Soliq huquqi
Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im
Download 409.63 Kb.
|
Солиқ ҳуқуқидан модул-Akayeva M.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq to‘lovchilar
7.6. Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im
Soliq kodeksining 23-moddasiga ko‘ra ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tarkibiga kiradi va u mahalliy budjet daromadlaridan biri hisoblanadi. Soliq to‘lovchilar – yig‘im joriy qilingan tovarlar savdosini va xizmatlar ko‘rsatishni belgilangan tartibda amalga oshirayotgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar. Soliq solish obyekti – tovarlar va xizmatlarning qonun hujjatlarida belgilanadigan ro‘yxati. Yig‘imni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi. Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im, yig‘im stavkalarining qonun hujjatlarida belgilangan oylik miqdori doirasida hisoblab chiqariladi. Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imning aniq stavkasi mahalliy davlat hokimiyatining vakillik organlari tomonidan belgilanadi va qonun hujjatlarida belgilangan eng yuqori stavkalardan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im har oyda, hisobot oyining keyingi oyining 25-kunidan kechiktirmasdan to‘lanadi. Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im bo‘yicha hisob-kitob faoliyat amalga oshirilayotgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga: yil davomida tegishli ruxsat guvohnomasini (mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining qarorini) olgan soliq to‘lovchilar tomonidan – ruxsat guvohnomasi (mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining qarori) berilgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmasdan; faoliyat yuritayotgan soliq to‘lovchilar tomonidan – har yili hisobot yilining 15-yanvarigacha taqdim etiladi. Eng kam ish haqining miqdori o‘zgargan taqdirda soliq to‘lovchilar aniqlashtirilgan hisob-kitobni navbatdagi to‘lov muddatidan kechiktirmay taqdim etishi shart. Ushbu yig‘im ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdoni amalga oshirish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqini olish uchun to‘lanadi. Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi ruxsat guvohnomasi bilan tasdiqlanadi. Ruxsat guvohnomasi joylardagi mahalliy hokimiyat organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda beriladi. Ayrim tovar turlarining va xizmatlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadi. Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi yuridik shaxs yoki yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarga o‘z arizalarida ko‘rsatilgan muddatlarga, lekin ushbu muddat qonunchilikda nazarda tutilgan muddatdan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi. Jumladan, yuridik shaxslarga ko‘pi bilan 3 yil, jismoniy shaxslarga 2 yil. Download 409.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling