Soliq huquqi
Download 409.63 Kb.
|
Солиқ ҳуқуқидан модул-Akayeva M.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq solinadigan baza
Soliq solish obyekti – yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalaniladigan suv resurslari soliq solish obyektidir. Suv resurslarining yer usti manbalariga quyidagilar kiradi: daryolar, ko‘llar, suv omborlari, turli xil kanallar va hovuzlar, yer ustidagi boshqa suv havzalari hamda suv manbalari. Suv resurslarining yer osti manbalariga artezian quduqlari va skvajinalar, vertikal va gorizontal drenaj tarmoqlari hamda boshqa inshootlar yordamida chiqazib olinadigan suvlar kiradi.
Soliq solinadigan baza – foydalanilgan suvning hajmi soliq solinadigan bazadir. Soliq solinadigan bazani belgilash tartibi. Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan olingan suv hajmi suvdan foydalanishning buxgalteriya (birlamchi) hisobga olish hujjatlarida aks ettirilgan suv o‘lchagich asboblarining ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi. Suvdan o‘lchagich asboblarsiz foydalanilgan taqdirda uning hajmi suv obyektlaridan suv olish limitlaridan, suv iste’molining texnologik va sanitariya normalaridan, ekinlar hamda dov-daraxtlarni sug‘orish normalaridan yoki ma’lumotlarning to‘g‘riligini ta’minlovchi boshqa usullardan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Soliq to‘lovchilar yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalanilgan suv resurslari hajmlarining alohida-alohida hisobini yuritadi. Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan suv keladigan vodoprovod tarmog‘idagi suvdan foydalanilgan taqdirda soliq solinadigan baza manbaning har bir turi bo‘yicha alohida-alohida aniqlanadi. Suv yetkazib beruvchi yuridik shaxslar vodoprovod tarmog‘iga suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan keladigan suv hajmlarining nisbati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga joriy soliq davrining 15-yanvariga qadar taqdim etishlari kerak. Davlat soliq xizmati organlari besh kun ichida ushbu ma’lumotlarni soliq to‘lovchilar e’tiboriga yetkazishi lozim. Soliq to‘lovchi issiq suv hamda bug‘ hosil qilinishi bo‘yicha soliq solinadigan bazani ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun o‘zi foydalangan suv resurslari hajmidan kelib chiqqan holda aniqlaydi. Binolarning bir qismi, alohida joylar ijaraga topshirilganda soliq solinadigan baza suv yetkazib beruvchi yuridik shaxs bilan shartnoma tuzgan ijaraga beruvchi tomonidan aniqlanadi. Binolarning bir qismini, alohida joylarni ijaraga olgan va suv yetkazib beruvchi yuridik shaxs bilan shartnoma tuzgan yuridik shaxslar soliq solinadigan bazani mustaqil ravishda aniqlaydi. Soliq to‘lovchilar yuridik shaxslar bilan suv yetkazib berilishi yuzasidan solishtirib ko‘rish jarayonida olingan suvning hajmini aniqlashtirishda suv hajmi farqini solishtiruv amalga oshirilgan davrdagi hisob-kitoblarda aks ettiradi. Yuridik shaxslarning hududida ta’mirlash-qurilish va boshqa ishlarni bajaruvchi soliq to‘lovchilar bu ishlarni bajarish jarayonida foydalaniladigan suv uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lamaydi. Ta’mirlash-qurilish va boshqa ishlarni bajarayotganda foydalaniladigan suv hajmi uchun bu ishlar qaysi yuridik shaxslar uchun bajarilayotgan bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘laydi. Qurilish ishlari yangi qurilish maydonida bajarilgan taqdirda qurilishda foydalaniladigan suv hajmi uchun qurilish tashkiloti suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘laydi. Yagona yer solig‘i to‘lovchilari bo‘lmagan qishloq xo‘jaligi korxonalari soliq solinadigan bazani soliq davrida bir gektar sug‘oriladigan yerlarni sug‘orish uchun sarflanadigan suvning butun xo‘jalik bo‘yicha o‘rtacha hajmidan kelib chiqqan holda aniqlaydi. Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari uchun soliq solinadigan baza ushbu moddaning to‘qqizinchi qismida nazarda tutilgan tartibga muvofiq davlat soliq xizmati organlari tomonidan aniqlanadi. Download 409.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling