Солиққа тортиш тамойиллари. Солиқ назорати


- Soliq to‘lovchining naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji


Download 27.98 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi27.98 Kb.
#1564683
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-variant

4- Soliq to‘lovchining naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji xronometraj o‘tkazilgan davrda haqiqatda kelib tushgan naqd pul tushumini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji naqd hisob-kitob asosida tovarlar realizatsiya qiladigan yoki xizmatlar ko‘rsatadigan soliq to‘lovchi huzurida bevosita tovarlar realizatsiya qilinadigan, xizmatlar ko‘rsatiladigan joyda davlat soliq xizmati organi tomonidan o‘tkaziladi.
Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini amalga oshirish jarayonida tekshiruv o‘tkazishga, soliq to‘lovchidan biron bir axborot yoki tushuntirishlar talab qilishga, soliq to‘lovchiga nisbatan talablar taqdim etishga yoki uning faoliyatiga boshqacha tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Xronometraj natijasi soliq to‘lovchini javobgarlikka tortish uchun asos bo‘la olmaydi.
Soliq to‘lovchi moliya-xo‘jalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvi (taftishi) — tekshiruvlarni amalga oshirishning nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan muvofiqlashtirish rejasi asosida o‘tkaziladigan tekshiruvdir.
Soliq to‘lovchi moliya-xo‘jalik faoliyatining rejadan tashqari soliq tekshiruvi (taftishi) quyidagi hollarda o‘tkaziladigan tekshiruvdir:
yuridik shaxs tugatilayotganda;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlaridan kelib chiquvchi tekshiruvlarni o‘tkazish zarur bo‘lganda;
davlat soliq xizmati organiga soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari soliq to‘lovchi tomonidan buzilganligi hollari haqida qo‘shimcha ma’lumotlar tushganda.
Muqobil tekshiruv — operatsiyalar birligi tufayli o‘zaro bog‘langan va turli soliq to‘lovchilarda bo‘lgan hujjatlarni taqqoslashdan iborat tekshiruvdir.
Muqobil tekshiruv uchinchi shaxslarga nisbatan, agar soliq tekshiruvlari o‘tkazilayotganda davlat soliq xizmati organida mazkur shaxslar bilan bog‘liq bo‘lgan, soliq to‘lovchi o‘tkazgan operatsiyalar soliq bo‘yicha hisobga olishda to‘g‘ri aks ettirilganligi haqida qo‘shimcha ma’lumot olish zaruriyati kelib chiqsa, o‘tkaziladi.
Qisqa muddatli tekshiruvlar rejadan tashqari soliq tekshiruvi tarzida o‘tkaziladi.

Download 27.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling