Soliq huquqi
Download 409.63 Kb.
|
Солиқ ҳуқуқидан модул-Akayeva M.
Nazorat uchun savollar
1.Soliq majburiyati jismoniy shaxs vafot etganda, yuridik shaxs tugatilganda yoki qo‘shib olinganda tugaydi. Mazkur holatda ushbu shaxslar tomonidan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash tartibini tahlil qiling. 2. Soliqning ortiqcha to‘langan summalarini hisobga olish va qaytarish tartibini izohlang. 1. 2011-yilda fuqaro A.Sobirov uzoq kasallikdan so‘ng vafot etdi. Mirobod tuman soliq inspeksiyasi 2013-yil fevral oyida A.Sobirovning rafiqasi G.Sobirovaga uning marhum erini nomiga rasmiylashtirilgan va hozirda G.Sobirova va farzandlari yashab turgan Mirbod tumani Glinka ko‘chasi 29-uy, 15- xonadon uchun mol-mulk solig‘ini va unga qo‘shilgan penyani to‘lash to‘g‘risida talabnoma taqdim etdi. Bundan tashqari soliq inspeksiyasi marhum A.Sobirov yakka tadbikorlik faoliyatini olib borgani uchun qat’i belgilangan soliqdan 2012-yil uchun 230 000 so‘m miqdorda qarzi borligini, ushbu summani ham G.Sobirova to‘lashi zarur ekanini aytishdi. Vaziyatga huquqiy jihatdan baho bering. 2. “Kamolot” OAJ hisobotlari o‘rganilganda 2013-yil birinchi choragi uchun foyda solig‘idan 3 500 000 so‘m miqdorda ortiqcha to‘lagani ma’lum bo‘ldi. “Kamolot” OAJ direktori B.Hakimov hisobot taqdim etilganidan 15 kun o‘tgandan so‘ng davlat soliq inspeksiyasiga ushbu ortiqcha to‘langan summani qaytarib olish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda, davlat soliq inspeksiyasi ushbu summa “Kamolot” OAJning qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha qarzini uzish uchun hisobga olinganini ma’lum qildi. Vaziyatga huquqiy jihatdan baho bering. Adabiyotlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2014. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi // “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, 2019. O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi // O‘R QHT, 2013-y. 52-I-son. O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi// O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y. Isayeva F.B. Soliq huquqi. Bakalavriatning 5240100 – yurisprudensiya yo‘nalishi talabalari uchun darslik. // Mas’ul muharrir: prof.v. b. X.S.Islamxodjayev – Toshkent: TDYU, 2017. – 63-73b. Download 409.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling