Soibjon begmatov bastakorlar


Download 1.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/43
Sana15.11.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1776157
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43
Bog'liq
bastakorlar ijodi

M.M. .=76–80 
K. Jabborov misiqasi
«Yetmasmidim» ashulasi zamonaviy jarayonda, maqom ijrochiligi 
bo‘yicha tarbiyalanayotgan har bir xonandaning ijro repertuaridan 
o‘rin olgan asardir. 
Bastakorning «Tokay» asari esa boshqalariga nisbatan sodda, 
diapazon jihatdan qisqaroq bo‘lib, bir oktava oralig‘ini qamrab 
oladi. Ushbu asar oddiy uch qismli namuna shaklida ijod etilgan 
va o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Daromad qismida asarning 
asosiy mavzusi lad asoslari va metro-ritmik jihatlar negizida o‘zini 
namoyon etadi. 18-misol: 
M.M. .=48–52


95
Komiljon Jabborovning mumtoz uslubdagi asarlari musiqa 
ijodiyotining yorqin namunalari sifatida meros qatoridan o‘rin 
olgan. U asari uchun qaysi shaklni tanlamasin, bastakorlik 
uslubining xarakterli jihatlari negizida go‘zal ifodasini topganligini 
kuzatish mumkin. Bastakor nafaqat mumtoz shoirlarning ijodiga, 
balki zamondosh shoirlarning she’rlariga ham bir qator qo‘shiqlar 
yaratishga muyassar bo‘lgan. «Birma-bir», «Ko‘rgim kelar» 
(Turob To‘la), «Toza Lutf», «Shifokorlar», (Po‘lat Mo‘min), «Kel» 
(E’tibor Oxunova), «Sevgi otashi» (E.Vohidov) qo‘shiqlari shular 
jumlasidandir. 
Faxriddin Sodiqov
 (1914–1977)
Ustoz san’atkor, mohir sozanda va bastakor 
Faxriddin Sodiqov 1914-yilning 13-may kuni 
Toshkent shahrida tug‘ilgan. Yoshligidan dutor 
va chang cholg‘u ijrochiligi sirlarini o‘rgangan. 
Ustozlari Nug‘mon qori Mo‘minzoda va 
Abdusoat Vahobovlar bo‘lishgan. Toshkent 
musiqa texnikumida tahsil olib, uni 1933-
yili tugatgan. O‘zining ijrochilik faoliyatini 
1930-yillardan boshlagan. Ijrochilik faoliyatini 
avvaliga to‘garak rahbari, so‘ng yakkanavoz, 
ansambl sozandasi sifatida olib boradi. 1931–1935-yillar davomida 


96
O‘zbek davlat musiqali teatrida, 1935–1938-yillarda O‘zbekiston 
davlat filarmoniyasida sozanda bo‘lib ishlaydi. 1939-yili Lutfixonim 
Sarimsoqova va Yunus Rajabiylar rahnamoligida dutorchilar
ansamblida faoliyat yuritadi. 1942–1945-yillarda Gavhar Rahimo-
va rahbarligidagi konsert brigadasida musiqa rahbari lavozimida
ishlaydi. 1946–1952-yillarda Toshkent davlat konservatoriyasida 
chang sinfi bo‘yicha saboq oladi.
Faxriddin Sodiqov musiqa merosi sir-u sinoatlarini yaxshi 
idroklash zaminida, musiqa ijodiyotiga ham qadam qo‘yadi. Ijodiy 
jamoalarda faoliyat olib borish jarayonida uning ilk bastakorlik 
amallari yuzaga keladi. Faxriddin Sodiqov juda zehni o‘tkir, zukko 
sozanda bo‘lgan. Xonandalarning ichki tabiati, ovoz imkoniyatlari 
va ijrochilik tajribalari negizida xonandaga mos asarlar yaratishga 
muvaffaq bo‘ladi.
F. Sodiqov 1947–1953, 1957–1961-yillarda O‘zbekiston Ra-
diokomiteti xalq cholg‘u ansamblida changchi, 1953–1957-yillarda 
O‘zbek estrada ansambli, 1961-yildan O‘zbekiston radiosi qoshidagi 
maqom ansamblida musiqa rahbari sifatida ishlaydi. 
Ijrochilik va bastakorlik ijodini Faxriddin Sodiqov 1972-yildan 
boshlab pedagogik faoliyat bilan birga olib boradi. U Toshkent 
davlat konservatoriyasi qoshida tashkil etilgan «Sharq musiqasi» 
kafedrasida ish boshlaydi. Ushbu dargohda u chang, dutor cholg‘ulari 
hamda maqom ansambli bo‘yicha talabalarga maqom ijrochilik 
san’atidan saboq beradi.
Faxriddin Sodiqov bastakor sifatida zamonasining ilg‘or 
bastakorlari va kompozitorlari bilan yaqindan ijodiy hamkorlik 
qiladi. U kompozitorlar B. Giyenko bilan «Ota o‘g‘li» (H. Sharipov 
pyesasi), S. Hayitboyev bilan «Sulton larzada» (V. Sa’dulla pyesasi) 
kabi musiqali dramalar, bastakor G‘. Toshmatov bilan hamkorlikda 
«Yangi Toshkent» syuitasi kabi yirik musiqa asarlarini yaratdi.
Faxriddin Sodiqov, avvalo, zabardast bastakordir. Uning ijodida 
qo‘shiq janri alohida o‘rin tutadi. Qo‘shiqlarining aksariyati xalqona 


97
uslubda, qo‘shiq, ashula va yalla shakllarida yozilgan. Bular: «Yurgil 
lola sayliga», «Jonim tasadduq», «Zuhraga», «Parvonasiman», 
«Vafodor», «Loaqal», «Ulug‘ ayyom», «Ishq», «Jonon ko‘rinur», 
«Savti miskin», «Sog‘inish», «Qora ko‘z», «O‘zbekistonim 
mening», «O‘zbek valsi», «O‘zbekiston», «Favvora», «Turnalar», 
«Zulayho bo‘lsang», «Subhidam», «Yangi yil taronasi», «Kechar 
yillar», «Ona», «Bir go‘zal», «Shirmonoy», «O‘yna gulim», 
«Baxt», «Hayosini ko‘ring», «Zebixon», «Zulfing», «Suvchi qizga», 
«Shodiyona», «Ishqim tushdi yor-yor», «Guliston qil», «Oydin 
kechada», «Tushmasin», «Farzand quvonchi», «Saodatim», «Gul 
ishqi», «To‘yona», «Paxtakor ayol», «Barno yigit» va boshqalar.
Qayd etish joizki, musiqa merosimizdan o‘rin olgan musiqiy 
namunalar avlodlar e’tirofiga sazovor bo‘lishi lozim. Shundagina 
yaratilgan asar avlodlar tomonidan qayta-qayta davom ettiriladi. 
Faxriddin Sodiqovning ijodiy namunalari ham ana shunday originallik 
xususiyatiga egaligi bilan mumtoz musiqa merosimiz xazinasidan 
o‘rin olishga muyassar bo‘ldi. Buning ijobatini biz hozirgi zamon 
yosh avlod xonandalarining bastakor merosiga befarq emasligida va 
uning asarlari o‘z an’anasini saqlagan holda, zamonaviy talqinlar 
bilan rivojlanib borayotganlida ko‘ramiz.
Faxriddin Sodiqov o‘zining sozandalik faoliyati va bastakorlik 
ijodi bilan o‘zbek musiqa san’atiga ulkan hissa qo‘shdi. Ijrochilik 
amaliyotida esa har tomonlama mukammal, milliy an’analar 
bilan sug‘orilgan o‘ziga xos betakror ijro uslubini yaratdi. Uning 
yaratgan asarlarining o‘ziga xosligi, ushbu uslubga mosligidadir. 
O‘zbek bastakorlik ijodiyotida shu davrda yaratilgan musiqiy 
namunalar orasida Faxriddin Sodiqovning asarlari alohida ajralib 
turadi. Ijrochilik amaliyotida zamonga moslashib kelayotgan asarlar 
qatoridan o‘rin olib kelmoqda.
Musiqa ijrochilik amaliyotida keng ommalashgan «Ko‘rsatmagan», 
«Bir go‘zal bordir», «So‘lim bahor», «Ey, sohibi dil», «Ey, 
chehrasi tobonim», «Zulayho bo‘lsang» kabi bastakorning asarlari 


98
yuqorida zikr etgan fikrimizning dalilidir. Har bir asar o‘ziga xos 
shakl, mazmun va jozibaga ega bo‘lishi bilan birga bastakorning 
tub uslubini namoyon etib turadi. Bu omil har bir asarning asosiy 
mavzusining o‘zida va talqinida ko‘rinib turadi. Jumladan, «Bir 
go‘zal bordir» qo‘shig‘i. 19-misol:

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling