Солиққа тортиш тамойиллари. Солиқ назорати


Soliq nazoratining shakllari


Download 27.98 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi27.98 Kb.
#1564683
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-variant

2.Soliq nazoratining shakllari.
Soliq nazorati quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
soliq to‘lovchilarni hisobga olish;
soliq solish ob’ektlarini va soliq solish bilan bog‘liq ob’ektlarni hisobga olish;
byudjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga tushayotgan tushumlarni hisobga olish;
kameral nazorat;
naqd pul tushumlari kelib tushishining xronometraji;
soliq tekshiruvlari;
fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash;
aksiz to‘lanadigan ayrim turdagi tovarlarni markalash, shuningdek ayrim korxonalarda moliya inspektori lavozimini joriy etish;
davlat daromadiga qaratilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushadigan pul mablag‘lari davlat daromadiga o‘z vaqtida va to‘liq tushishini nazorat qilish;
boshqa majburiy to‘lovlarni undirish vazifasini amalga oshiradigan davlat organlari va tashkilotlar ustidan nazorat qilish.
1-Soliq solish ob’ektlarini va soliq solish bilan bog‘liq ob’ektlarni hisobga olish davlat soliq xizmati organi tomonidan har bir soliq to‘lovchi bo‘yicha hamda u to‘layotgan barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha, soliq solish ob’ektlari hamda soliq solish bilan bog‘liq ob’ektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish, shu jumladan elektron shaklda shakllantirish va yuritish orqali amalga oshiriladi.
Soliq solish ob’ektlari va soliq solish bilan bog‘liq ob’ektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi kuyidagi tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida shakllantiriladi:
-soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotlar;
-litsenziya va boshqa ruxsat etuvchi hujjatlar beradigan idoralar;
-Ichki ishlar;
-ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ;
-suv resurslarini hisobga oluvchi organ;
-Davlat notarial idoralari;
-er resurslarini hisobga oluvchi va baholovchi idora;
-foydalanishga berilgan er qa’ri uchastkalarining davlat hisobi yuritilishini amalga oshiruvchi va er qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi tashkilot;
-bank idoralari;
-davlat soliq xizmati organlari boshqa manbalardan to‘plagan, shu jumladan soliq tekshiruvlari vaqtida to‘plagan axborotlar.
2-Davlat soliq xizmati organlari, bojxona organlari hamda zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish vazifasi yuklatilgan boshqa davlat organlari hamda tashkilotlari byudjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga tushumlar hisobini yuritishi kerak.
Davlat soliq xizmati organlari byudjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga tushumlar hisobini soliq to‘lovchining shaxsiy kartochkasida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning, shuningdek penya va jarimalarning hisoblangan hamda to‘langan summalarini aks ettirish orqali yuritadi.
Soliq to‘lovchining shaxsiy kartochkasi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning har bir turi bo‘yicha ochiladi.
3- Kameral nazorat soliq to‘lovchi tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotini, shuningdek soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risida davlat soliq xizmati organidagi mavjud boshqa hujjatlarni o‘rganish hamda tahlil etish asosida amalga oshiriladigan nazoratdir.
Kameral nazorat soliq to‘lovchining huzuriga bormasdan davlat soliq xizmati organi joylashgan erda amalga oshiriladi.
Soliq to‘lovchi aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etish uchun nazarda tutilgan tartibda tegishli soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha tuzatilgan soliq hisobotini yoxud aniqlangan tafovutlarning asosini talabnoma olingan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda taqdim etishi shart.

Download 27.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling