Soliq huquqi
Soliq solish obyekti. Soliq solinadigan baza
Download 409.63 Kb.
|
Солиқ ҳуқуқидан модул-Akayeva M.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq stavkasi
- Soliq davri
Soliq solish obyekti. Soliq solinadigan baza - sof tushum budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish budjetdan tashqari jamg‘armasiga majburiy ajratmalarning soliq solish obyekti va soliq solinadigan bazasidir.
Soliq to‘lovchilar turli xil soliq solish obyektlariga ega bo‘lgan hollarda, ular soliq solish obyektlarining alohida-alohida hisobini yuritishi va tegishli obyektlardan kelib chiqqan holda Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish budjetdan tashqari jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni to‘lashi shart. Soliq stavkasi – har yili keyingi moliya yil uchun tasdiqlanadigan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida belgilanadi. 2016-yil uchun Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish budjetdan tashqari jamg‘armasi stavkalari yuqorida belgilangan soliqqa tortish obyektlaridan 0,5 foiz miqdorida belgilangan. Soliq davri – kalendar yilidir. Hisobot davri – yil choragidir. Majburiy ajratmalarni hisoblab chiqarish, ularning hisob-kitobini taqdim etish va ularni to‘lash tartibi. Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish budjetdan tashqari jamg‘armasiga majburiy ajratmalar soliq solinadigan bazadan va tasdiqlangan stavkadan kelib chiqqan holda har oyda hisoblab chiqariladi. Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish budjetdan tashqari jamg‘armasiga majburiy ajratmalarning hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish budjetdan tashqari jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni to‘lash: Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish budjetdan tashqari jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lovchi bo‘lgan mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan – hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay; mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan – har oyda, keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay amalga oshiriladi. Download 409.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling