Soibjon begmatov bastakorlar


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/43
Sana08.05.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1446912
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43
Bog'liq
bastakorlar ijodi

Sulton Muhammad Udiy – musiqa bilimdoni
saqil usuliga asoslangan va dugoh ohanglarida peshrav yaratgan; 
Mavlono Nuriddin Abdurahmon Jomiy – musiqiy risola 
bitganligi xususida ma’lumot berib, shu bilan birga musiqada 
«Naqshi mullo» nomi bilan bog‘lagan naqshi taniqlidir, degan 
fikrlarni bayon etadi;
Mavlono Binoiyning – ilmda va musiqada 
o‘z davrining noyob bilimga ega bo‘lgan kishilardan ekanligi va 
bir qator naqshlar va savtlar bog‘lagan deb, xonandalar orasida 
uning muxammas usuliga asoslangan va Rost sho‘basida tuzgan 
«Savt ul-Naqsh» naqshlari mashhur bo‘lganligini ham e’tirof etib 
o‘tadi.
G‘ulom Ali Shunqor – musiqada davrining betakror 
bilimdonlaridan biri. Tutuq begim xizmatida bo‘lim, o‘zining 
ijodini, savt-u naqshlarini unga bag‘ishlagan. Turkiy zarb usuli 
asosida, dugoh ohanglaridagi «Savt-u naqsh» asari ham xalq 
orasida «Savt-u Nashiq begim» nomi bilan keng ommalashgan deb 
baho beradi; 
Ustod Zaytun g‘ijjaki – maqom ijodiyotida ko‘proq 
peshravlar bog‘lagan. Ulardan biri Husayniy maqomida davri saqil 
usuli asosidagi asardir. 
Xon Ahmad G‘iloniy – musiqa ilmida, ijodiyotida va 
ijrochiligida unga teng keladigani bo‘lmagan, deb yozadi muallif. 
Ayniqsa, ud cholg‘usi ijrochiligidagi mohirligi alohida qayd etib 
o‘tiladi. Musiqa ijodiyotida ko‘p peshravlar yaratganligi va o‘z 
zamonasining xotirasida qolganligi xususida bayon etadi. Ayniqsa, 
muhammas usulida Panjgoh zaminida yaratgan «Peshravi Isfahon» 
asari mashhur ekanligini izohlaydi.
Mavlono Axi Hitoriy haqida qiziq ma’lumot keltiriladi. Ustoz 
Darvish Shodiyning qalamiga mansub ilk asarlarni keltirar ekan, 
shunday yozadi: «Iroq pardalariga asoslangan «Savt»ni Rost-Panjgoh 
ladiga o‘girib, Zarbi Turk usulida soldi». Bu, albatta, bastakorlik 


24
ilmining qayta ishlash bilan bog‘liq amallarini ko‘rsatuvchi dalillar 
deb qabul qilish lozimdir.

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling