Soliq huquqi


Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar


Download 409.63 Kb.
bet62/106
Sana22.06.2023
Hajmi409.63 Kb.
#1649399
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   106
Bog'liq
Солиқ ҳуқуқидан модул-Akayeva M.

7.2. Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar

2007-yil 2-oktabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi15 qonuniga muvofiq yo‘llarni moliyalashtirishga doir ishlar (umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarni loyihalash, qurish, qayta qurish, ta’mirlash va saqlash) yo‘l jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llari qurish va ulardan foydalanishni boshqarish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2003-yil 19-avgustdagi PF – 3292-son Farmoniga binoan tashkil etilgan. Ushbu jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi maxsus normativ hujjat bilan tartibga solinadi.


Respublika yo‘l jamg‘armasiga ikki turdagi majburiy to‘lovlar undiriladi. Bular, Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar hamda Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlardir.


Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar
Soliq to‘lovchilar – yuridik shaxslar – O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari; oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan (ishonchli shaxs) sherik (ishtirokchi) – yuridik shaxs. Bunda quyidagilar Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarning to‘lovchilari bo‘lmaydi: notijorat tashkilotlar, bundan ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olgan daromadlari mustasno; yagona soliq to‘lovini va (yoki) yagona yer solig‘ini to‘lovchi yuridik shaxslar; umumbelgilangan soliqlarni to‘lovchi mikrofirmalar va kichik korxonalar, bundan aksiz to‘lanadigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib oluvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar mustasno.
Soliq solish obyekti. Soliq solinadigan baza – sof tushum Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarning soliq solish obyekti va soliq solinadigan bazasidir.


Soliq stavkasi – har yili keyingi moliya yil uchun tasdiqlanadigan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida belgilanadi. 2016-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar stavkalari yuqorida belgilangan soliqqa tortish obyektlaridan 1,4 foiz miqdorida belgilangan.

Download 409.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling