Soibjon begmatov bastakorlar


Alisher Navoiyning «Holoti Pahlavon Muhammad» asari


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/43
Sana08.05.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1446912
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43
Bog'liq
bastakorlar ijodi

Alisher Navoiyning «Holoti Pahlavon Muhammad» asari
Alisher Navoiy o‘zining «Holoti Pahlavon Muhammad» asarida 
inson qudratining nimalarga qodirligi, iste’dod negizida mehnat 
qilib, saboq olib, tinmay intilish orqali qanday marralarga erishish 
mumkinligini bir inson hayoti, ya’ni o‘z do‘stining hayoti misolida 
ochib berganligining guvohi bo‘lamiz. Navoiy nazmida insonning 
kamolotga erishishida, barcha hayotiy kechinmalar, kasb va 
mashg‘ulotlar kabi, musiqaning o‘rni buyuk ekanligiga katta urg‘u 
beradi. Bastakorlik ijodiyotini zamonasining qahramoni Pahlavon 
Muhammadning ijodi asosida yoritadi. 
Pahlavon Muhammad o‘z davrining yirik namoyandasi
madaniyat arboblaridan biri bo‘lgan. Alisher Navoiy bu insonni 
o‘zining ustozi deb bilgan, ular 40 yil davomida bir-birlari bilan 
yaqin do‘st bo‘lgan. Pahlavon Muhammad vafotidan so‘ng, Alisher 
Navoiy uning xotirasiga bag‘ishlab «Holoti Pahlavon Muhammad» 
risolasini yozadi. 
Shoir risolada o‘zining do‘sti va murabbiysining barcha ibratli 
jihatlarini go‘zal obrazlar orqali ifoda etgan. Xususan, u Pahlavon 
Muhammadning musiqa sohasidagi ijodi borasiga alohida urg‘u 
berib o‘tadi. Musiqa san’atining inson ma’naviy dunyosida muhim 
ahamiyatga egaligini aynan do‘sti va ustozi deb hisoblagan 
Pahlavon Muhammad ijodi orqali izohlab beradi. Xususan, Navoiy 
yozadi: «Ul jumladin advor
1
va musiqiy ilmidurkim, chun lahjasi va 
husni savti xo‘b ekandur va usuli mazbut va harakoti va sakanoti 
marg‘ub. Ul daqiq fanda ko‘shish va sa’y ko‘rguzub, daxli tom va 
1
Advor – doiralar, musiqa nazariyasi masalalarining tizimli joylashuvi.


19
mahorati molokalom topib erdi va dilkash naqsh
1
lar va amal
2
lar va 
dilpisand qavl
3
lar va g‘azallar tasnif qilur erdi va xo‘b aytur erdi. 
Andoqki, eshitgan xavos va avom xushhol bo‘lmoqda beixtiyor va 
o‘rganmoqda beqaror erdilar»
4

Ya’ni Navoiy Pahlavon Muhammadning musiqa san’atining 
turli tarmoqlarida, musiqashunos sifatida ilmli, bastakorlikda 
samarador va ijrochilikda mohirlik bilan faoliyat olib borgan, ijod 
etgan va muayyan bilimlarga ega bo‘lgan shaxs sifatida e’tiborga 
loyiqligini bayon etadi. Pahlavon Muhammadning advor ilmida 
ilg‘orligi, uslubiyot (metodika) nuqtayi nazaridan idroklay olishi 
hamda bunga nisbatan harakati samarali ekanligini Navoiy uqtirib 
o‘tadi. 
Musiqa nazariyasini idroklash fanni bilishga intilish demakdir. 
Fanni bilish uni idroklash demakdir. Musiqa ilmini bilish, bundan-
da ko‘proq amallarni bilish uchun asos bo‘la olishiga urg‘u beradi. 
Pahlavon Muhammadning bastakorlik, xonandalik sohasidagi ibratli 
harakatlari ta’rifini keltiradi. Xususan, «Dilkash naqshlar va amallar
va dilpisand qavllar...» kabi bir jumla bilan uning bastakorlik 
mahoratini ochib beradi. 
Pahlavon Muhammadning bastakorlik ijodiga bergan ta’rifi ichida 
«Mashhur amallaridan biri «chahorgoh» amalidur...» – deb keltirgan 
ma’lumoti mavjud. Bu bilan Navoiy, Pahlavon Muhammadning 
bastakorlik faoliyatidagi ijodining yorqin namunalaridan biri 
«Chahorgoh», ya’ni «Chorgoh» asari deb ta’kidlaydi. 
Shu bilan birga Alisher Navoiy «Holoti Pahlavon Muhammad» 
asarida musiqa fani, ijrochiligi va ijodiyotida mashhurlikka yetishgan 
ustozlar xususida ma’lumotlar keltirib, bu bilan ustozlarning ijodi 
doimo zamon tafakkuri uchun ibrat bo‘lishini, ta’limda esa o‘rnak 
1
Naqsh – musiqiy asar – kuy, qo‘shiq.
2
Amal – musiqiy asar – kuy, ashula, ohang.
3
Qavl – musiqiy asar – so‘z, gap, musiqaga solingan she’r.
4
A. Navoiy. Holoti Pahlavon Muhammad. – T., 2015. 111-b.


20
ekanligini uqtirib o‘tadi. Alisher Navoiy ushbu ustozlar Hirot 
madaniy hayotining faol ishtirokchilari, shoir, bastakor va sozandalari 
bo‘lganliklari xususida, ularning bastakorlik ijodiyotlarini keltirgan 
holda o‘zining «Majolis un-nafois» kitobida ham alohida to‘xtalib 
o‘tgan. 

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling