Soliq huquqi


Download 409.63 Kb.
bet38/106
Sana22.06.2023
Hajmi409.63 Kb.
#1649399
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   106
Bog'liq
Солиқ ҳуқуқидан модул-Akayeva M.

Nazorat uchun savollar



  1. Umumdavlat va mahalliy soliqlarni belgilanishi, joriy qilinishi va kelib tushishiga qarab o‘xshash va farqli jihatlarini tahlil qiling.

  2. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining soliq stavkasini qo‘llashning o‘ziga xos jihatlarini va soliq imtiyozlarini tahlil qiling.

Adabiyotlar


1.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2014.


2.O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi // “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, 2019.
3.O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi // O‘R QHT, 2013-y. 52-I-son.
4.O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi// O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y.
5.Isayeva F.B. Soliq huquqi. Bakalavriatning 5240100 – yurisprudensiya yo‘nalishi talabalari uchun darslik. // Mas’ul muharrir: prof.v. b. X.S.Islamxodjayev
– Toshkent: TDYU, 2017. – 105-142b.

Mavzu uchun tarqatma materiallar.

  1. Oltiariq tumani davlat soliq inspeksiyasidan fuqaro I.Komilovga 2012-yil davomida tomorqasida etishtirgan 5 tonna bodring va 10 tonna turpni sotishdan tushgan daromaddan jismoniy shaxslarlardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lamaganligi hamda joriy yilda “Sportlotto” lotoreyasidan 100 million so‘mlik jekpot yutib olganligi va bu haqda butun respublikada ma’lum ekanlini, yuqoridagi lotoreya yutug‘idan ham jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lashi zarur ekani to‘g‘risida xabarnoma oldi. Bundan tashqari davlat soliq inspeksiyasi xabarnomada fuqaro I.Komilov o‘zi yashab turgan hovlidagi uylardan bir qismini qo‘shnisi yakka tadbirkor A.Ikromovga ijaraga bergani uchun mol-mulk solig‘i qayta hisoblangani va mol-mulk solig‘i uchun stavka yuridik shaxslr uchun belgilangana stavkada, ya’ni 3,5 % qilib belgilangani va qo‘shimcha 400 000 so‘m miqdorida mol-mulk solig‘i hisoblanganini bildirib o‘tishgan. Davlat soliq inspeksiyasining fikricha Oltiariq shahri Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan unga tegishli omborxona uchun ham 2012-yil uchun mol-mulk solig‘i to‘lashi zarur ekanini aytib o‘tishgan.

Vaziyatga huquqiy jihatdan baho bering.

  1. “Baraka” MChJ xodimi B.Sharipov kasal bo‘lib qoldi va u shifoxonaga yotishga majbur bo‘ldi. Biroq davolanish unga qimmatga tushdi va u firmaga davolanishning asosiy qismini to‘lash haqida firmaga murojaat qildi. B.Sharipovning arizasi asosida “Baraka” MCHJ davolanish muassasasining hisob raqamiga 700 000 so‘m miqdorida pul mablag‘ini o‘tkazib berdi. Ushbu operatsiya qanday soliq oqibatlarini keltirib chiqaradi?

Vaziyatga huquqiy jihatdan baho bering.



Download 409.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling