Soibjon begmatov bastakorlar


 XORAZM BASTAKORLIK MAKTABI


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/43
Sana08.05.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1446912
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43
Bog'liq
bastakorlar ijodi

2.3. XORAZM BASTAKORLIK MAKTABI
O‘zbekistonning yirik va o‘ziga xos vohalaridan biri
 Xorazmdir. 
Ushbu voha o‘zining qadimiyligi, azaldan madaniyat markazlaridan 
biri bo‘lganligi, yuksak san’at namunalariga egaligi va albatta, o‘z 
lokal jihatlari bilan alohida o‘rin tutib kelgan. Bunga X asrda Xivada 
faoliyat olib borgan Ma’mun akademiyasini yorqin misol sifatida 
ko‘rsatish mumkin. Ushbu vohada bir qator allomalar yashab ijod 
etgan va o‘z ijodlarida musiqa ilmiga ham katta e’tibor qaratgan. 
Jumladan, Abu Abdulloh al-Xorazmiyning «Mafotix ul-Ulum» 
risolasi bunga misol. XIX asrga kelib Xorazm tanbur chizig‘ining 
yaratilishi musiqa san’ati sohasining yangi sahifasini ochib berdi. 
Musiqa bilimdoni Komil Xorazmiy tomonidan tanbur chizig‘i 
ixtiro qilinib, Xorazm maqomlari va Xorazm dutor maqomlari 
notaga olindi. Xorazm musiqasining tarixiy, nazariy jihatlari aks 
etgan «Xorazm musiqa tarixchasi»
1
(Mulla Bekjon Rahmon o‘g‘li, 
Muhammad Yusuf Devonzoda) yaratildi. 
Tarixdan Xorazm vohasi o‘ziga xos ijro uslubi bilan boshqa 
vohalardan ajralib turadi. Bunda vohada ommalashgan musiqiy 
cholg‘ular, cholg‘u va aytim yo‘llarining lokal xususiyatga egaligi 
ahamiyatlidir. Xorazm musiqa merosi, har biri alohida yo‘nalish 
bo‘lgan hamda rivojlanish jarayonida bir-biri bilan uyg‘unlikda 
1
Mulla Bekjon Rahmon o‘g‘li, Muhammad Yusuf Devonzoda. Xorazm 
musiqa tarixchasi (M., 1925). – T., 1998. 


66
shakllanib rivojlangan uch tarmoq, ya’ni xalq musiqasi, dostonchilik 
yo‘llari va maqom san’atini tashkil etadi. 
Xorazm xalq musiqa merosi boy an’analarga ega bo‘lib, xalqona 
kuy, qo‘shiq va laparlari bilan boshqa vohalardan ajralib turadi. 
Xorazm vohasining barcha musiqiy sohalariga o‘z ta’sirini o‘tkazgan 
doston yo‘llari esa o‘zining salobatliligi, ijroviy jihatlariga egadir. 
Dostonlar, odatda, qadimda ko‘chmanchi va o‘troq xalqlar ijro 
amaliyotida shakllanadi. Bu ham badiiy ijodning bir ko‘rinishi. 
Dostonlar tarixdan xabar beruvchi xalqning og‘zaki (keyinchalik 
yozma) ijodiyotidir. Xorazmda doston ijrochiligi juda keng 
ommalashgan va shunga qarab uning ijrochilari ham xalq orasida 
o‘z mavqelariga ega. Xalq tomonidan ardoqlanib, ko‘p xususiyatga 
egaligini nazarga olib ularni «baxshi» deb yuritiladi. 
Xorazm doston ijrochiligida dong taratgan baxshilar ko‘p. 
Jumanazar baxshi, Bola baxshilar shular jumlasidandir. 
Bola baxshi nomi bilan el orasida dovrug‘ topgan doston ijrochisi 
Qurbonnazar Abdullayevdir.

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling