Soibjon begmatov bastakorlar


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/43
Sana08.05.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1446912
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43
Bog'liq
bastakorlar ijodi

Ota G‘iyos Abdug‘ani
(1859–1927)
Ota G‘iyos Abdug‘ani – Buxoro ijrochilik 
maktabining yorqin namoyandasi, mashhur 
tanburchi va musiqashunos. Faoliyati davomida 
«Shashmaqom»ning mushkilot bo‘limiga te-
gishli aksariyat kuylar ijrochiligini mukammal 
egallagan. Ota G‘iyos uzoq yillar davomida 
saroy sozandasi sifatida faoliyat olib borgan. XX 
1
O. Matyoqubov. Maqomot. – T., 2004. 291-b.


37
asrning 20-yillarida Buxoroda ochilgan «Sharq musiqa maktabi»da 
sozandalikdan ustozlik qiladi. Asosan «Shashmaqom» cholg‘u 
yo‘llaridan saboq bergan, tanbur chalishni o‘rgatgan. 
Ota G‘iyos ham 1923-yilda V.A. Uspenskiy rahbarlik qilgan 
«Shashmaqom»ning notaga yozib olinishida qatnashadi. U shu 
davrning taniqli hofizi Ota Jalol, maqom bilimdonlari Mirzanazrulloh 
Tanburiylar bilan birgalikda faoliyat olib boradi. Natijada notaga 
olingan Buxoro «Shashmaqom»i to‘plam bo‘lib, 1924-yili nashr 
etiladi. Ota G‘iyos o‘z davrida tanbur ijrochiligida o‘ziga xos 
maktabga asos soladi. 
Hoji Abdulaziz Abdurasulov
 (1852–1936)
Hoji Abdulaziz Abdurasulov XIX asr 
ikkinchi yarmi
– XX asr boshida yashab ijod 
etgan o‘zbek bastakorlik san’atining yorqin 
namoyandasi, betakror ovoz sohibi, xonanda va 
sozanda, mumtoz yo‘nalishda bir qator asarlar 
yaratgan bastakor. U Samarqandda tug‘ilgan. 
Yoshligidan samarqandlik usta tanburchi 
Hoji Rahimberdi qo‘lida tarbiya oladi. Xalq 
yo‘llari, ayniqsa, «Shashmaqom» tarkibidagi cholg‘u va ashula 
yo‘llarini qunt bilan o‘zlashtirib ijodiy barkamollikka yetishgan. 
Hoji Abdulaziz Abdurasulov dutor va tanbur ijrochiligida faoliyat 
olib borgan. Ayniqsa, dutor sozini mohirona cherta olgan va dutor 
ijrochiligida o‘zining shaxsiy ijro uslubiga ega bo‘lgan. Uning ovozi 
esa beqiyos tembrga, kuchli, shiddatli va eng muhimi, ta’sirchanlik 
xususiyatlariga ega bo‘lgan. «Shashmaqom» ilmini u Buxoroda 
mashhur san’atkor Ota Jaloldan o‘rganadi. 
Faoliyati davomida u zamonasining zabardast san’atkori, mohir 
sozanda, xonanda va beqiyos bastakori hamda bir qator taniqli 


38
shogirdlar tarbiyalagan ustoz darajasigacha yetadi. Uning yarat-
gan «Guluzorim» (A. Navoiy g‘azaliga Amiriy muhammasi), 
«Gullar bog‘i» (Nodira g‘azali), «Bebokcha» (A. Navoiy so‘zi), 
«Bozurgoniy» (Fuzuliy g‘azaliga Vola muhammasi), «Samarqand 
Ushshog‘i» (Zebuniso g‘azali) ashulalari mukammalligi, o‘ziga 
xosligi bilan ajralib turadi. Bastakorning «Tarannum», «Sayli Qa-
landariy» kabi cholg‘u kuylari esa aynan dutor ijro yo‘llarining 
yorqin namunasiga aylangan. Bastakorning yaratgan asarlari o‘zbek
musiqiy meros namunalariga aylanib, yosh avlodlar tomonidan 
katta ishtiyoq va mehr bilan o‘zlashtirilib ijro etib kelinayotgan-
ligini e’tirof etish lozim. 
Hoji Abdulaziz Abdurasulov musiqa bilimining o‘ziga xosligi, 
uning ijodidan o‘rin olgan asarlarida aks etgan. O‘zbek musiqa 
merosining qaysi janri yoki qaysi mahalliy uslubidan ta’sirlansa, 
ularga xos asarlar yaratishga erishgan. Uning «Bebokcha» asari 
Farg‘ona vodiysining yo‘nalishiga xos bo‘lsa, «Bozurgoniy» 
asari xorazmcha ohang-u sayqallarga boy, «Qurbon o‘zlan» 
Ozarbayjon mug‘omi uslubi asosida, «Guluzorim» esa haqiqiy 
Samarqand vohasining ijro an’analarini o‘zida jo etganligi bilan 
qadrlidir. 
«Guluzorim» ashulasining shakli va rivojlanish tizimi maqom 
yo‘llariga xosdir. Buni biz kuy tuzilishi, lad va usul tizimida 
ko‘rishimiz mumkin. Asar maqomlarga xos (re) miksolidiy ladida 
yozilgan. O‘lchov-ritmik asosi esa 3/4 o‘lchovidagi mumtoz 
usulga asoslagan. Usulning o‘zi asarga ko‘tarinkilik baxsh etadi. 
Ehtiros va joziba nuqtayi nazaridan asarning sur’atiga qarab ba-
dihaviy yondashish imkoniyatlari mavjudligini qayd etish mum-
kin. 
Asarning daromad qismida maqom ashula yo‘llariga xos 
barcha asosiy jihatlarga asoslanganligi namoyon. Asarda mavzusi 
ko‘rinishida, bastakorning xalqona uslubga xos original ohang 
yaratganligini ko‘rish mumkin. 1-misol:


39
Asarda shakliy bosqichma-bosqich rivojlanish tamoyili ham 
saqlangan va eng muhimi, bastakor maqom ijodkorlarining 
an’analariga xos avj tizimini qo‘llagan. Unda nihoyatda zargarona 
uslubda «Zebo Pari» avji qo‘llanilganligining guvohi bo‘lamiz. 
Bastakor maqom an’analarini mumtoz ashula ijodiyotida erkin 
qo‘llash mumkin ekanligi ustalik bilan ko‘rsatib o‘tgan. 2-misol:


40

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling