Soliq huquqi
Soliq va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘ziga xos xususiyatlari
Download 409.63 Kb.
|
Солиқ ҳуқуқидан модул-Akayeva M.
2. Soliq va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘ziga xos xususiyatlari
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 12-moddasida soliq va boshqa majburiy to‘lovlarning tushunchasi mustahkamlab qo‘yilgan. Unga ko‘ra soliqlar deganda Soliq kodeksida belgilangan, muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg‘araz xususiyatga ega bo‘lgan, budjetga yo‘naltiriladigan majburiy pul to‘lovlari tushuniladi. Boshqa majburiy to‘lovlar deganda, Soliq kodeksida belgilangan davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy pul to‘lovlari, bojxona to‘lovlari, shuningdek vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni to‘lovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan yig‘imlar, davlat boji tushuniladi. Shuningdek, Soliq kodeksida soliq va boshqa majburiy to‘lovlarning turlari belgilangan. Unga ko‘ra o‘nta soliq turi hamda beshta boshqa majburiy to‘lovlar mavjud bo‘lib, ularning o‘z xususiyatiga ko‘ra bir-biriga o‘xshash va farqli jihatlari mavjud. Ularning umumiy bo‘lgan belgilari bu to‘lovlarning Soliq kodeksida belgilanganligi. Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda ularni to‘lash majburiyligi. Bu to‘lovlarning budjet tizimiga kiritilishi. Shuningdek, subyektlarning soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdagi asosiy majburiyatlarida (ya’ni o‘z vaqtida, to‘liq va belgilangan muddatda to‘lashda) farqning yo‘qligi. Endi ularni farqli jihatlarini ko‘rib chiqamiz. Yig‘imlar va bojlarning soliqlardan farqli ravishda, qisman boshqa xususiyatlarga ega bo‘lib, qonuniy belgilangan xizmatlarni ko‘rsatish yoki muayyan huquqlarni berish uchun undirib olinadi. (Masalan, tadbirkorlik faoliyati subyektlarini ro‘yxatga olish uchun yig‘im, savdo huquqini olish uchun yig‘im). Bunday to‘lovlar odatda bir martalik xususiyatga ega, ularni to‘lash majburiyati to‘lovchi tomonidan nazarda tutilgan faoliyatni erkin tanlash yoki bu harakatlarni qilishdan o‘zini tiyib turish natijasida yuzaga keladi. (Masalan, bojxona yig‘imi). Soliqlarga esa ulardan farqli ravishda, soliq solish obyekti mavjud bo‘lgan holda qonunchilikda belgilangan muddatlarda muntazam ravishda to‘lanish xususiyati xosdir8. Ba’zi adabiyotlarda boshqa majburiy to‘lovlar, masalan, texnik, kasb-hunar va ijtimoiy tashkilotlar foydasiga undirib olinadi va ular maqsadli tushumlar xususiyatiga ega bo‘lib, budjet tushumlarida hisobga olinmaydi, bunda ular majbur qilish asosida undirib olinadi, shu sababli ularni belgilash, soliqlarni belgilash kabi faqat qonunchilik yo‘li bilan amalga oshirishi mumkin, degan fikrlar mavjud9. Yuqorida keltirilgan ta’rif soliqlarni yig‘imlar va bojlarda ajratish imkonini beruvchi belgilar bor. Yig‘im yoki boj to‘lanayotganida hamma vaqt maxsus maqsad va alohida manfaatlar mavjud bo‘ladi. Bojlar va yig‘imlar soliqqa xos bo‘lgan moliyaviy ahamiyatga ega emas. Bojlar va yig‘imlar yakka tartiba to‘lanadigan to‘lovlar hisoblanadi. Bojlar va yig‘imlarni undirishdan maqsad davlat va mahalliy organlar hamda muassasalar xarajatlarini qoplashdan iborat bo‘lib, ularning faoliyati bilan bog‘liq holda boj (yig‘im) undirib olinadi. Davlat bojini qo‘llash hamma vaqt davlatning barcha hududida amalga oshiriladi, bu bilan soliqlardan farq qiladi, chunki soliqlar umumdavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlarga bo‘linadi. Agar daromadga solinadigan soliq stavkasi muayyan vaziyatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lsa, tegishli yuridik harakat uchun davlat boji miqdoriga nisbatan buni aytib bo‘lmaydi, u har doim to‘lovchilar uchun bir xil bo‘lib, boshqa biror sharoit, vaziyatga bog‘liq emas (turli yuridik harakatlar uchun olinadigan davlat boji miqdorlari bir-biridan o‘zaro farq qiladi). Yig‘im – bu biror bir faoliyat turini amalga oshirish huquqi uchun (masalan, yakka tadbirkorlarni ro‘yxatga o‘tkazish uchun ro‘yxatga olish yig‘imi undiriladi, uning chegara miqdori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Ro‘yxatga olish yig‘imining miqdorlari va uni to‘lash bo‘yicha imtiyozlar joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi), biror narsada ishtirok etish (masalan, litsenziyalovchi organ litsenziya da’vogarining arizasini ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im undiradi, bunda yig‘imning eng ko‘p miqdori qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining besh baravaridan oshmasligi kerak) yoki undan foydalanish huquqi uchun ko‘pincha ijtimoiy-huquqiy tartibdagi xizmat bilan bog‘liq holda yakka tartibda davlat hokimiyati organlari tomonidan undirib olinadigan to‘lovdir (masalan, turarjoy binosidan turarjoy bo‘lmagan bino sifatida foydalanish huquqini olish uchun ariza beruvchi mahalliy budjetga yig‘im to‘laydi)10. Yuqoridagi bildirilgan fikrlarni tahlil qilgan hamda amaldagi soliq qonunchiligiga asoslangan holda soliq va boshqa majburiy to‘lovlarning farqini quyidagicha izohlash mumkin. Soliqlardagi muntazamlilik hamda beg‘arazlilik xususiyati boshqa majburiy to‘lovlarda deyarli mavjud emas. Boshqa majburiy to‘lovlar, ya’ni yig‘imlar bir martalik to‘lash xususiyatiga ega. (Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armalarga to‘lanadigan to‘lovlarda muntazamlilik xususiyati bor). Soliqlardan farqli ravishda yig‘imlarda maqsadga muvofiqlik xususiyati mavjud. Soliqlar faqat budjet tizimiga kiritiladi. Boshqa majburiy to‘lovlar esa budjet tizimidan tashqari tegishli davlat organlarning hisobvaraqlariga ham kiritiladi. Download 409.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling