Soliq huquqi
Soliq davri – kalendar yilidir. Hisobot davri
Download 409.63 Kb.
|
Солиқ ҳуқуқидан модул-Akayeva M.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ayrim toifadagi jismoniy shaxslar uchun sug‘urta badallarini hisoblab chiqarish va to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari .
Soliq davri – kalendar yilidir.
Hisobot davri – yil oyidir. Yagona ijtimoiy to‘lovni va sug‘urta badallarini hisoblab chiqarish hamda to‘lash tartibi – yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari har oyda soliq solinadigan bazadan hamda belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Yagona ijtimoiy to‘lov yuridik shaxslarning mablag‘lari hisobidan to‘lanadi, sug‘urta badallari esa xodimlarning ish haqidan ushlab qolinadi va soliq agentlari tomonidan o‘tkaziladi. Yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallarining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga soliq to‘lovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan yil yakunlari bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallariga doir hisob-kitob hisobot yilidan keyingi yilning 25-martiga qadar taqdim etiladi. Yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallarini to‘lash har oyda, hisob-kitoblarni taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi. Ayrim toifadagi jismoniy shaxslar uchun sug‘urta badallarini hisoblab chiqarish va to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari. Sug‘urta badallari soliq to‘lovchining kalendar oyda ishlagan kunlari sonidan qat’i nazar, majburiy tartibda quyidagicha to‘lanadi: yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — oyiga eng kam ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda; yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan — oyiga eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida; yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zolari tomonidan: yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi tomonidan — oyiga eng kam ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda; oilaning boshqa a’zolari tomonidan (o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganlar bundan mustasno) — oyiga eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida. Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklarining a’zolari sug‘urta badallarini yiliga eng kam ish haqining to‘rt yarim baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda to‘laydi. Bunda dehqon xo‘jaligining boshlig‘i sug‘urta badallarini majburiy tartibda, boshqa a’zolari esa ixtiyoriylik asosida to‘laydi. Belgilangan miqdordagi sug‘urta badallarining to‘lanishi dehqon xo‘jaligi a’zosining mehnat stajini hisoblab chiqarishda bir yil deb hisobga olinadi. yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan yuqorida ko‘rsatilgan, shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironi bo‘lgan shaxslar uchun sug‘urta badalining miqdori uning belgilangan eng kam miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak. Mazkur imtiyozlar pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi. Imtiyozga bo‘lgan huquq kalendar yil davomida vujudga kelgan yoki bekor bo‘lgan taqdirda sug‘urta badallarini qayta hisob-kitob qilish ushbu huquq vujudga kelgan yoki bekor bo‘lgan oydan e’tiboran amalga oshiriladi. Sug‘urta badallarini to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi: yakka tartibdagi tadbirkorlar, yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar, yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zolari tomonidan ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan – har oyda, tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning 25-kunidan kechiktirmay; yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklarining a’zolari tomonidan – hisobot yilining 1-oktabrigacha. Bunda sug‘urta badallarining miqdori to‘lov kuniga belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zolari tomonidan sug‘urta badallarini to‘lash ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oydan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi. Sug‘urta badallarini to‘lash majburiyati yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshirayotgan oila a’zolari uchun – oilaviy tadbirkorlik subyekti nomidan ish yuritadigan, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosining; yakka tartibdagi tadbirkorning xodimlari uchun – ushbu xodimlar bilan mehnat shartnomasini tuzgan yakka tartibdagi tadbirkorning zimmasiga yuklatiladi. To‘lov topshiriqnomasida (kirim orderida) soliq to‘lovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, identifikatsiya raqami va to‘lov to‘lanayotgan davr, albatta, ko‘rsatilishi shart. Bunda oila a’zolari – oilaviy tadbirkorlik ishtirokchilari va xodim yollagan yakka tartibdagi tadbirkorlar bo‘yicha to‘lov topshiriqnomasi (kirim orderi) har bir oila a’zosi uchun va yakka tartibdagi tadbirkorning har bir yollangan xodimi uchun alohida-alohida yoziladi. Agar to‘lov topshiriqnomasida (kirim orderida) davr ko‘rsatilmagan bo‘lsa, to‘lov u amalga oshirilayotgan oy (dehqon xo‘jaliklari a’zolari uchun – yil) uchun to‘langan deb hisoblanadi. Qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urta badallarini hisoblash va ushlab qolish majburiyati zimmasiga yuklatilmagan ish beruvchidan daromadlar oluvchi jismoniy shaxslar sug‘urta badallarini jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyada ko‘rsatilgan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar summasidan kelib chiqqan holda, sug‘urta badallarini to‘lash haqida jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda beriladigan ariza asosida ixtiyoriy ravishda to‘laydi. Bunda mazkur shaxslar tomonidan sug‘urta badallarini to‘lash jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya ma’lumotlari bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash muddatlarida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning sug‘urta badallarini to‘lash bo‘yicha majburiyati O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining zimmasiga yuklatiladi. Sug‘urta badallarini to‘lash har oyda, hisob-kitoblarni taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi. Yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilganligi to‘g‘risida davlat soliq xizmati organlari tomonidan olingan axborot yakka tartibdagi tadbirkor o‘z faoliyatini amalga oshirmaydigan davr uchun sug‘urta badalini hisoblashni to‘xtatib turish uchun asos bo‘ladi. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan olingan har bir yollangan xodim uchun belgilangan tartibda berilgan hisobga olish kartochkalari yakka tartibdagi tadbirkor o‘z faoliyatini amalga oshirmaydigan davr uchun yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimiga sug‘urta badallarini hisoblashni to‘xtatib turish uchun asos bo‘ladi. Agar faoliyatini to‘xtatgan yakka tartibdagi tadbirkor yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimi uchun hisobga olish kartochkasini davlat soliq xizmati organiga belgilangan muddatlarda taqdim etmasa, yakka tartibdagi tadbirkorning majburiyatlari bo‘yicha sug‘urta badallarini hisoblash to‘xtatilmaydi. Download 409.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling