Soibjon begmatov bastakorlar


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/43
Sana08.05.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1446912
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43
Bog'liq
bastakorlar ijodi

 S. Xudoyberganov. So‘z va soz sohibi. – T., 2007. Ushbu risola 
Komiljon Otaniyozovning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan bo‘lib, yaratgan 
qo‘shiqlarining aksariyati nota namunalarida berilgan.


74
ijrochilik an’analari hamda merosini o‘zlashtirishida rahnamolik 
qiladi. Ustozidan tez orada «Navo», «Segoh», «Rost», «Dugoh» 
kabi Xorazm maqomlarining nazariy, amaliy va ijroviy jihatlarini 
mohirlik bilan o‘zlashtirib oladi. Ustozlar Hojixon Boltayev va 
Madrahim Sheroziylar bilan birgalikdagi ijrochilik faoliyatlari 
davomida maqomlarni yanada yuksak darajada ijro etish
yo‘llarini o‘zlashtiradi. Ayniqsa, Xorazm maqomlaridagi «Dugoh» 
maqomini o‘ziga xos ohanglarda ijro etib ustozlar nazariga 
tushadi. 
Komiljon Otaniyozov o‘z ijrochilik faoliyatida yurtimizning 
boshqa vohalariga mansub ijrochilik an’analariga ham sadoqatli 
munosabatda bo‘lgan san’atkordir. U Farg‘ona-Toshkent ijrochilik 
maktablarida dong taratgan ustoz san’atkorlar bilan yaqindan 
munosabatda bo‘lganligini e’tirof etish lozimdir. Ayniqsa, Mulla 
To‘ychi Hofiz, Yunus Rajabiy, Jo‘raxon Sultonov, Ma’murjon 
Uzoqov va Akbar qori Haydarov kabi ustoz hofizlarning ijodiga 
bo‘lgan munosabati va ulardan olgan ijodiy saboqlari Komiljon 
Otaniyozovga o‘z ta’sirini namoyon etadi. Ustozning ijrochilik 
uslubi Farg‘ona – Toshkent musiqa an’analariga xos xususiyatlar 
bilan boyidi.
Komiljon Otaniyozov musiqa ijodkorligi sohasida 100 dan 
ortiq kuy va qo‘shiqlar yaratdi. Turli mavzularga bag‘ishlangan 
uning bastakorlik mahsuli juda keng va rang-barangdir. U o‘zining 
faoliyatida
mumtoz shoirlar ijodiga bo‘lgan munosabati beqiyos 
edi. Sa’diy, Hofiz Sheroziy, Navoiy, Ogahiy, Mashrab, Fuzuliy she’r 
va g‘azallari, Maxtumquli, Kamina va Mullanafasning hikmatlariga 
bastalagan qo‘shiqlari o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Uning 
zaminida she’riyatga bo‘lgan iste’dodini namoyon etadi va albatta, 
e’tiborga loyiqlik tomonlari ham mavjud. Komiljon Otaniyozov 
avvaliga «Komiy», keyinchalik «Komil» taxallusida bir qator 
she’rlar bitadi.


75
Komiljon Otaniyozovning ijrochilikdagi mohirligi, so‘z 
tanlashdagi zukkoligi, ijro repertuarining rang-barangligi, xalq qo‘shiq 
va dostonlarga munosabatlari hamda ulardan yangi asarlar yaratish 
qobiliyatining o‘tkirligi, doston ijrochiligida novatorligi, maqomlar 
ijrosida o‘zining bilimdonligini namoyish etishi va xalqqa yaqin 
holda talqin etishi, xalqimizga ko‘pdan ko‘p qo‘shiq va ashulalarni 
yaratib meros qilib qoldirgani, o‘zbek musiqa ijrochiligida o‘zining 
go‘zal uslubini yaratib qoldirgani, barcha-barchasi Komiljon 
Otaniyozovning ijodi yoshlar uchun ibrat deyishga asos bo‘ladi. 
K. Otaniyozovning qator asarlari xalq ijrochilik amaliyotida
keng ommalashgan. Barcha voha xonandalarining repertuaridan joy 
olishi bilan birga, yoshlarning qiziqib o‘rganadigan asarlari qatori-
dan o‘rin olgan.

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling