Soibjon begmatov bastakorlar


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/43
Sana08.05.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1446912
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43
Bog'liq
bastakorlar ijodi

Ota Jalol Nosirov 
(1845–1928)
Buxoro maqomlarining bilimdoni, mohir 
tanburchi, zabardast hofiz Ota Jalol Nosirov 
1845-yili Buxoroda tavallud topgan. Otasi 
Nosir ota masjidda muazzinlik vazifasida 
ishlagan. Xalq musiqa merosi, ayniqsa, maqom 
sho‘balaridan xabardor kishi bo‘lgan. 
U yoshligidan musiqaga mehr qo‘yadi, kasb-
ni o‘rganish maqsadida davrining maqom bilim-
donlaridan biri, mashhur xonanda Tillaboy hofizga shogird tushadi. 
Ota Jalol ustozidan Shashmaqomning «Nasr» bo‘limiga tegishli 
bo‘lgan qismlarini o‘rganadi. 
Ota Jalol 20 yoshlarida saroy hofizligiga qabul qilinadi. U noyob 
iste’dodi hamda shirali ovozi bilan tez orada saroy ahli e’tiborini 
qozonadi. Shundan so‘ng uni saroy musiqachilarining boshlig‘i etib 
tayinlashadi. U o‘z davrining nufuzli maqom ustozlaridan bo‘lib 
yetishadi va Amir Muzaffarxon, Abdulahadxon va Olimxon saroy-
larida maqomchilar guruhiga rahbarlik qiladi. U faoliyati davomida 
mohir tanburchi va xonanda sifatida shakllanadi. Shashmaqomn-
ing cholg‘u va ashula yo‘llarini tartibli holda ijro etishga muyassar 
bo‘ladi. 
Ota Jalol Shashmaqomni ijro etish jarayonida unga ijodiy 
yondashadi. Uning faoliyatida ijodiy munosabatlar bo‘lganligi 
xususida ayrim manbalarda bayon etiladi. Xususan, «Segoh» 
maqomiga mos savt bog‘laydi va uni «Savti Jaloliy» deb nomlaydi. 
Bu borada A. Fitrat o‘zining «O‘zbek klassik musiqa va uning 
tarixi» risolasida quyidagi fikrlarni bayon etadi: «Segoh maqomida 
savt sho‘basi yoq edi. Mashhur musiqachi Ota Jalol tomonidan me-
ning tashviqim bilan 1922-yilda «Savt» bastalangan edi»
1

1
A. Fitrat. O‘zbek klassik musiqa va uning tarixi. – T., 1993. 24-b
.


36
Ota Jalol XX asrning 20-yillarida Buxoroda ochilgan «Sharq mu-
siqa maktabi»da faoliyat ko‘rsatadi. O‘z davrining nufuzli sozanda 
va xonandalariga maqom san’atini o‘rgatadi. «1923-yilda V.A. Us-
penskiy tomonidan Buxoro «Shashmaqom»i notaga olinishida ham 
keksa ustoz eng asosiy tayanch vazifasini bajargan. V.A. Uspens-
kiy «Shashmaqom» mushkilot va nasrlarini notaga ko‘chirishda Ota 
G‘iyos Abdug‘ani, Abdurahmon Tanburiy (Umarov), Domla Halim 
Ibodov, Ma’rufjon Toshpo‘latov kabi qator atoqli sozandalar ijro-
lariga asoslangan»
1

Buxoro «Shashmaqomi» 1924-yilda Abdurauf Fitrat tashabbusi 
ostida, Ota Jalol hamda Ota G‘iyos va V.A. Uspenskiylar bilan birga 
notaga ko‘chirilgan va «Olti musiqali poemalar» (Шесть музы-
кальных поэм) nomi bilan Moskvada nashr qilingan. 
Ota Jalol 1928-yili Samarqand shahrida ochilgan Musiqa va 
xoreografiya ilmiy-tadqiqot institutida ustozlik faoliyatini olib 
boradi. Bu dargohda u Halim Ibodov, Hoji Abdulaziz Abdurasulov, 
Shodi Azizov, Shonazar Sohibov kabi bir qator san’at arboblariga 
hamda taniqli kompozitorlar bo‘lmish M. Ashrafiy, M. Burhonov
T. Sodiqov, Sh. Ramazonov va boshqalarga saboq beradi. Ota Jalol 
Nosirov 1928-yilda 83 yoshida Samarqandda vafot etgan. 

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling