Fikrlash malakalarini rivojlantirishda oiladagi kitobxonlik va ajdodlar merosining o‘rni


Download 43.41 Kb.
bet3/9
Sana23.01.2023
Hajmi43.41 Kb.
#1112606
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3. Ifodali o‘qish. Ifodali o‘qish va hikoya qilib berish bolalarni mustaqil o‘qishga tayyorlashdagi dastlabki bosqich hisoblanadi. Bu jarayonni yanada samarador qilish uchun ifodali o‘qiyotgan yoki ta’sirchan tarzda so‘zlab berayotgan asarning eng qiziq joyiga kelganida to‘xtatib, davomini so‘zlab berishni bolalarning o‘ziga topshirish mumkin. Bu yo‘l bilan ham ularni mustaqil o‘qishga jalb etish, kitobga qiziqtirish mumkin. Ifodali o‘qishni avval ota-onalar olib borsa, keyinchalik esa bu mashg‘ulot bolalarning o‘ziga topshirilsa, kitobdan olinadigan zavq, his-hayajon umumlashadi, kollektiv ravishda tarbiyalash-tarbiyalanish vujudga keladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ifodali o‘qishni tashkil etishda xalq og‘zaki ijodi namunalari – ertaklar, hikoyalarga keng o‘rin ajratish joiz. Bunday asarlar yosh kitobxonlarni sirli tomonlari bilan o‘ziga tortadi va shuning vositasida ular tarbiyasiga kuchli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, “Bulbuligo‘yo”, “Badal qaroqchi”, “Uch og‘ayni botirlar”, “Sehrli olma” va boshqa xalq ertaklarini kichkintoylar sevib, berilib tinglaydilar. Bundan tashqari, ifodali o‘qish uchun A.S. Pushkinning “Baliqchi va baliq haqida ertak”, “Shox sulton”, Abdulla Avloniyning “Hikoya”, “Masal”, H.Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor”, “Semurg‘”, chet el yozuvchilardan Sharl Perroning “Qizil shapkacha”, aka-uka Grimmlarning “Bir hurmacha shavla”, G. Andersenning “Dyumachaxon”, “No‘xat ustidagi malika” asarlarini ham tanlash maqsadga muvofiqdir.
4. Suhbat. Oilada kitob o‘qishni uyushtirish yo‘llaridan yana biri kitoblar haqida samimiy suhbatlashishdir. Suhbat, odatda, ifodali o‘qishdan oldin yoki keyin bola kitobni mustaqil o‘qiganidan so‘ng olib boriladi. Kichik yoshdagi bolalar, ayniqsa, “Zumrad va Qimmat” ertagini sevib o‘qiydilar. Chunki ertakning mazmuni xalqchil, ma’nosi chuqur, teran, qiziqarli. Hozirgi ayrim qizlarning fazilati va ba’zilarining nuqsonlariga hamohang, ibratli voqea tiniq ko‘rsatib berilgan. Lekin, bu ertak mustaqil o‘qilgan bo‘lsa-da, uni yana bir bor oila davrasida o‘qib, bolalarning muhokama qilishiga yordamlashmoq kerak. Suhbat ota-ona tomonidan hazil-mutoyiba shaklida olib boriladi. Ertakning tarbiyaviy tomoniga doimo urg‘u berishni unutmaslik lozim. Xullas, shu kabi ertak va hikoyalar tavsiya etiladi va ular ham yuqorida aytib o‘tganimizdek, suhbat orqali tahlil qilinadi. Har bir o‘qilgan material oila davrasida muhokama qilib borilishi yoki hech bo‘lmaganda bu to‘g‘rida suhbat uyushtirilishi zarur. Muhokama jarayonida suhbatlar rasmiyatchilikka aylanmasligi kerak. Odatda, oila davrasidagi suhbatlarning maxsus
saboq berishga asoslanishi, ezmalik qilish, buyruq, talab ohangida so‘zlash bolalar tomonidan o‘qilgan materialning tarbiyaviy ta’sirchanligini kamaytiradi. [9,56] Shu bois o‘qilgan asar muhokamasi erkin suhbat bo‘lishi, munozaraning samimiylik kasb etishiga diqqat qaratilishi kerak. Agarda bu kabi suhbatlar biron-bir uy yumushi bilan bog‘liq ravishda yoki oila a’zolaridan biri aytgan fikr bahonasida “bexosdan boshlanib ketguday” bo‘lsa, u yanada samara beradi.
5. O‘yin. Kichik yoshdagi bolalarni kitobxonlikka o‘rgatishda o‘yinning ahamiyati ham katta. Bolalarga o‘yin orqali ko‘p narsani o‘rgatish mumkin. O‘yin metodini oilada, avvalo, topishmoqlar, she’rlar aytishdan boshlash kerak. Bolalar o‘qigan kitoblaridagi qahramonlar holatlarini o‘yin, xatti-harakatlari orqali ko‘rsatishlari mumkin.

Download 43.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling