1-mavzu. Neokantchilikning Baden maktabi (2-soat) Ma’ruza rejasi


Download 37.25 Kb.
bet1/3
Sana05.01.2022
Hajmi37.25 Kb.
#207742
  1   2   3
Bog'liq
1-Баден мактаби


1-mavzu. Neokantchilikning Baden maktabi (2-soat)

Ma’ruza rejasi

  1. Baden maktabi falsafasi.

  2. V.Vindelband va G.Rikkertning ijtimoiy-tarixiy ta’limoti.

  3. Baden maktabi ta’limotining keyingi falsafiy fikr taraqqiyotiga ta’siri.

Mavzuning о‘quv maqsadi

Talabalarda neokantchilik falsafasi namoyandalarining ong haqidagi ta’limotlari bо‘yicha bilimga hosil qilish; neokantchilik falsafasi bilan boshqa ta’limotlarni qiyosiy tahlil qilish; falsafiy matnlarni tahlil qilish kо‘nikmalarini shakllantirish.



Mavzuning tayanch tushunchalari

Qadriyat, tarixni materialistik tushunish, butun jahon tarixi, tabiat fanlari, madaniyat fanlari, aksiologiya, madaniy qadriyatlar.



***

XX asrning boshlarida neokantchilikning nufuzli maktablaridan biri bо‘lgan Baden maktabi tashkil topdi. Ushbu maktabning asoschilari professor Vilgelm Vindelband va professor Genrix Rikkert hisoblanadi. Ular Badenning – Geydelberg va Frayburgdagi universitetlarida о‘z ta’limotlarini ilgari suradilar. Baden maktabining asosiy g‘oyasi tarixni о‘rganish uslubini tabiiyot fanlari uslubiga qarama-qarshi qо‘yishdan iborat. Tarix taraqqiyotning madaniy merosdan iborat individual hodisalari haqidagi fan sifatida talqin etiladi. Tabiiyot esa tabiat hodisalarining takrorlanib turuvchi va umumiy qonuniyatlari haqidagi fan sifatida e’tirof etiladi.

Fanlarning unisida ham, bunisida ham tushunchalar voqelikning in’ikosi emas, balki uning aprior prinsiplariga bо‘ysinadigan fikrga aylanishidir. U tabiiyot ilmida umumiylikni, tarixda individuallikni bilishga qaratilgan. Baden maktabi I.Kant ta’limotiga suyangan holda, borliqni yoki mavjudlikni voqelikka qarama-qarshi qо‘yishga asoslangan.


Download 37.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling