Soibjon begmatov bastakorlar
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
bastakorlar ijodi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faxriddin Sodiqov (1914–1977)
M.M. .=76–80
K. Jabborov misiqasi «Yetmasmidim» ashulasi zamonaviy jarayonda, maqom ijrochiligi bo‘yicha tarbiyalanayotgan har bir xonandaning ijro repertuaridan o‘rin olgan asardir. Bastakorning «Tokay» asari esa boshqalariga nisbatan sodda, diapazon jihatdan qisqaroq bo‘lib, bir oktava oralig‘ini qamrab oladi. Ushbu asar oddiy uch qismli namuna shaklida ijod etilgan va o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Daromad qismida asarning asosiy mavzusi lad asoslari va metro-ritmik jihatlar negizida o‘zini namoyon etadi. 18-misol: M.M. .=48–52 95 Komiljon Jabborovning mumtoz uslubdagi asarlari musiqa ijodiyotining yorqin namunalari sifatida meros qatoridan o‘rin olgan. U asari uchun qaysi shaklni tanlamasin, bastakorlik uslubining xarakterli jihatlari negizida go‘zal ifodasini topganligini kuzatish mumkin. Bastakor nafaqat mumtoz shoirlarning ijodiga, balki zamondosh shoirlarning she’rlariga ham bir qator qo‘shiqlar yaratishga muyassar bo‘lgan. «Birma-bir», «Ko‘rgim kelar» (Turob To‘la), «Toza Lutf», «Shifokorlar», (Po‘lat Mo‘min), «Kel» (E’tibor Oxunova), «Sevgi otashi» (E.Vohidov) qo‘shiqlari shular jumlasidandir. Faxriddin Sodiqov (1914–1977) Ustoz san’atkor, mohir sozanda va bastakor Faxriddin Sodiqov 1914-yilning 13-may kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Yoshligidan dutor va chang cholg‘u ijrochiligi sirlarini o‘rgangan. Ustozlari Nug‘mon qori Mo‘minzoda va Abdusoat Vahobovlar bo‘lishgan. Toshkent musiqa texnikumida tahsil olib, uni 1933- yili tugatgan. O‘zining ijrochilik faoliyatini 1930-yillardan boshlagan. Ijrochilik faoliyatini avvaliga to‘garak rahbari, so‘ng yakkanavoz, ansambl sozandasi sifatida olib boradi. 1931–1935-yillar davomida 96 O‘zbek davlat musiqali teatrida, 1935–1938-yillarda O‘zbekiston davlat filarmoniyasida sozanda bo‘lib ishlaydi. 1939-yili Lutfixonim Sarimsoqova va Yunus Rajabiylar rahnamoligida dutorchilar ansamblida faoliyat yuritadi. 1942–1945-yillarda Gavhar Rahimo- va rahbarligidagi konsert brigadasida musiqa rahbari lavozimida ishlaydi. 1946–1952-yillarda Toshkent davlat konservatoriyasida chang sinfi bo‘yicha saboq oladi. Faxriddin Sodiqov musiqa merosi sir-u sinoatlarini yaxshi idroklash zaminida, musiqa ijodiyotiga ham qadam qo‘yadi. Ijodiy jamoalarda faoliyat olib borish jarayonida uning ilk bastakorlik amallari yuzaga keladi. Faxriddin Sodiqov juda zehni o‘tkir, zukko sozanda bo‘lgan. Xonandalarning ichki tabiati, ovoz imkoniyatlari va ijrochilik tajribalari negizida xonandaga mos asarlar yaratishga muvaffaq bo‘ladi. F. Sodiqov 1947–1953, 1957–1961-yillarda O‘zbekiston Ra- diokomiteti xalq cholg‘u ansamblida changchi, 1953–1957-yillarda O‘zbek estrada ansambli, 1961-yildan O‘zbekiston radiosi qoshidagi maqom ansamblida musiqa rahbari sifatida ishlaydi. Ijrochilik va bastakorlik ijodini Faxriddin Sodiqov 1972-yildan boshlab pedagogik faoliyat bilan birga olib boradi. U Toshkent davlat konservatoriyasi qoshida tashkil etilgan «Sharq musiqasi» kafedrasida ish boshlaydi. Ushbu dargohda u chang, dutor cholg‘ulari hamda maqom ansambli bo‘yicha talabalarga maqom ijrochilik san’atidan saboq beradi. Faxriddin Sodiqov bastakor sifatida zamonasining ilg‘or bastakorlari va kompozitorlari bilan yaqindan ijodiy hamkorlik qiladi. U kompozitorlar B. Giyenko bilan «Ota o‘g‘li» (H. Sharipov pyesasi), S. Hayitboyev bilan «Sulton larzada» (V. Sa’dulla pyesasi) kabi musiqali dramalar, bastakor G‘. Toshmatov bilan hamkorlikda «Yangi Toshkent» syuitasi kabi yirik musiqa asarlarini yaratdi. Faxriddin Sodiqov, avvalo, zabardast bastakordir. Uning ijodida qo‘shiq janri alohida o‘rin tutadi. Qo‘shiqlarining aksariyati xalqona 97 uslubda, qo‘shiq, ashula va yalla shakllarida yozilgan. Bular: «Yurgil lola sayliga», «Jonim tasadduq», «Zuhraga», «Parvonasiman», «Vafodor», «Loaqal», «Ulug‘ ayyom», «Ishq», «Jonon ko‘rinur», «Savti miskin», «Sog‘inish», «Qora ko‘z», «O‘zbekistonim mening», «O‘zbek valsi», «O‘zbekiston», «Favvora», «Turnalar», «Zulayho bo‘lsang», «Subhidam», «Yangi yil taronasi», «Kechar yillar», «Ona», «Bir go‘zal», «Shirmonoy», «O‘yna gulim», «Baxt», «Hayosini ko‘ring», «Zebixon», «Zulfing», «Suvchi qizga», «Shodiyona», «Ishqim tushdi yor-yor», «Guliston qil», «Oydin kechada», «Tushmasin», «Farzand quvonchi», «Saodatim», «Gul ishqi», «To‘yona», «Paxtakor ayol», «Barno yigit» va boshqalar. Qayd etish joizki, musiqa merosimizdan o‘rin olgan musiqiy namunalar avlodlar e’tirofiga sazovor bo‘lishi lozim. Shundagina yaratilgan asar avlodlar tomonidan qayta-qayta davom ettiriladi. Faxriddin Sodiqovning ijodiy namunalari ham ana shunday originallik xususiyatiga egaligi bilan mumtoz musiqa merosimiz xazinasidan o‘rin olishga muyassar bo‘ldi. Buning ijobatini biz hozirgi zamon yosh avlod xonandalarining bastakor merosiga befarq emasligida va uning asarlari o‘z an’anasini saqlagan holda, zamonaviy talqinlar bilan rivojlanib borayotganlida ko‘ramiz. Faxriddin Sodiqov o‘zining sozandalik faoliyati va bastakorlik ijodi bilan o‘zbek musiqa san’atiga ulkan hissa qo‘shdi. Ijrochilik amaliyotida esa har tomonlama mukammal, milliy an’analar bilan sug‘orilgan o‘ziga xos betakror ijro uslubini yaratdi. Uning yaratgan asarlarining o‘ziga xosligi, ushbu uslubga mosligidadir. O‘zbek bastakorlik ijodiyotida shu davrda yaratilgan musiqiy namunalar orasida Faxriddin Sodiqovning asarlari alohida ajralib turadi. Ijrochilik amaliyotida zamonga moslashib kelayotgan asarlar qatoridan o‘rin olib kelmoqda. Musiqa ijrochilik amaliyotida keng ommalashgan «Ko‘rsatmagan», «Bir go‘zal bordir», «So‘lim bahor», «Ey, sohibi dil», «Ey, chehrasi tobonim», «Zulayho bo‘lsang» kabi bastakorning asarlari 98 yuqorida zikr etgan fikrimizning dalilidir. Har bir asar o‘ziga xos shakl, mazmun va jozibaga ega bo‘lishi bilan birga bastakorning tub uslubini namoyon etib turadi. Bu omil har bir asarning asosiy mavzusining o‘zida va talqinida ko‘rinib turadi. Jumladan, «Bir go‘zal bordir» qo‘shig‘i. 19-misol: Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling