Soibjon begmatov bastakorlar
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
bastakorlar ijodi
Surxondaryo-Qashqadaryo vohalarining mahalliy musiqiy
an’analarida doston va termalar ijrochilik an’analari alohida o‘rin egallagan. Farg‘ona-Toshkent vohasining musiqiy an’analari ham boy va keng qamrovlidir. Ushbu vohaga maqomlarga xos bo‘lgan turkum- lardan ashula va cholg‘u turkumlari xosdir. «Toshkent-Farg‘ona maqom shakllariga Bayot, dugoh husayniy, Chorgoh va Shahnozi- 1 I. Rajabov. Maqomlar. – T., 2006. 150-b. 30 gulyor kiradi» 1 – deb bayon etgan I.Rajabov. Shu bilan birga I.Rajabov, «Shashmaqom» tarkibidagi maqomlar asosida yaratil- gan «Nasrulloiy», «Ajam», «Miskin» kabi Farg‘ona-Toshkent ijro an’analarida mavjud ko‘plab turkumli asarlar maqomlarga xosligini e’tirof etib o‘tgan. Farg‘ona-Toshkent maqomlari bilan bir qatorda, katta ashula hamda maqom yo‘llariga xos cholg‘u musiqasi rang-baranglikda shakllangan. Farg‘ona vodiysi Marg‘ilon, Qo‘qon, Andijon, Na- mangan maktablari, maqom va katta ashula uslublariga xos lokal zonalarga boyligi bilan ajralib turadi. O‘zbek bastakorlik ijodi, albatta, vohalarning o‘ziga xos lokal xususiyatlari asosida shakllanib rivojlanganligi doimo e’tirof etiladi. Buni faqat bitta doira usulining o‘zida ham ko‘rish, anglash va idrok qilish mumkin. O‘zbek ijro amaliyotida musiqaning o‘lchov-ritmik jihatini ta’minlab turadigan usullar turli va rang-barangdir. Faqat- gina, Usto Olim Komilov zikr etgan «Katta o‘yin» usullar turkumi- ning o‘zida 49 ta xilma-xil usul mavjud. Xalq ijrochilik amaliyotida, faqat «Ufor» usulining 30 ga yaqin turlari qo‘llanilib kelinadi. Le- kin, har bir mahalliy uslubning ufor usulidagi ritmik shakli va talqin uslubi mavjud. Xorazm ufori Buxorocha ufori Farg‘onacha ufori 1 I. Rajabov. Maqomlar masalasiga doir. – T., 1963. 255-b. 31 Vohaviy jarayonning o‘zida bir qator makon bilan bog‘liq uslublar paydo bo‘pganki, ular muayyan viloyatlar kesimida o‘zining xususiyatlari doirasida yuzaga bo‘lganligini namoyon etib turadi. Amaliyotda musiqiy an’analar negizida shakllangan ushbu jarayonga ijodiy maktablar kesimida baho berib kelinadi. Jumladan, Samarqand, Andijon, Marg‘ilon, Qo‘qon, Buxoro, Toshkent bastakorlik maktablari. XX asrga kelib o‘zbek bastakorlik ijodiyotida an’anaviy maqom ijodiyoti emas, balki shunga yaqin, lekin o‘zgacha yangi yo‘nalishdagi shakllarga asoslangan ijodiy uslublar yuzaga keldi. Lekin, an’anaviy uslubga ham umuman chek qo‘yilgani yo‘q. Ayrim bastakorlar ijodiyotida yetuk, maqom yo‘llariga xos ijod namunalari oz bo‘lsa-da yaratilib turilganligini e’tirof etish lozimdir. O‘zlarining bastakorlik ijodini olib borgan aksariyat namoyandalar, bu sohaning an’analarini zamon ruhi bilan uyg‘unlikda talqin etib betakror asarlar yaratishga muyassar bo‘ldilar. Samarqand bastakorlik maktabining namoyandalari Hoji Abdulaziz Abdurasulov, Doni Zokirov, Nabijon Hasanovlarning bastakorlik ijodlari bunga yorqin misoldir. Xususan, Hoji Abdulaziz Abdurasulov (1852–1936) o‘zining bastakorlik ijodi bilan yangi sahifa ochdi. Maqom an’analariga tayangan holda xalq, musiqa namunalari asosida bir qator mumtoz xarakterli asarlar yaratishga muyassar bo‘ldi (bastakorlikda maktab yaratgan va samarali ijod qilgan bastakorlar ijodiga alohida e’tibor qaratamiz). O‘zbek bastakorlik ijodiyotining rivojiga katta hissa qo‘shgan maktablardan biri Andijon bastakorlik maktabidir. O‘ziga xos yangicha yondashishlarga asoslangan zamon bastakorlik ijodiyotida To‘xtasin Jalilov, Komiljon Jabborov, G‘anijon Toshmatov, Muxtorjon Murtazoyev kabi Andijon bastakorlik maktabi namoyandalarining ijodiy faoliyati o‘z samarasini namoyon etdi. XX asr o‘zbek musiqashunosligida bastakorlik ijodiyotini o‘rganish va shu san’atga oid risolalarning yozilishiga ham alohida e’tibor qaratildi. Bu mavzuga alohida yondashib, ilmiy tadqiqotlar 32 olib borgan I. Akbarov, F. Karomatov, M. Ahmedov, K. Olimboyeva, A. Jabborov, T.B. G‘ofurbekov, O. Matyoqubov, R. Abdullayev, R. Yunusov, O. Ibrohimov, S. Begmatovlarning ijodini alohida ko‘rsatish mumkin. XX asrning so‘nggi 20 yilligiga bastakorlik masalalari borasida qator maxsus tadqiqot ishlari olib borilgan. Xususan, Ilyos Akbarovning «To‘xtasin Jalilov», M.Ahmedovning «Yunus Rajabiy», Fayzulla Karomatovning «O‘zbek xalq musiqa merosi» (1–2-jild), K. Olimboyeva va M. Ahmedovlarning «O‘zbek xalq sozandalari» 1–2-kitobi kabi asarlarda bastakorlik ijodiyoti borasida fikr yuritiladi. M. Ahmedovning «Doni Zokirov» monografiyasida zamonasining bir qator ustoz san’atkorlari va xalq bastakorlari xususida ma’lumotlar keltiradilar. K. Olimboyeva va M. Ahmedovlar «O‘zbek xalq sozandalari» kitobida Hoji Abdulaziz Abdurasulov, Komiljon Otaniyozov, Matyoqub Xarratov, To‘xtasin Jalilov, Imomjon Ikromov, Komiljon Jabborov, Saidjon Kalonov, Nabijon Hasanov, Faxriddin Sodiqov, G‘anijon Toshmatov kabi bastakorlarning hayoti va ijodi haqida umumiy ma’lumotlar keltiriladi. Tazkira xarakteriga ega bo‘lgan A.H. Jabborovning kitob- lari zamonamizning aksariyat kompozitor, bastakor va musi- qashunoslarining hayoti va ijodiy faoliyatlari xususidagi ma’lumotlarni qamrab olganligi bilan qadrlidir. Maxsus o‘rganilgan bastakorlar haqidagi dastlabki asarlardan biri professor F.Karomatovning monografiyasidir. XXI asr boshlaridan boshlab xalq bastakorlari ijodini o‘rganish va yoritish masalalari keng ommalashdi. R.Yunusovning «Faxriddin Sodiqov», S. Begmatovning «Orifxon Hotamov», «Kamoliddin Rahimov», A. Zokirov bilan birga «Muxtorjon Murtazoyev», B. Do‘stmurodov «Orifxon Hotamov» kabi monografiyalari, S. Xudoyberganovning Komiljon Otaniyozov ijodiga bag‘ishlangan «Soz va so‘z sohibi» monografiyasi shular jumlasidandir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling