Soibjon begmatov bastakorlar
Alisher Navoiyning «Holoti Pahlavon Muhammad» asari
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
bastakorlar ijodi
Alisher Navoiyning «Holoti Pahlavon Muhammad» asari
Alisher Navoiy o‘zining «Holoti Pahlavon Muhammad» asarida inson qudratining nimalarga qodirligi, iste’dod negizida mehnat qilib, saboq olib, tinmay intilish orqali qanday marralarga erishish mumkinligini bir inson hayoti, ya’ni o‘z do‘stining hayoti misolida ochib berganligining guvohi bo‘lamiz. Navoiy nazmida insonning kamolotga erishishida, barcha hayotiy kechinmalar, kasb va mashg‘ulotlar kabi, musiqaning o‘rni buyuk ekanligiga katta urg‘u beradi. Bastakorlik ijodiyotini zamonasining qahramoni Pahlavon Muhammadning ijodi asosida yoritadi. Pahlavon Muhammad o‘z davrining yirik namoyandasi, madaniyat arboblaridan biri bo‘lgan. Alisher Navoiy bu insonni o‘zining ustozi deb bilgan, ular 40 yil davomida bir-birlari bilan yaqin do‘st bo‘lgan. Pahlavon Muhammad vafotidan so‘ng, Alisher Navoiy uning xotirasiga bag‘ishlab «Holoti Pahlavon Muhammad» risolasini yozadi. Shoir risolada o‘zining do‘sti va murabbiysining barcha ibratli jihatlarini go‘zal obrazlar orqali ifoda etgan. Xususan, u Pahlavon Muhammadning musiqa sohasidagi ijodi borasiga alohida urg‘u berib o‘tadi. Musiqa san’atining inson ma’naviy dunyosida muhim ahamiyatga egaligini aynan do‘sti va ustozi deb hisoblagan Pahlavon Muhammad ijodi orqali izohlab beradi. Xususan, Navoiy yozadi: «Ul jumladin advor 1 va musiqiy ilmidurkim, chun lahjasi va husni savti xo‘b ekandur va usuli mazbut va harakoti va sakanoti marg‘ub. Ul daqiq fanda ko‘shish va sa’y ko‘rguzub, daxli tom va 1 Advor – doiralar, musiqa nazariyasi masalalarining tizimli joylashuvi. 19 mahorati molokalom topib erdi va dilkash naqsh 1 lar va amal 2 lar va dilpisand qavl 3 lar va g‘azallar tasnif qilur erdi va xo‘b aytur erdi. Andoqki, eshitgan xavos va avom xushhol bo‘lmoqda beixtiyor va o‘rganmoqda beqaror erdilar» 4 . Ya’ni Navoiy Pahlavon Muhammadning musiqa san’atining turli tarmoqlarida, musiqashunos sifatida ilmli, bastakorlikda samarador va ijrochilikda mohirlik bilan faoliyat olib borgan, ijod etgan va muayyan bilimlarga ega bo‘lgan shaxs sifatida e’tiborga loyiqligini bayon etadi. Pahlavon Muhammadning advor ilmida ilg‘orligi, uslubiyot (metodika) nuqtayi nazaridan idroklay olishi hamda bunga nisbatan harakati samarali ekanligini Navoiy uqtirib o‘tadi. Musiqa nazariyasini idroklash fanni bilishga intilish demakdir. Fanni bilish uni idroklash demakdir. Musiqa ilmini bilish, bundan- da ko‘proq amallarni bilish uchun asos bo‘la olishiga urg‘u beradi. Pahlavon Muhammadning bastakorlik, xonandalik sohasidagi ibratli harakatlari ta’rifini keltiradi. Xususan, «Dilkash naqshlar va amallar va dilpisand qavllar...» kabi bir jumla bilan uning bastakorlik mahoratini ochib beradi. Pahlavon Muhammadning bastakorlik ijodiga bergan ta’rifi ichida «Mashhur amallaridan biri «chahorgoh» amalidur...» – deb keltirgan ma’lumoti mavjud. Bu bilan Navoiy, Pahlavon Muhammadning bastakorlik faoliyatidagi ijodining yorqin namunalaridan biri «Chahorgoh», ya’ni «Chorgoh» asari deb ta’kidlaydi. Shu bilan birga Alisher Navoiy «Holoti Pahlavon Muhammad» asarida musiqa fani, ijrochiligi va ijodiyotida mashhurlikka yetishgan ustozlar xususida ma’lumotlar keltirib, bu bilan ustozlarning ijodi doimo zamon tafakkuri uchun ibrat bo‘lishini, ta’limda esa o‘rnak 1 Naqsh – musiqiy asar – kuy, qo‘shiq. 2 Amal – musiqiy asar – kuy, ashula, ohang. 3 Qavl – musiqiy asar – so‘z, gap, musiqaga solingan she’r. 4 A. Navoiy. Holoti Pahlavon Muhammad. – T., 2015. 111-b. 20 ekanligini uqtirib o‘tadi. Alisher Navoiy ushbu ustozlar Hirot madaniy hayotining faol ishtirokchilari, shoir, bastakor va sozandalari bo‘lganliklari xususida, ularning bastakorlik ijodiyotlarini keltirgan holda o‘zining «Majolis un-nafois» kitobida ham alohida to‘xtalib o‘tgan. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling