovning «Yunus 
Rajabiy», Fayzulla Karomatovning «O‘zbek xalq musiqa merosi» 
(1–2-jild), K. Olimboyeva va M. Ahmedovlarning «O‘zbek xalq 
sozandalari» 1–2-kitobi kabi asarlarda bastakorlik ijodiyoti borasida 
fikr yuritiladi. M. Ahmedovning «Doni Zokirov» monografiyasida 
zamonasining bir qator ustoz san’atkorlari va xalq bastakorlari 
xususida ma’lumotlar keltiradilar. 
K. Olimboyeva va M. Ahmedovlar «O‘zbek xalq sozandalari» 
kitobida Hoji Abdulaziz Abdurasulov, Komiljon Otaniyozov, 
Matyoqub Xarratov, To‘xtasin Jalilov, Imomjon Ikromov, Komiljon 
Jabborov, Saidjon Kalonov, Nabijon Hasanov, Faxriddin Sodiqov, 
G‘anijon Toshmatov kabi bastakorlarning hayoti va ijodi haqida 
umumiy ma’lumotlar keltiriladi. 
Tazkira xarakteriga ega bo‘lgan A.H. Jabborovning kitob-
lari zamonamizning aksariyat kompozitor, bastakor va musi-
qashunoslarining hayoti va ijodiy faoliyatlari xususidagi 
ma’lumotlarni qamrab olganligi bilan qadrlidir.
Maxsus o‘rganilgan bastakorlar haqidagi dastlabki asarlardan 
biri professor F.Karomatovning monografiyasidir. 
XXI asr boshlaridan boshlab xalq bastakorlari ijodini o‘rganish 
va yoritish masalalari keng ommalashdi. R.Yunusovning «Faxriddin 
Sodiqov», S. Begmatovning «Orifxon Hotamov», «Kamoliddin 
Rahimov», A. Zokirov bilan birga «Muxtorjon Murtazoyev», 
B. Do‘stmurodov «Orifxon Hotamov» kabi monografiyalari, 
S. Xudoyberganovning Komiljon Otaniyozov ijodiga bag‘ishlangan 
«Soz va so‘z sohibi» monografiyasi shular jumlasidandir. 


33

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling