Solidworks (cad cae) dasturini o’qitish bo’yicha online kurs Kurs nomi: Solidworks (cad cae) Mutaxassislik


Download 159 Kb.
bet1/2
Sana20.12.2022
Hajmi159 Kb.
#1037288
  1   2
Bog'liq
Solidworks CAD CAE dasturini o’qitish bo’yicha 75 online kurs


Solidworks (CAD CAE) dasturini o’qitish bo’yicha online kurs
Kurs nomi: Solidworks (CAD CAE)
Mutaxassislik: Injener – kontruktor (texnolog, mexanik, …), mustaqil o’rganuvchilar;
Kurs davomiyligi: 75 dars ;
Kursdan maqsad: O’quvchilarga Solidworks dasturining (CAD, CAE) bo’limi bilan o’rgatish. 3D va 2D ni Solidworks dasturida tayyorlashni o’rgatish. Murakkab texnologik modellarni yaratishni va ularni oqim, termik, bosim, kuch tasirida qanday holatga tushishini virtual analiz qilishni o’rganish.
O’quv shakli: “Online” tarzda “Zoom” platformasida olib boriladi;
O’quv tili: O’zbek tilida;
Tinglovchiga qo’yiladigan talablar:
1.Boshlang’ich Algebra, Geometriya, Chizmachilik va Muhandislik Grafikasi, Koordinata tizimi va Kompyuter savodxonligini bilish (*Suhbat asosida aniqlanadi. Boshlang’ich bilimlarni bilmagan holatda ular ham qo’shimcha o’rgatiladi. Qo’shimcha o’rgatilish vaqtida kurs davomiyligi uzayishi mumkin).
2.Shaxsiy kompyuterga ega bo’lish.
Shaxsiy kompyuterga qo’yiladigan minimum talablar:
1.Protsessor: Intel (AMD) 2-12 yadro (2.2 Hz va undan yuqori) (*misol uchun Core i3 yoki AMD Ryzen 3);
2.Operativ hotira(RAM): 4GB;
3.Videokarta: 2GB;
4.SSD yoki HHD: 20 GB bo’sh joy bo’lishi kerak programmani ustanovka qilish uchun;
“Notebook” dan foydalanish qulayroq (*statsionar bo’lishi mumkin).
Internet tezligi 10 Mbit/s dan kam bo’lmasligi kerak.
O’qituvchi: Umurzakov Zohid (* tel:+99 899 038 48 40; telegram: @Umurzakov_220volt;
Kurs o’tilish tartibi: Umumiy: 75 dars, dars davomiyligi – 80 daqiqa, haftada 3 kun, 2 kunda bir o’tiladi. Dars vaqti guruh bilan kelishiladi. 18.00 dan 00.00 gacha bo’lgan vaqt oralig’ida tanlanadi. Bir oy davomida 12 ta dars o’tiladi(*Har bir darsning oxirida topshiriqlar beriladi va dars jarayoni yozib olinib o’quvchilarga telegram guruhi orqali tashlab beriladi. Topshiriqlarni bajarish vaqtida, turli savollar tug’ilsa 9.00 dan 22.00 gacha o’qituvchiga telegramdan yozish mumkin. Bunda o’qituvchi AnyDesk dastur yordamida sizning komyuteringizga bog’lanishi va mummoni hal qilishi mumkin).

Download 159 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling