Soliq huquqi
Soliq davri – kalendar yil soliq davridir. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi
Download 409.63 Kb.
|
Солиқ ҳуқуқидан модул-Akayeva M.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq to‘lash tartibi.
Soliq davri – kalendar yil soliq davridir.
Soliqni hisoblab chiqarish tartibi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda belgilanadi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi suvdan foydalanish yoki suv iste’moli joyidagi davlat soliq xizmati organlariga quyidagilar tomonidan yiliga bir marta taqdim etiladi: yuridik shaxslar tomonidan (qishloq xo‘jaligi korxonalari bundan mustasno) – yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda; Yagona yer solig‘ini to‘lashga o‘tmagan qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan – joriy soliq davrining 15-dekabrigacha; O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan – soliq davridan keyingi yilning 25-yanvarigacha. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash to‘g‘risidagi to‘lov xabarnomasi yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklariga davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq davridan keyingi yilning 1-fevralidan kechiktirmay topshiriladi. Soliq to‘lash tartibi. Soliq davri mobaynida soliq to‘lovchilar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha joriy to‘lovlarni to‘laydilar, bundan Yagona yer solig‘ini to‘lashga o‘tmagan qishloq xo‘jaligi korxonalari, O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari mustasno. Joriy to‘lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq to‘lovchilar joriy soliq davrining 25-yanvarigacha, yangi tashkil qilinganlari esa davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay, suvdan foydalanish yoki suv iste’moli joyidagi davlat soliq xizmati organlariga mo‘ljallanayotgan soliq solinadigan bazadan (foydalaniladigan suv hajmidan) va suv resurslaridan foydalanganlik uchun belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etadilar. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha majburiyatlari soliq davri mobaynida yuzaga kelgan soliq to‘lovchilar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani soliq majburiyati yuzaga kelgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay taqdim etadilar. Hisoblab chiqarilgan joriy to‘lovlar quyidagicha to‘lanadi: soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan ko‘pni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno) – har oyning 25-kunidan kechiktirmay suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq yillik summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida; soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan kamni tashkil etadigan mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan yuridik shaxslar, shuningdek mikrofirmalar, kichik korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan – yilning har choragi uchinchi oyining 25-kunidan kechiktirmay suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq yillik summasining to‘rtdan bir qismi miqdorida. Soliq davri mobaynida mo‘ljallanayotgan soliq solinadigan baza o‘zgargan taqdirda soliq to‘lovchi suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi to‘g‘risida aniqlashtirilgan ma’lumotnoma taqdim etishga haqli. Bunda soliq davrining qolgan qismi uchun joriy to‘lovlarga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning o‘zgarish summasiga teng ulushlarda tuzatish kiritiladi. Soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash joriy to‘lovlar hisobga olingan holda soliq to‘lovchilar tomonidan, suvdan foydalanish yoki suv iste’moli joyida, hisob-kitob taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay amalga oshiriladi, bundan yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari mustasno. Soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha joriy to‘lovlar summasi hisob-kitobga ko‘ra budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan ortiq miqdorga kamaytirilgan taqdirda davlat soliq xizmati organi joriy to‘lovlarni suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qaytadan hisoblab chiqadi. Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash yiliga bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1-mayigacha amalga oshiriladi. Download 409.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling