Soliq huquqi


-Mavzu O‘zbekiston Respublikasida soliq tizimining


Download 409.63 Kb.
bet15/106
Sana22.06.2023
Hajmi409.63 Kb.
#1649399
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   106
Bog'liq
Солиқ ҳуқуқидан модул-Akayeva M.

4-Mavzu O‘zbekiston Respublikasida soliq tizimining
asosiy tavsifi va elementlari.
1. Soliq va boshqa majburiy to‘lovlar tizimi
2. Soliq va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘ziga xos xususiyatlari
3.Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning elementlari.


1. Soliq va boshqa majburiy to‘lovlar tizimi

Soliq tizimi soliqqa oid qonunlar majmuasini bajarishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy xususiyatlardagi barcha vositalar va usullar yig‘indisidan iboratdir. Iqtisodiy adabiyotlarda yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘indisi soliqlar tizimi deb tushuniladi5.





Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlar hamda ularning tuzilish tamoyillari, usullari, soliq nazoratining yig‘indisi soliq tizimini tashkil etadi.



Bu ta’rif soliq tizimini keng ma’noda tushunishdir. Soliq qonunchiligida soliq tizimi tor ma’noda talqin qilinib, bir xil mohiyatga ega bo‘lgan va markazlashgan pul fondini tashkil etadigan soliq, yig‘im, boj va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘indisi soliq tizimi deb tushuniladi. Soliq tizimiga nisbatan bunday yondashuvni ayrim adabiyotlarda ham keltirilganligini ta’kidlash o‘rinli. Qayd etilgan ta’rifda soliq va yig‘imlar yagona mohiyat, ya’ni “majburiy xarakterga ega bo‘lgan munosabat” va ularning bir-biri bilan bog‘liqligi va nihoyat budjetga tushishligini ko‘rsatadi.6
O‘zbekiston Respublikasida soliq tizimining huquqiy asoslari, soliq majburiyati, soliq ishlarini yuritish tartibi, soliq nazorati va soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javogarlik to‘g‘risidagi kodeks, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni va shu kabi bevosita soliqqa oid qonun hujjatlari orqali tartibga solinadi. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Soliq kodeksidan boshqacha qoidalar belgilangan yoki nazarda tutilgan bo‘lsa, unda xalqaro shartnoma qoidalarida belgilangan shartlar amalda qo‘llaniladi.
Soliq kodeksi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni belgilash, joriy etish, hisoblab chiqarish hamda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lash bilan bog‘liq munosabatlarni, shuningdek soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.
Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari Soliq kodeksidan va boshqa qonun hujjatlaridan iborat. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar Soliq kodeksi bilan belgilanadi, o‘zgartiriladi yoki bekor qilinadi. Soliq solish masalalariga daxldor me’yoriy-huquqiy hujjatlar Soliq kodeksi qoidalariga muvofiq bo‘lishi kerak. Me’yoriy-huquqiy hujjatlar Soliq kodeksining qoidalariga muvofiq bo‘lmagan taqdirda kodeks qoidalari qo‘llaniladi.
Soliq solish masalalariga daxldor me’yoriy-huquqiy hujjat quyidagi hollarda Soliq kodeksiga muvofiq emas deb topiladi, agar hujjat:
1. Soliq kodeksiga muvofiq bunday hujjatni qabul qilish huquqiga ega bo‘lmagan organ tomonidan qabul qilingan bo‘lsa yoki me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilishning belgilangan tartibi buzilgan holda qabul qilingan bo‘lsa;
2. Soliq munosabatlari subyektlarining huquqlarini bekor qilsa yoki cheklasa, soliq munosabatlari subyektlarining kodeksda belgilangan majburiyatlarining mazmunini, ular harakatlarining asoslari, shartlari, ketma-ketligi yoki tartibini o‘zgartirsa;
3. Soliq kodeksi bilan taqiqlangan harakatlarga ruxsat bersa yoki yo‘l qo‘ysa;
4. Soliq kodeksida belgilangan tushunchalar mazmunini o‘zgartirgan yoki bu tushunchalar kodeksda qo‘llanilganidan boshqacha ma’noda qo‘llanilgan bo‘lsa.
Yuqorida nazarda tutilgan holatlardan loaqal bittasi mavjud bo‘lgan taqdirda soliq solish masalalariga daxldor me’yoriy-huquqiy hujjatlar Soliq kodeksiga muvofiq emas deb topiladi. Soliq kodeksiga muvofiq bo‘lmagan me’yoriy-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ yoki uning yuqori turuvchi organlari mazkur hujjatni bekor qilishga yoki unga zarur o‘zgartishlar kiritishga haqli. Bu organlar Soliq kodeksiga muvofiq bo‘lmagan me’yoriy-huquqiy hujjatni bekor qilishni yoki unga zarur o‘zgartishlar kiritishni rad etgan taqdirda bu hujjat sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.



Soliq tizimi deganda, Davlat budjetiga to‘lanadigan soliqlarning turlari, ularni hisoblash va undirib olish mexanizmi majmuasi tushuniladi.

Soliq mexanizmi vositasida davlatning soliq siyosati amalga oshiriladi, soliq tizimining asosiy miqdor va sifat xususiyati shakllanadi. Uning aniq ifodalangan ijtimoiy-iqtisodiy vazifani hal etishga qaratilgan yo‘nalishi shakllanadi. Soliq mexanizmida eng muhim rolni soliq qonunchiligi egallaydigan bo‘lsa, uning ichida soliqqa tortish mexanizmining ahamiyati kattadir. Mamalakatimiz Birinchi Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganidek, “Soliq tizimi ham bozor infrastrukturasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Uni hali chinakamiga tashkil etishga to‘g‘ri keladi”.7 Birinchi Prezidentning bu fikrlari hali ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.


Soliq kodeksining 23-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar amal qiladi. Soliqlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
3) qo‘shilgan qiymat solig‘i;
4) aksiz solig‘i;
5) yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig‘i;
8) yer solig‘i;
9) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i;
10) transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq.
Boshqa majburiy to‘lovlarga quyidagilar kiradi:

  1. ijtimoiy jamg‘armalarga majburiy to‘lovlar:

  • yagona ijtimoiy to‘lov;

  • fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari;

  • budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar;

2) Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar:

  • Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar;

  • Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar;

2.1) Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish budjetdan tashqari jamg‘armasi;
3) davlat boji;
4) bojxona to‘lovlari;
5) ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im.
Belgilangan hollarda va tartibda soliq solishning soddalashtirilgan tartibida to‘lanadigan quyidagi soliqlar qo‘llanilishi mumkin:

  • yagona soliq to‘lovi;

  • yagona yer solig‘i;

  • tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’i belgilangan soliq.

Davlat umummilliy dasturlarini amalga oshirish davrida tegishli jamg‘armalar tashkil etilishi mumkin bo‘lib, ularga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburiy to‘lovlar belgilanadi.



Download 409.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling