Soibjon begmatov bastakorlar


Abul Faraj al-Isfahoniyning «Qo‘shiqlar kitobi»


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/43
Sana08.05.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1446912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
bastakorlar ijodi

Abul Faraj al-Isfahoniyning «Qo‘shiqlar kitobi»
Abul Faraj al-Isfahoniy Eronning janubida joylashgan Isfahon 
shahrida 897-yili tavallud topgan. 
Abul Faraj al-Isfahoniy butun o‘zining ijodida bir qator sohalarda 
ilmiy izlanishlar olib borgan. Xususan, tibbiyot, tarix, falsafa, 
geografiya, astronomiya va musiqa bo‘yicha 30 dan ortiq risolalar 
yozib qoldirgan. Faoliyati davomida musiqaga bag‘ishlangan 7 ta 
risola yozgan. Ularning ichida eng mashhuri «Qo‘shiqlar kitobi» 
(«Kitab ul-ag‘ani») deb nomlangan bo‘lib, oldin yaratgan 6 ta kitobga 
kirgan ma’lumotlarning aksariyatini qamrab olgan. 6 ta musiqa 
haqida kitoblarining nomlari quyidagicha: «Faqat qo‘shiqlar haqida 
kitob», «Tinglash haqida kitob», «Xonandalar kitobi», «Mashhur 
xonandalar haqida kitob», «Kuy haqida kitob» va «Ashulalar haqida 
kitob». 
Abul Faraj al-Isfahoniy ushbu risolani o‘zidan oldin yashab 
o‘tgan bastakor va ijrochi Is’hoq Mavsuliy kitobiga asoslanib 
yozadi. Qo‘shiqlarni o‘tmish xonandalar talqinlaridagi rivoji va 
o‘zgarishlari, turli ijro maktablari va uslublaridagi ijrosini VII–X 
asrlar mobaynidagi rivoji kesimida ko‘rsatib beradi. Risolada, 
asosan, arablar musiqiy estetikasi, musiqaning ahamiyati keng 
yoritilgan. Risola tarkibidan o‘rin olgan qo‘shiqlarda arablar, ya’ni 
ko‘chmanchi badaviylarning qo‘shiqlari, xalifalarni madh etuvchi 
marsiyalar, diniy-dunyoviy musiqalar o‘rin olgan. 
«Qo‘shiqlar kitobi»da musiqaning nazariy masalalari yoritilmagan, 
aksincha, asosan, amaliy jarayon ifoda etilgan. Risola 8 bobdan 
iborat. Har bir bob o‘z tarkibiga bir nechta qismni qamrab olgan. 


13
Ular asosan ocherklar ko‘rinishidadir. Kitob tarkibidagi qo‘shiqlar 
uch guruhga bo‘lingan: 
– birinchisi: quvnoq, harakatga ega bo‘lgan qo‘shiqlar; 
– ikkinchisi: nazokatli, nozik, ma’yus, xijronli kayfiyatni 
tarannum etuvchi qo‘shiqlar; 
– uchinchisi: mumtozlik uslubiga yaqin bo‘lgan qo‘shiqlar. 
Ularni ijro etish uchun ijrochida yetarli darajada malaka bo‘lishi 
talab etilgan. 
Risolada arab xalqlarining musiqa madaniyati rivoji qo‘shiqlar 
misolida berilgan bo‘lib, eng muhimi, kasbiy musiqaning rivoji 
xususida tartibli ilmiy-amaliy ma’lumotlar bayon etilgan. 

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling