Nazorat uchun savollar
1. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksida yettita budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga shulardan faqat uchtasi kiritilgan. Bu jamg‘armalarning o‘xshash va farqli jihatlarini tahlil qiling.
2. Mahalliy yig‘imlarning mahalliy budjetni shakllantirishdagi rolini izohlang.
3. “Baraka” MCHJ xodimi B.Ismoilov 50 yoshga to‘ldi va o‘z yubileyini nishonlashni rejalashtirdi. U firma direktoriga tug‘ilgan kunini ishda nishonlash uchun 300 000 so‘m ajratishni so‘rab murojaat qildi. Firma direktori Ismoilovga tug‘ilgan kuni munosabati bilan 300 000 so‘m pul mablag‘i ajratish to‘g‘risida farmoyish berdi. Ismoilovga tug‘ilgan kuni munosabati bilan 300 000 so‘m pul mablag‘i berish to‘g‘risida buyruq rasmiylashtirildi.
Pul mablag‘ini berishdan oldin bosh buxgalter Ismoilovni ushbu pul mablag‘laridan jismoniy shaxslardan olinadigan soliq yagona ijtimoiy to‘lov hamda sug‘urta badali ushlab qolinayotganligi to‘g‘risida ogohlantirdi. B.Ismoilov bunga o‘z e’tirozini bildirib, ushbu mablag‘ bayram tantanasini nishonlashga sarflanishini hamda u soliqqa tortilmasligini ta’kidlaydi.
Vaziyatga huquqiy jihatdan baho bering.
4. “Imkon” MCHJ xodimi B.Salimov kasal bo‘lib qoldi va u shifoxonaga yotishga majbur bo‘ldi. Biroq davolanish unga qimmatga tushdi va u davolanishning asosiy qismini to‘lash haqida firmaga murojaat qildi. B.Salimovning arizasi asosida “Imkon” MCHJ davolanish muassasasining hisob raqamiga 700 000 so‘m miqdorida pul mablag‘ini o‘tkazib berdi. Hisobchi yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badalini ushlab qolmadi va daromad solig‘ini ushlab qoldi.
Vaziyatga huquqiy jihatdan baho bering.
8-Mavzu Soliq solishning soddalashtirilgan tizimi va
soliq to‘lovchilarning ayrim toifalariga soliq solishning
o‘ziga xos xususiyatlari
1. Soliq solishning soddalashtirilgan tizimining o‘ziga xos xususiyatlari.
2. Yagona soliq to‘lovi
3. Yagona yer solig‘i
4. Qat’iy belgilangan soliq
5. Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalariga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |