Fikrlash malakalarini rivojlantirishda oiladagi kitobxonlik va ajdodlar merosining o‘rni


Download 43.41 Kb.
bet1/9
Sana23.01.2023
Hajmi43.41 Kb.
#1112606
  1   2   3   4   5   6   7   8   9

Ajdodlarimiz, olim va ulamolarining betakror pedagogik va psixologik ilmiy-ma'naviy merosi “uchinchi Renessans” davrining poydevori” mavzusidagi Respublika miqyosidagi konferentsiya 2022-yil, 7-dekabr


FIKRLASH MALAKALARINI RIVOJLANTIRISHDA OILADAGI KITOBXONLIK VA AJDODLAR MEROSINING O‘RNI
Buxoro viloyat Vobkent tumani 25-maktab Boshlang`ich
ta`lim o`qituvchisi Ro`ziyeva Zilola Karomatovna
Annotatsiya. Maqolada bolalarning fikrlash malakalarini rivojlantirishda kitob va kitobxonlikning o‘rni, kitobxonlik madaniyatini oilada rivojlantirish usullari: namuna bo‘lish, ifodali o‘qish, suhbat, o‘yin orqali farzandlarni kitobga qiziqtirish masalalari tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar: bilim, kitob, kitobxonlik, fikrlash malakalari, kitobxonlik madaniyati, rivojlantirish usullari, namuna bo‘lish, ifodali o‘qish, suhbat, o‘yin, turli tanlovlar.
Brief abstract. The article analyzes the role of books and reading in the development of children's thinking skills, ways to develop a culture of reading in the family: role models, expressive reading, conversation, interest in books through play.
Keywords: knowledge, book, reading, thinking skills, reading culture, methods of development, role modeling, expressive reading, conversation, game, variouscompetitions.

Inson jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, keng va atroflicha fikrlashi uchun tarbiyali va, albatta, bilimli bo‘lishi lozim. Bilimni esa biz oiladan, ta’lim maskanlaridan, kitoblardan olamiz. “...Bugungi bolalar ertangi kunda xalqqa aylanadi. Yoshlarni kitobga qaytarishimiz kerak.


Axborot-kommunikatsiya sohasidagi oxirgi yutuqlarni o‘zlashtirish bilan birga, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga, ularning kitob bilan do‘st bo‘lishiga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim”-deya alohida ta’kidlab o‘tadilar.
Qadimiy va betakror diyorimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini, umumbashariy sivilizatsiya, madaniyat, dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ ajdodlarimizning noyob asarlarini asrab-avaylash, kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish, ularning nodir merosini, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib etish, yoshlarimizni o‘zlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish maqsadida “Yosh kitobxon” Respublika tanlovi
tashkil qilindi . 10 yoshdan 14 yoshgacha, 15 yoshdan 19 yoshgacha va 20 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan tanlovni oila davrasida “Mening yurtim” telekanali orqali, shu bilan birga, “Yoshlar” telekanali orqali teleekranlarda ko‘rish, faol kitobxonlarning rag‘batlantirilishini kuzatish ota-onalarda ham kitobga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirdi.
Bugun, pandemiya sharoitida farzandlarning ta’lim-tarbiyasi to‘la holatda oilaga ko‘chdi. Bolani to‘laqonli tarbiyalashga, uning xatti harakatini 24 soat davomida kuzatishga, farzandlarning yutuqlari bilan birga kamchiliklarini ham aniqlashga imkon paydo bo‘ldi. Farzandlarga kitobning ahamiyatini singdirish imkoni kengaydi.
Darhaqiqat, kitob kishilik jamiyatining qadimiy, ammo hamisha navqiron qadriyatlaridan biridir. Kitobning nafi beqiyos, ammo bu foyda buncha botmonlik kitob shuncha million so‘mlik daromad keltirishi bilan emas, mamlakatning rivojlanib, ilg‘or davlatlar safiga ko‘shilishi bilan, dunyoga ma’rifat ila tanilishi bilan o‘lchanadi. Chunki, ma’rifat ziyosining umri cheksiz. Kitob orqali inson ham bilim oladi, ham yangidan-yangi bilimlarni, kashfiyotlarni kelajak avlodga yozib qoldiradi. Bir so‘z bilan aytganda, dunyoning sakkizinchi mo‘’jiza sifatida e’tirof etiladigan kitob inson qalbining chinakam hamrohi, qalb va fikr qayrog‘idir. Zero, Respublikamizda koronavirus karantini tufayli e’lon qilingan ta’til mobaynida o‘quvchilar va talabalarga masofadan bilim olish imkoniyatlari yaratilmoqda va bugun teleekranlarda kanallar ochilib, teledarslar o‘tkazilmoqda. O‘quvchilarga topshiriqlar berilmoqda, darsliklarni puxta o‘rganishga, qo‘shimcha asarlar o‘rganishga chorlanmoqda. Kutilmagan, yangicha sharoitda ta’lim jarayonining barcha imkoniyatlaridan unumli foydalanib, shaxsni rivojlantirish, mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalash va shu asnoda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni kuchaytirish talab qilinmoqda.
Oilada bolaning fikrlash malakalarini shakllantirish va rivojlantirishda kitobning o‘rni alohida turadi

Download 43.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling