Soibjon begmatov bastakorlar


Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois» asari


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/43
Sana08.05.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1446912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43
Bog'liq
bastakorlar ijodi

 Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois» asari
«Majolis un-nafois»
1
(«Nafis majlislar») – Alisher Navoiyning 
tazkira-yirik to‘plam (antologiya) janrida yaratgan asarlaridan biri 
bo‘lib, unda 459 ta zamondosh shoir, yozuvchi va olimlar, musiqa-
shunos, sozanda, xonanda va bastakorlar ijodi xususida ma’lumotlar 
bayon etilgan. Asar 8 qism, ya’ni majlisdan iborat. Har bir maj-
lis muayyan ijod ahligi bag‘ishlangan. Tazkiraning uslubiga binoan 
Navoiy har bir keltirilgan namoyandaning bilim darajasi, axloqi, 
dunyoqarashini tasniflaydi va ijodidan namuna keltiradi. Shu bilan 
birga, ayniqsa, madaniyat va san’at ahlining ijodiga ijobiy va tan-
qidiy fikrlarini ham bayon etib o‘tadi.
Tazkirada Alisher Navoiy musiqa san’atining turli sohalarida 
faoliyat yuritgan 16 nafar shaxslar ijodida ta’rif beradi. Bu od diy 
ta’rif emas, balki san’at namoyandalarining ijodiga Navoiyning 
o‘ziga xos baho ekanligini e’tirof etish lozimdir. Xususan, ularning 
musiqa san’atiga qo‘shgan ijodiy hissasini tavsiflab o‘tadi
2
:
1
Alisher Navoiy. Qomusiy lug‘at. Birinchi jild. – T., 2016. 
310–312-betlar.
2
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami (20 jildli). 13-j. – T., 
1997.


17
– zamonasidagi 6 ta mohir sozanda: Mavlono Qadimiy (naqqora-
chi); Muhammad Ali G‘aribiy (musiqa ilmidan xabardor va bir qa-
tor cholg‘ularning mohir sozandasi); Hoja Kamoliddin Udiy (so-
zanda – zamonasining xushnavozi); Ustod Qulmuhammad Udiy 
(sozanda – ud va g‘ijjak hamda qo‘biz cholg‘ularining mukammal 
bilimdoni, bastakor Mir Habibulloh (sozanda – ud); Boysung‘ur 
Mirzo (mohir sozanda)larning sozandalikdagi amallarini Navoiy 
alohida baholaydi;
– 7 ta musiqashunoslar: Hoja Abdulvafoiy Xorazmiy (musiqiy 
risola bitgan, advor va musiqa ilmidan xabardor); Mavlono Muham-
mad Jomiy (musiqashunos, musiqiy advor ilmida va musiqa ilmida 
mohir); Abdurahmon Jomiy (musiqashunos – musiqa ilmi bilimdoni); 
Mavlono Binoiy (musiqashunos – advorda risola bitgan); Mavlono 
Shayxiy (musiqashunos); Pahlavon Muhammad Go‘shtigir (musiqiy 
advor ilmida davrining benaziri); Hoja Abdulloh Sadr (Advor va 
musiqa ilmida benazir, qonun cholg‘usi ijrochiligi bo‘yicha tengsiz) 
kabilar o‘z davrida dong taratgan va shunga munosib musiqiy riso-
lalar bitganligini faxr bilan tilga oladi;
– 3 ta bastakor: Mavlono Sohib Balxiy (bastakor – advor va 
musiqa ilmida komil – Chahorgoh kuyining muallifi); Hoja Yusuf 
Burhon (musiqa ilmini yaxshi bilgan ustoz, o‘zining baytiga Isfahon 
kuyini bastalagan, musiqa ilmidan Navoiyning ustozi); Mavlono So-
limiy (sozanda – ud va tanbur cholg‘ularida mohir sozanda, mu-
siqada tasniflar bog‘lagan bastakor)larning ijodiga baho berar ekan, 
Navoiy ularni avvalambor musiqa bilimdoni, musiqa nazariyasini 
idroklay olgan musiqashunos va musiqa amaliyotini mohirlik dara-
jasida biluvchi sozanda bo‘lganliklarini alohida e’tirof etadi. Musiqa 
nazariyasi va amaliyotini bilgan har qanday san’atkor, bilimiga mos 
musiqa yaratishga qodir ekanligini, ushbu uchta musiqa bilimdonla-
rining ijodi misolida ko‘rsatib bergan.
Darhaqiqat, Alisher Navoiy o‘zining asarlarida musiqa san’atiga 
har tomonlama mukammal yondashganligi, ilmiy va amaliy 


18
jihatlarini yo‘nalishlarga xos yoritganligi va eng muhimi, jamiyat 
taraqqiyotida alohida o‘rin tutishini anglagan holda munosabatda 
bo‘lganligini qayd etish lozim.

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling