Fikrlash malakalarini rivojlantirishda oiladagi kitobxonlik va ajdodlar merosining o‘rni


Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati


Download 43.41 Kb.
bet7/9
Sana23.01.2023
Hajmi43.41 Kb.
#1112606
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati:
1.Krebs, V. (2010). The bodily root: seeing aspects and inner experience. In W. Day and V. Krebs (Eds), Seeing Wittgenstein anew. (pp. 120 - 139). Cambridge: Cambridge University Press.
2.Van den Broek, P., Tzeng, Y., Risden, K., Trabasso, T., and Basche, P. (2001) Inferential questioning: Effects on comprehension of narrative texts as a function of grade and timing. Journal of Educational Psychology, 93(3), 521-529.
3.Wittgenstein, L. (1980). Culture and value. Translated by Peter Winch. Chicago: The University of Chicago Press.

O‘QUVCHILARNI MUSTAQIL FIKRLASHGA O‘RGATISHDA AJDODLAR MEROSIDAN FOYDALANISH USULLARI
Buxoro viloyat Vobkent tumani 25-maktab Boshlang`ich
ta`lim o`qituvchisi Quvatova Firuza Faxridinovna
Annotatsiya. O‘quvchi tafakkuri asosan maktabda bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida rivojlanadi. Agar o‘quvchilarda mustaqil ravishda fikrlash va fikrlarini ijodiy bayon eta olish ko‘nikmasi shakllangan bo‘lsa, u holda o‘quv faoliyati yuqori darajaga ko‘tarilishi mumkin. O‘quvchi ilgari o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikmalari asosida mustaqil, ijodiy fikrlagan holda matnni tahlil qiladi hamda ko‘nikma malaka darajasiga yetadi
Kalit so‘zlar: mustaqil fikrlash, ijodiy fikr, tashkilotchisi, boshqaruvchisi, yo‘naltiruvchisi, kuzatuvchisi, nazoratchisi, muammo, topshiriqlar, mustaqil ishlar.
Brief abstract. Thinking process of a student develops mainly in the process of acquiring knowledge at school. If students develop the ability to think independently and express their ideas creatively, then learning activities can be improved. The student independently analyzes the text creatively on the basis of previously acquired knowledge and skills, and the skill reaches the level of mastery.
Keywords: independent thinking, creative thinking, organizer, manager, facilitator, observer, leader, problem, tasks, independent work.

Jahon mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida, ayniqsa, intelluktual rivojlanishida katta o‘zgarishlarga boy davr bo‘lmoqda. Taraqqiyot o‘z ortidan ta’limni ergashtirib, o‘ziga yanada katta e’tibor talab etmoqda. Ushbu jarayondagi mavjud muammolarni hal etishda bugun kadrlarni o‘qitish va malakasini oshirish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Bu o‘z navbatida o‘quv dasturlari va rejalarini ishlab chiqish, ta’lim jarayonini tashkil etishda yangicha yondashuvlarni talab etmoqda. Bugungi kunda davr talabiga aylangan ta’limning zamonaviy texnologiyalari asosida malaka oshirish nafaqat, pedagoglarning bilim saviyasini oshirishda, balki rahbar faoliyatini takomillashtirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.


Ma’lumki, har qanday pedagogik texnologiya «ta’lim beruvchi – jarayon – ta’lim oluvchi» munosabatida tashkil etiladi, ya’ni ta’limning bu jarayonida ta’lim beruvchi ham, ta’lim oluvchi ham bir chiziqda faoliyat olib boradi. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchining o‘zi izlanishi, muammolar yechimini o‘zi topishi, guruhlarda do‘stona muhitni yuzaga keltirishi, mantiqiy fikrlab yakdil qaror chiqarishi, fikrlarini asosli, erkin va ravon bayon etishi uchun shart-sharoit yaratadi. Ta’lim beruvchining o‘zi esa dars jarayonining tashkilotchisi, boshqaruvchisi, yo‘naltiruvchisi, kuzatuvchisi, nazoratchisi, ta’lim oluvchi (o‘quvchi yoki tinglovchi)ning do‘sti, hamkori, yordamchisi sifatida faoliyat yuritadi.
Pedagoglar guruh bilan ishlash va hamkorlikda o‘qitish texnologiyalarini qo‘llaganda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim bo‘ladi:
- ta’lim beruvchining jarayonga tayyorgarligi;
- maqsadni aniq qo‘ya olish
- eng maqbul usullarni qo‘llashga tayyorgarlik;
- joy va jihozlar;;
- kutilmagan vaziyatlarni hisobga olish;
- guruhlar hamkorligini tashkil etish;
- o‘zaro hurmatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish;
- muammoning yechimini topishda birgalikda harakat qilish;
- vaqtni to‘g‘ri taqsimlash.
Ta’lim samaradorligiga erishish, ta’lim mazmunini boyitish, maqsadni amalga oshirishning eng qisqa va maqbul yo‘li, usullarini tanlashga tavsiya berishdan avval ularning o‘zlarini jarayon ichiga olib kirib, muammo yechimini topishga yo‘l ko‘rsatish lozim bo‘ladi. Shundagina u o‘quvchi tushunadi yoki vaziyatni aniq his qila oladi.
O‘quvchi tafakkuri asosan maktabda bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida rivojlanadi. Agar o‘quvchilarda mustaqil ravishda fikrlash va fikrlarini ijodiy bayon eta olish ko‘nikmasi shakllangan bo‘lsa, u holda o‘quv faoliyati yuqori darajaga ko‘tarilishi mumkin. O‘quvchi ilgari o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikmalari asosida mustaqil, ijodiy fikrlagan holda matnni tahlil qiladi, ko‘nikma malaka darajasiga yetadi. O‘qituvchi o‘quvchilarning bilish faoliyatlari ustidan muntazam ravishda va mohirona rahbarlik qilgandagina ularning fikrlashda, amaliy va aqliy faoliyatlaridagi mustaqillik muvaffaqiyatli ravishda rivojlanadi. O‘qituvchining samarali faoliyat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiya bolalarning shaxsiy hamda o‘qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatini hisobga olgan holda o‘quv materialini o‘zlashtirishga qaratiladi. U yoki bu texnologiyani tanlash rajalashtirilgan dars va mashg‘ulotda qaysi darajadagi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish nazarda tutilganiga bog‘liq. Ta’lim taxnologiyasida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirish etakchi tamoyildir. Ta’lim texnologiyasi asosida o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishda quyidagilar e’tiborga olinadi:
- O‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha maqsad, vazifalar bilan o‘quvchilarni oldindan tanishtirish, muammo, topshiriqlarni, mustaqil ishlarni, ularni bajarish tartibi, paytini e’lon qilish, mavzuni to‘liq o‘zlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berish;
- O‘quvchilarning faol mustaqil faoliyatini rag‘batlantirish, bolalar diqqatini bo‘lim yoki mavzu mazmuniga tortish, uni qanday o‘rganish zarurligini aytib, bilishga qiziqish uyg‘otish, o‘qish-o‘rganishga havas, muammolarni bajarishga extiyoj uyg‘otish;
- Mavzu bo‘yicha to‘plagan bilimlariga ishlov berish, qo‘shimcha tuzutishlar kiritish, o‘zlashtirish darajalarini e’lon qilib turish .
O‘quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda evristik xarakterdagi usullardan foydalanishning ahamiyati katta. Bunday usul taqdim etilgan o‘quv materialini o‘rganish yo‘llarini izlash hamda bu muammolarni echish uchun yangi axborotlarni mustaqil tarzda izlab topish ko‘nikmasiga ega bo‘lish bilan xarakterlanadi. O‘quv faoliyati izlanuvchan evristik xarakter kasb etganda yuqori darajadagi muammoli, muammoli-rivojlantiruvchi topshiriqlar usuli, ishchan o‘yinlar, mustaqil ishlar, muammoli xarakterdagi topshiriqlardan foydalanilash mumkin. Bunday mashg‘ulotlar butun dars davomida o‘quvchining faolligini, muntazam darsda qiziquvchanligini uyg‘otishga undash maqsadini ko‘zda tutadi.
O‘qituvchi pedagoglarning xususiy fan asoslarini o‘qitishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar jarayonini noan’anaviy shaklarda tashkil etish, ta’lim jarayonini mukammal loyihalashga erishish o‘quvchilarda bilimlarni puxta o‘zlashtirilishining kafolati bo‘la oladi, deyiladi. Bugungi kun o‘qituvchisidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga yangicha yondoshuv talab etilmoqda.
Erkin fikrlashni shakllantirishda muomala katta ahamiyatga ega. Dunyoda qobiliyasiz inson bo‘lmaydi. Faqatgina bu qobiliyatni o‘z vaqtida, ya’ni yoshlikda aniqlay bilish va kamol toptirish lozim.
Erkin fikrlash ana shu qobiliyat qirralarining namoyon bo‘lishida asosiy vazifadir. O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishda turli o‘yinlardan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Bolalar o‘yin orqali o‘z bilimlarini mukammallashtiradilar va uni chuqur o‘zlashtiradilar. Didaktik o‘yinlar o‘quvchilarda ta’limning samarali bo‘lishiga, o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga yo‘nalitirishda katta yordam beradi, o‘yin yordamida nazariy bilim oson o‘zlashtiriladi, o‘quvchilarning bilim olishga qiziqishlari ortadi. Shunday o‘yinlar sirasiga “Hikoya”, “u kim, bu nima”, “Davom ettir”, “Zanjir”, “O‘yin-topishmoq”, “Rebus”, “Krossvord” va boshqa o‘yinlardan darslarda foydalanish mumkin. Masalan, “Hikoya” o‘yinini oladigan bo‘lsak, o‘qituvchi doskaga bir necha so‘z yozib qo‘yadi. O‘quvchilar mustaqil ravishda shu so‘zlar ishtirokida hikoya tuzadilar.Hikoya qilish jarayonida o‘quvchilarning lug‘at boyligi ortishi bilan birgalikda, gaplarni to‘g‘ri tuzish, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish va mustaqil fikrlash malakasi shakllanadi. Bu o‘yindan darslarda foydalanish orqali ijodiy matnlar yaratishga o‘rgatish mumkin. “Davom ettir” o‘yini ham o‘quvchilarda ijodkorlik, izlanuvchanlik qobiliyati rivojlantirilib, bayon yoki esse kabi ijodiy ishlar yozish malakasi rivojlanadi va so‘z boyligi ortadi. Bundan tashqari, ularda mustaqillik, o‘z kuchiga ishonch hissi rivojlanadi.

Download 43.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling