Soliq huquqi


Download 409.63 Kb.
bet59/106
Sana22.06.2023
Hajmi409.63 Kb.
#1649399
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   106
Bog'liq
Солиқ ҳуқуқидан модул-Akayeva M.

Soliq solinadigan baza – mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar summasi sifatida belgilanadi, bunda yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari hisoblanmaydigan to‘lovlar mustasno.
O‘zbekiston Respublikasi norezidentiga to‘lanadigan chet ellik xodimlarning daromadlari bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblab chiqarish uchun soliq solinadigan baza chet ellik xodimlarga to‘lanadigan daromadlar summasi sifatida aniqlanadi, biroq bu summa O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlarni berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish shartnomasiga doir xarajatlar umumiy summasining 90 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.
Soliq stavkasi – har yili keyingi moliya yil uchun tasdiqlanadigan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida belgilanadi. 2016-yil uchun budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy sug‘urta badallari stavkasi 7,5 foiz miqdorida belgilangan.


Imtiyozlar – Soliq kodeksiga asosan yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari hisoblanmaydigan to‘lovlar hamda yagona ijtimoiy to‘lov hisoblab chiqarilmaydigan to‘lovlar va daromadlar belgilangan.

Jumladan, ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari quyidagi to‘lovlarga nisbatan hisoblanmaydi:mehnatda mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha shikast etganlik bilan bog‘liq zararning o‘rnini qoplash uchun Soliq kodeksi 171-moddasi ikkinchi qismining 9-bandida ko‘rsatilgan miqdorlardan ortiqcha olingan summalar; quyidagi grant mablag‘lari hisobiga olinadigan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar: davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro va chet el hukumatga qarashli tashkilotlar tomonidan berilgan grant mablag‘lari; O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadigan ro‘yxatga kiritilgan xalqaro va chet el nohukumat tashkilotlari tomonidan berilgan grant mablag‘lari; O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida berilgan grant mablag‘lari.


Shuningdek, yagona ijtimoiy to‘lov quyidagilarga nisbatan hisoblab chiqarilmaydi: O‘zbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining xodimlariga xizmatni o‘tashi (xizmat majburiyatlarini bajarishi) munosabati bilan to‘lanadigan pul ta’minotiga, pul mukofotlariga va boshqa to‘lovlarga; O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, umumiy yurisdiksiya sudlarining va xo‘jalik sudlarining sudyalari, shuningdek prokuratura organlarining mansab darajalariga (harbiy unvonlarga) ega bo‘lgan xodimlarining xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan daromadlariga, aksiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv xodimlari sifatida jalb qilingan chet ellik xodimlarining mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlariga.



Download 409.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling