Soliq huquqi
Soliq davri – kalendar yildir. Hisobot davri
Download 409.63 Kb.
|
Солиқ ҳуқуқидан модул-Akayeva M.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar
- Soliq to‘lovchilar
Soliq davri – kalendar yildir.
Hisobot davri – yil choragdir. Majburiy ajratmalarni hisoblab chiqarish, ularning hisob-kitobini taqdim etish va ularni to‘lash tartibi. Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar soliq solinadigan bazadan va tasdiqlangan stavkadan kelib chiqqan holda har oyda hisoblab chiqariladi. Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarning hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatdan kechiktirmay taqdim etiladi. Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar quyidagicha to‘lanadi: Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lovchi bo‘lgan mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay; mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan har oyda, keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay. Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar Soliq kodeksining 54-bobiga asosan Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalardan tashqari yig‘imlar ham to‘lanadi. Respublika yo‘l jamg‘armasi yig‘imlariga quyidagilar kiradi: avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘im; chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida o‘tganligi uchun yig‘im. Soliq to‘lovchilar – Avtotransport vositalarini oluvchi va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirishni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘im to‘lovchilardir. Chet davlatlar avtotransport vositalarining egalari yoki foydalanuvchilari ushbu vositalarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida o‘tganligi uchun yig‘im to‘lovchilardir. Download 409.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling