Soliq huquqi
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati
Download 409.63 Kb.
|
Солиқ ҳуқуқидан модул-Akayeva M.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuridik shaxs tugatilganda va qayta tashkil qilinganda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash tartibi.
- Soliq to‘lovchi vafot etgan, bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan hollarda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash.
3. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati.
Soliq to‘lovchining muayyan soliq yoki boshqa majburiy to‘lovni to‘lash, shuningdek Soliq kodeksida nazarda tutilgan holatlar bo‘lgan taqdirda mavjud soliq qarzini uzish majburiyati soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati deb hisoblanadi. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati soliq to‘lovchining hisobvarag‘ida yetarlicha pul mablag‘lari bo‘lgan taqdirda tegishli soliq yoki boshqa majburiy to‘lovni to‘lash uchun bankka to‘lov topshiriqnomasi taqdim etilgan paytdan e’tiboran soliq yoki boshqa majburiy to‘lov naqd pul mablag‘lari bilan to‘langanda esa pul summasi bankka yoki vakolatli organ kassasiga topshirilgan paytdan e’tiboran bajarilgan deb hisoblanadi. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati qo‘shimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasi tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarning depozit hisobvaraqlariga o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjatlarining ko‘chirma nusxalari soliq to‘lovchi tomonidan davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilgan taqdirda ham bajarilgan deb hisoblanadi. Soliq yoki boshqa majburiy to‘lov summasini o‘tkazish uchun to‘lov topshiriqnomasi soliq to‘lovchi tomonidan chaqirib olingan yoki bank tomonidan soliq to‘lovchiga qaytarilgan taqdirda, shuningdek agar soliq to‘lovchi bankka to‘lov topshiriqnomasini taqdim etgan paytda bu soliq to‘lovchining hisobvarag‘iga qo‘yilgan, qonun hujjatlariga muvofiq birinchi navbatda bajarilishi lozim bo‘lgan, bajarilmagan talablar mavjud bo‘lsa hamda soliq to‘lovchi barcha talablarni qanoatlantirish uchun hisobvaraqda yetarlicha pul mablag‘lariga ega bo‘lmasa, soliq yoki boshqa majburiy to‘lov to‘langan deb hisoblanmaydi. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati belgilangan tartibda hisobga olish orqali ham bajarilishi mumkin. Masalan, soliq to‘lovchi mol-mulk solig‘ini ortiqcha to‘lab yuborgan. Ortiqcha to‘langan summa soliq qarzini quyidagi ketma-ketlikda uzish hisobiga hisobga olinishi kerak bo‘ladi: soliqning mazkur turi bo‘yicha penya va jarimalarni uzish hisobiga; boshqa turdagi soliqlar bo‘yicha, masalan, foyda solig‘i bo‘yicha qarzni uzish hisobiga; boshqa turdagi soliqlar bo‘yicha penya va jarimalarni uzish hisobiga; mazkur soliq bo‘yicha kelgusi to‘lovlar hisobiga; boshqa turdagi soliqlar bo‘yicha kelgusi to‘lovlar hisobiga. Ortiqcha to‘langan soliq summasi boshqa soliq to‘lovchining soliq qarzini uzish hisobiga hisobga olinishi mumkin emas. Masalan, soliq to‘lovchi A.Alimovning ortiqcha to‘lagan soliq summasini do‘sti I.Valiyevni aksiz yoki boshqa turdagi soliq qarzini to‘lashiga yo‘l qo‘yilmaydi. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash milliy valyutada, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa chet el valyutasida amalga oshiriladi. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek moliyaviy sanksiyalar budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga quyidagi tartibda o‘tkaziladi: asosiy summa; hisoblangan penya; jarimalar. Yuridik shaxs tugatilganda va qayta tashkil qilinganda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash tartibi. Yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda ixtiyoriy tugatish hollari bundan mustasno, tugatuvchi besh kunlik muddat ichida bu haqda davlat soliq xizmati organiga yozma shaklda ma’lum qiladi. Yuridik shaxsni ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ bu haqda davlat soliq xizmati organini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xabardor etadi. Yuridik shaxs davlat soliq xizmati organiga tugatish balansini taqdim etish bilan bir vaqtda hisobotlarni hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarni taqdim etishi shart. Yuridik shaxs tugatilgan taqdirda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha soliq majburiyati ushbu yuridik shaxsning pul mablag‘lari, shu jumladan uning mol-mulkini realizatsiya qilishdan olingan pul mablag‘lari hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan navbat tartibida tugatuvchi tomonidan bajariladi. Yuridik shaxsni tugatish davrida yuzaga keladigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni, shuningdek penya va jarimalarni to‘lash bo‘yicha soliq majburiyati yuzaga kelishiga qarab, Soliq kodeksida belgilangan muddatlarda hamda tartibda bajariladi. Qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha soliq majburiyati belgilangan tartibda uning huquqiy vorisi tomonidan bajariladi. Qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha soliq majburiyatini bajarish, qayta tashkil etish tugallanguniga qadar huquqiy vorisga qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxs soliq majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi faktlari va holatlari ma’lum bo‘lganligi yoxud ma’lum bo‘lmaganligidan qat’i nazar, uning huquqiy vorisi zimmasiga yuklatiladi. Yuridik shaxs qayta tashkil etilguniga qadar u ortiqcha to‘lagan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning summalari shu yuridik shaxs huquqiy vorisining shaxsiy kartochkasiga yuridik shaxsni qayta tashkil etish tugallangan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay o‘tkazilishi kerak. Yuridik shaxsning soliq qarzi yoki u qayta tashkil etilguniga qadar ortiqcha to‘langan soliq yoki majburiy to‘lov summalarini qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquqiy vorislari o‘rtasida taqsimlash har bir huquqiy vorisning ulushiga muvofiq amalga oshiriladi. Soliq to‘lovchi vafot etgan, bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan hollarda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash. Vafot etgan jismoniy shaxsning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati uning meros qilingan mol-mulkini qabul qilgan merosxo‘ri tomonidan, meros qilingan mol-mulkning qiymati doirasida va merosdagi ulushga mutanosib ravishda, meros qabul qilib olingan kundan e’tiboran bir yildan kechiktirmasdan bajariladi. Vafot etgan jismoniy shaxs to‘lashi lozim bo‘lgan penya va jarimalarni to‘lash majburiyati merosxo‘rga nisbatan tatbiq etilmaydi. Vafot etgan jismoniy shaxsning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha soliq majburiyati summasi meros qilingan mol-mulk qiymatidan ortiq bo‘lgan taqdirda vafot etgan jismoniy shaxsning soliq yoki boshqa majburiy to‘lovni to‘lash bo‘yicha qarzining qolgan summasi umidsiz qarz deb e’tirof etiladi. Merosxo‘r bo‘lmagan taqdirda vafot etgan jismoniy shaxsning soliq qarzi umidsiz qarz hisoblanadi. Soliq qarziga ega bo‘lgan jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda jismoniy shaxs hisobga qo‘yilgan va uning mol-mulki turgan joydagi davlat soliq xizmati organi vafot etgan shaxsning merosxo‘ri to‘g‘risida axborot olingan paytdan e’tiboran o‘ttiz kun ichida unga soliq qarzi borligini ma’lum qilishi shart. Sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan jismoniy shaxsning soliq qarzi qonun hujjatlariga muvofiq bedarak yo‘qolgan shaxsning mol-mulkini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan shaxs tomonidan bedarak yo‘qolgan shaxsning mol-mulki hisobidan bajariladi. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan jismoniy shaxsning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati uning vasiysi tomonidan muomalaga layoqatsiz shaxsning mol-mulki hisobidan bajariladi. Belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan jismoniy shaxsning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda uning soliq qarzining ko‘rsatilgan mol-mulk qiymatidan ortiq qismi umidsiz qarz deb e’tirof etiladi. Jismoniy shaxsning bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligini bekor qilish to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qilingan yoki jismoniy shaxsni muomalaga layoqatli deb topish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda ilgari hisobdan chiqarilgan soliq qarzining amal qilishi, da’vo qilish muddatidan qat’i nazar, qayta tiklanadi. Vafot etgan jismoniy shaxsning jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini, qat’i belgilangan soliqni va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini to‘lash bo‘yicha qarzi umidsiz qarz deb e’tirof etiladi. Masalan, soliq to‘lovchi vafot etgan vaqtda uni daromad solig‘ini va mol-mulk solig‘ini to‘lamaganlik holati aniqlandi. Bunday holatda qonunchilikka ko‘ra mol-mulk solig‘ini uning mol-mulkini qabul qilgan merosxo‘ri to‘laydi. Daromad solig‘ini esa to‘lamaydi, bu soliq umidsiz qarz deb topiladi va to‘lanmaydi. Download 409.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling